117
Maks Plankning shaxs sifatidagi faoliyat ko„lami shunchaki kvant nazariyasi
chegaralaridan ancha tashqariga chiqib ketadi: u termodinamika bo„yicha
tengsiz olim, nisbiylik nazariyasining dolzarb masalalarini ilm-fan olamiga
chuqur kirib kelishi yo„lida otashin kurashchi, fan falsafasi masalalarida hal
qiluvchi so„zga ega bo„lgan tahbar-olim va ho kazo...
Uning olamning fundamental tamoyillarni izlash bo„yicha
olib borgan
mukammal va murakkab izlanishlari – bizning Koinot haqidagi bilimlarimizni
yanada boyituvchi va ilmlarimizni mustahkamlovchi yangi fizik
konstantalarning kashf etilishiga olib keldi.
Maks Plankning beqiyos ilmiy merosi butun dunyoga dong„i ketgan va
jahondagi barcha ilmiy muassasalar ichida nufuz jihatdan eng yetakchilardan
bo„lmish «
Maks
Plank nomidagi ilmiy tadqiqotlar Jamiyati
» timsolida
hamon barhayotdir.
118
Maks Plank o„z nomi bilan ataluvchi
fizik konstanta hamda, energiya kvanti
nazariyasining ilm-fanga olib kirganligi tufayli, jahon tarixidagi
eng buyuk olimlar
qatoridan muqim o„rin egallaydi. Lekin uni ushbu olamshumul beqiyos ilmiy
kashfiyot sari yetaklagan tadqiqot – qora jismning nurlanishi masalasi, olimning kasb
faoliyati davomidagi to„qnash kelgan va jiddiy shug„ullangan masalalari ichidan
bittasi edi xolos. U shuningdek termodinamika sohasida ham ko„plab
ajoyib
kashfiyotlarni amalga oshirgan hamda haqli ravishda zamonaviy termodinamikaning
asoschilaridan biri sanaladi. Olimning maxsus nisbiylik nazariyasi g„oyalariga katta
qiziqish bilan yondoshgani, nisbiylik nazariyasining taraqqiy etishida, hamda mazkur
nazariyani rivojlantirish yo„lida o„zi rahbarlik qilayotgan ilmiy jamoatchilikning
jipslashuvida qilgan jonbozliklaridan fan tarixi yaxshi xabardor.
Uning qora jism
nurlanishi masalalariga oida ishlarining eng muhim xulosalaridan biri – fizik
kattaliklarning o„lchov birliklari sohasida o„ziga xos alohida bir tizim – «Tabiiy
birliklar tizimi»ning shakllanishi bo„ldi. Bunday birliklar tizimi fanda shuningdek
«Plank birliklari tizimi» deb ham yuritiladi. Maks Plank o„z
nomi bilan ataluvchi
ushbu birliklar tizimi va unga doir fizik o„lchov birliklarining bugungi kunga XXI-
arsga kelib nechog„lik katta ahamiyat kasb etishi haqida hayol ham qilmagan bo„lsa
kerak. Agar biz Maks Plankni qora jism nurlanishi,
termodinamika, nisbiylik
nazariyasi va boshqa fizik yo„nalishlarga qo„shgan xissalarisiz tasavvur etadigan
bo„lsak ham, aynan ushbu birgina jihat – u tomonidan «Tabiiy birliklar tizimi»ning
ishlab
chiqilishi, uni tarixda eng buyuk olimlar qatoridan joy egallashiga yetrali
bo„lgan bo„lur edi...
1905 yilda, Eynshteynning o„sha ikkita mashhur maqolalari chop etilgan paytda,
aynan ushbu maqolalarni chop etgan va butun olamga tanishtirgan nifuzli ilmiy nashr
– «Fizika solnomalari» («
Annalen der Physik
») jurnalining rahbar-muharriri Maks
Plank edi
1
. Maqolalardan birinchisi «Harakatdagi jismlar elektrodinamikasiga» deb
nomlangan. Ikkinchisi esa «Jismning massasi o„zida mujassamlashgan energiyaga
bog„liqmi?» degan sarlavha ostida nashr etilgan. Hajman ancha ixcham bo„lgan
ushbu maqola bitta to„liq sahifa va kreyingi sahifaning yarminigina egallagan bo„lib,
unda Eynshteynning o„sha mashhur
Dostları ilə paylaş: