Maks Plank. Kvant nazariyasi. Mikrodunyodagi inqilob



Yüklə 3,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/79
tarix26.12.2023
ölçüsü3,93 Mb.
#197780
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   79
Plank. Mikrodunyodagi inqilob

Mumtoz
partiya 
Kvant
partiyasi 


116 
Ko„rib o„tganimizdek, kvant zarrachalari muayyan aniq 
trayektoriyaga ega bo„lmaydi, ikkita bir xil zarrachalar o„zaro 
ta‟sirlashganida, aytaylik, to„qnashganida, biz ularni ortidan 
kuzata olmaymiz va hatto ularni bir-biridan farqlay ham 
olmaymiz. Korpuskulyar-to„lqin dualizmi bu xossani intuitiv 
ravishda izohlash imkonini beradi: agar ikkita zarrachalar bir-
biri bilan o„zaro muayyan masofada joylashgan bo„lsa va 
ularga mos keluvchi to„lqinlar o„zaro ustma-usta tushmasa, 
biz bu zarrachalarni alohida obyektlar tarzida qarashimiz 
mumkin. O„zaro ta‟sirda to„lqinlar bir-biriga halaqit beradi va 
o„zaro uyg„unlashib ketadi. Shu sababli ham zarrachalarning 
birinchisini ham, ikkinchisini ham qayerda ekanligini aniq 
bilishning imkoni bo„lmaydi. O„zaro ta‟sir yakunlangach, biz 
yana ikkita alohida zarrachalar haqida so„z yuritishimiz 
mumkin bo„ladi va bunda ham ulardan qaysi biri qayerda 
ekanligini bilolmaymiz. Matndan o„ng tarafdagi sxemada 
zarrachalar to„qnashuvining mumtoz varianti (
yuqorda

hamda 
interferensiyaning 
kvant 
tushunchasi 
(
pastda

orasidagi farq ko„rsatilgan. Mumtoz to„qnashuvdan keyin har 
ikkala 
zarracha 
ham 
aniq 
farqlanib 
turadi. 
Kvant 
interferensiyasi esa, zarrachalarning to„qnashuvdan keyingi 
o„zaro farqini anglahsga to„sqinlik qiladi.
O„sha yili yozilgan maqolalarining birida Eynshteyn Bozening statistikasini 
fotonlar o„rniga moddiy zarrachalarni tadbiq etishgacha umumlashtiradi va bu orqali 
kvant gazi qonunlarini keltirib chiqaradi. Bozening maqolasi Plank qonunini umumiy 
tamoyillar bo„yicha asoslashga urinish masalasiga chek qo„ydi. Keyinchalik boshqa 
olimlar, chunonchi Eynshteyn, Erenfest, hamda ayniqsa Pol Dirak, Bozening 
gipotezalarini yanada chuqurroq tahlil qilishidi va undagi xulosalarga yanada 
mukammal sayqal berishdi. Plank qonunidan keltirib chiqarilgan Boze xulosalarini 
hozirda ayrim fizika darsliklarida uchratish mumkin va u kvant nazariyasiga butunlay 
va to„liq muvofiq keladi.

Yüklə 3,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin