114
gazning kvant nazariyasini bermoqda va men bu borada hali yana batafsil
shug„ullanaman
».
Bozening yangicha ilmiy asoslashining
ahamiyatini tushunish uchun,
Plankning o„z qonunini isbotini keltirib chiqarish bosqichlarini yodga olish joiz.
Birinchidan, Plank nurlanuvchi bo„shliqni qurshab turuvchi devorlarda elelktromagnit
energiyani yutuvchi va nurlantiruvchi zaryadlangan ossilyatorlar mavjud deb tasavvur
qilgan. Issiqlik muvozanati holatida ossilyatorlar qancha energiya yutsa yana shuncha
energiya nurlatgan. Bu esa Plankka, ossilyatorning o„rtacha energiyasi
U
v
va
elektromagnit maydoni
u
v
orasidagi munosabatni o„rnatish imkonini bergan:
Ikkinchidan esa, Plank bo„shlqning harorati va chastotasiga bog„liq ravishda,
har bir ossilyatorga qancha energiya miqdori to„g„ri kelishini aniqlashi lozim edi.
Buning
uchun entropiya tushunchasidan, Boltsmanning ehtimoliylik tamoyilidan va
kvant gipotezasidan foydalandi. Reley va Jins ham, boshqacharoq xulosa orqali aynan
o„sha
natijani olishdi. O„z maqolasining
muqaddimasida Boze, Plank va Reley ishlariga
munosabat bildirar ekan, ularning mumtoz uslublardan foydalanishganini ta‟kidlaydi.
Boze bunday yondoshuv bilan kvant gipotezsining bir qismiga termodinamikani
tadbiq etilishida ziddiyat kelib chiqishiga e‟tibor qaratadi. Aniqrog„i u entropiyani
hisoblashda va termodinamik hisob-kitobning yakuniy qismiga taaluqli isbotlashlarda
Plank va Reley yondoshuvlari o„rinsiz ekanligini aytadi va buning o„rniga quyidagi
kvant yondoshuvini taklif qiladi.
Yodingizda bo„lsa, Albert Eynshteyn o„zining 1905
yilga taaluqli mashhur
maqolalaridan biridayoq, past zichlikdagi qora jism nurlanishining entropiyasi,
zarrachalardan tashkil topgan gazning entropiyasiga o„xshashini aytib o„tgandi. Boze
Eynshteynning aynan shu ishorasiga e‟tibor qaratdi va bo„shliqdagi nurlanish o„zini
xuddi gaz singari tutishini isbotladi (u foton gazi tushunchasini qo„llagan). Shu tarzda
fiziklar Plank ossilyatorlari va Reley to„lqinlaridan qutilishdi. Ya'ni,
qora jism
nurlanishini tadqiq ilish va kvant nazariyasini o„rganish borasida yangicha yondoshuv
– gazlarning tabiatiga asoslanish imkoniyati paydo bo„ldi. Kvant nazariyasi hamda
de Broyl ifodasiga ko„ra zarrachalar uchun mexanik holatlarning qancha ko„rinishlari
115
imkonli ekanini e‟tiborga olgan Boze o„zi qidirgan ko„rsatkichni topishga muvaffaq
bo„ladi.
Boze o„zi to„liq anglab yetmagan holatda, yorug„lik
kvantlarini bir-birdan
farqlab bo„lmas zarrachalar sifatida qaraydi. Ushbu kvant yaxlitlik xarakteristikasi
noaniqliklar tamoyilining fizik natijasidir.
Dostları ilə paylaş: