ROBERT MILLIKEN VA OLIM VIJDONI
O„zining mashhur tajribasida Milliken, nihoyatda mayda
va zaryadlangan moy tomchilarining harakatini tadqiq
qildi. U tajribasi natijasiga binoan, tomchilardagi elektr
zaryadining diskretligini hamda, ushbu zaryadning
elementar kattaligi elektron zaryadinikiga teng ekanligini
xulosaladi. Milliken bu tajribalarida chekli miqdordagi
moy
tomchilari
ustida
tadqiqot
o„tkazish bilan
kifoyalanganligi hamda, boshqa moddalar bilan tajribani
takrorlab ko„rmaganligi haqida asosliy taxminlar mavjud.
Uning
boshqa
moddalardan
foydalanmaganligining
sababi sifatida, olim ulardan olinadigan natijalar,
tajribaning umumiy nisbiy xatolik ko„rsatkichini oshirib
yuboradi deb o„ylagani ta‟kidlanadi. Aynan ushbu faktni
ilmiy tanqidchilar o„zlariga dastak qilib olishgan va
Millikenning olim sifatidagi halolligiga nisbatan shubha tug„diraigan omil deya
baholangan. Shuningdek tanqidchilar, bu narsani, olimlarning amaliy tajriba natijalarini
nazariyotning g„oya va taxminlariga qo„lbola ravishda moslab olishlari haqidagi
da‟volariga ham asos bo„lib qoldi. Lekin o„sha tanqidchilar orasidan hech biri
fotoeffekt haqida og„iz juftlashga botinolmasdi. Aslida esa, o„zi ham bot-bot tan
olganidek, Milliken o„z tajribalari orqali Eynshteynning xulosalarini inkor etishni
ko„zlaganidi (shunga ko„ra u ma‟lum ma‟noda aslida o„z tanqidchilar bilan maslakdosh
bo„lgan). Millikenning o„zi quyidagicha yozgandi: «
Men o„z hayotimning o„n yilini,
Eynshteynning 1905 yilda bayon qilgan tenglamasini inkor qilishga bag„ishladim, lekin
o„zim kutgan barcha istiqbollarga zid ravishda, 1915 yilga kelib, uning g„oyalari bir
qarashda o„ta be‟manidek ko„rinsa-da, harholda menikidan farqli o„laroq, amaliy
tajribada o„ta aniq isbotlanganini hamda, bu orqali Eynshteynning haq ekanligini,
so„zsiz tan olishimga to„g„ri keldi
». [
Milliken be‟mani degan so„z bilan kvant
nazariyasini nazarda tutmoqda
]. Fotoeffekt hodisasi bilan bog„liq ilmiy haqiqat, Robert
Millikenning vijdonan pok inson bo„lganiga dalolat berib turibdi. U o„zi ilgari tan
olmagan va o„z qarashlariga zid deb hisoblagan ilmiy g„oyalarning haqligi isbotlansa,
ularni hech bir ikkilanishlarsiz qabul qilar va tan ola bilardi.
80
1907 va 1908 yillarda Maks Plankning nomzodi fizika sohasidagi Nobel mukofoti
uchun tavsiya etildi. Biroq, har ikkala safar ham unga mukofot nasib etmadi. 1908
yilda uning mukofot olishiga hech kimnining shubhasi qolmagan edi. Chunki bu
borada uni Shvetsiyalik mashhur fizik va kimyogar olim Svante Arrenius (1859-
1927) shaxsan qo„llab-quvvatlardi. Arrenius, Nobel mukofoti ha‟yati materiyaning
atomlardan tuzilganligi haqidagi nazariyani tan olishi va qo„llab-quvvatlashi lozim
deb hisoblardi va bu nazariyada markaziy o„rin tutuvchi olim sifatida aynan Plank
nomzodini ko„rardi. Lekin o„sha yilgi mukofot ha‟yati qo„mitasida Vilgelm Vin va
Maks Plank nomzodlaridan birin bo„yicha bahsli holat yuzaga keldi. Ayrimlar
mukofotni har ikkala olim birgalika bo„lishib olishi kerak degan fikrni ham o„rtaga
tashlashgan. Boshqalari esa, Plankning ilmiy ishlari ham avvalo Vin qonuniga
asoslanib boshlangan degan vaj bilan Vin nomzodini tasdiqlashni ma‟qul ko„rishardi.
Ustiga-ustak, Plank qonuni amaliy tajribada qat‟iy isbotlangan bo„lsa-da, lekin
nazariy jihatdan asoslanmaganligi sababli, ilmiy jihatdan tugal deb hisoblanmasdi.
1908 yil aprelida Xendrik Lorents, mavjud fizika qonunlari orqali Plank qonuni va
formulasini keltirib chiqarish mumkin emasligini ta‟kidlay boshladi. Bu paytlarda
aynan Lorents jahonda eng nufuzli fizik olim sanalardi va uning obro„-e‟tibori,
mukofot hay‟atining Plank masalasidagi ikkilanishlariga hal qiluvchi nuqtani qo„ydi.
Oradan 10 yil o„tib ketdi. Bu vaqt ichida kvant gipotezasining ilmiy asoslari
ravnaq topdi va yangi-yangi natijalar qayd etildi. Bir so„z bilan aytganda, kvant
nazariyasi katta ilmiy obro„ga ega bo„lib ulgurdi. Maks Plank 1919 yilda 1918 yil
uchun
1
fizika bo„yicha Nobel mukofotiga tavsiya etildi va u mazkur eng nufuzli ilmiy
mukofotga haqli ravishda sazovor bo„ldi. Mukofot qo„mitasi, Plank nomzodining
boshqa nomzodlardan ko„ra ko„p marta ilgari surilganini e‟tirof etdi. O„sha yillarning
eng ilg„or fizik-nazariyotchilari, chunonchi, Lorents, Eynshteyn, Born, Vin hamda,
Zommerfeldlar Plank nomzodini qizg„in qo„llab-quvvatlashdi. Hozrda tarixga nazar
tashlansa, kvant nazariyasining taraqqiyoti yo„nalishidagi ilk Nobel mukofotini aynan
Maks Plank olgani, undan keyin ushbu nufuzli mukofot Eynshteyn va Borga – kvant
nazariyasining boshqa olimlariga berlganligi mantiqan to„g„ridek ko„rinadi. Bu
ro„yxatga shuningdek, Geyzenberg, Shryodinger, Dirak, Pauli va Bornlarni ham
kiritish mumkin. Ammo unda Arnold Zommerfeldga (1868-1951) joy topilmagani
chainarlidir.
1919 yilgi Nobel mukofotini shuningdek Yoxannes Shtark (1874-1954) ham
qo„lga kiritgan. Uni aslida olim ham emas balki, shunchaki odam hem deyish qiyin
bo„lib, o„ta radikal kayfiyatdagi millatchilik rejimi – fashistlarga ochiqchasiga
xayrixoh bo„lgan iflos kimsa edi. shatrk fashistlarning g„ayriinsoniy g„oyalarini
ochiqchasiga qo„llab-quvvatlar va ularga sidqidildan xizmat qilar edi. Fashistlarning
1
1918-yilda I-jahon urushi sababli Nobel mukofoti hech kimga berilmagan –
tarjimon izohi
.
81
jinoiy hunrezliklarini amalga oshirishlari yo„lida foydalanishlari uchun, erishilgan
eng nozik ilmiy yutuqlarni ham qo„shqo„llab topshirib yurgan bu maraz, ikkinchi
jahon urushi yakuniga ko„ra harbiy tribunalga topshirilgan va majburiy mehnat
lageriga surgun qilingan.
Shunday qilib, 1919 yilgu Nobel mukofoti taqdirlash marosimiga Maks Plank
o„sha iflos yoxannes shtark bilan birga yo„lga chiqdi. Ularga yana bir kuchli olmon
olimi, kimyogar, kimyo bo„yicha bir yil avvalgi Nobel mukofoti laureati Frits Gaber
(1868-1934) ham hamrohlik qildi. Gaber 1909 yilda vodorod va azot aralashmasidan
sun‟iy ammiak sintez qilish usulini kashf qilgan bo„lib, bu kashfiyot Germaniyaga
nitrat birikmalaridan mineral o„g„it sifatida foydalanishni yo„lga qo„yish orqali
qishloq xo„jaligi mahsulotlari yetishtirish samaradorligini bir necha barobar
orttirishga imkon bergandi. Qolaversa, Gaber kashfiyoti, ya'ni, ammiak sintezi va
uning mahsuliy birikmalari I-jahon urushi vaqtida harakatdagi nemis armiyasi uchun
portlovchi moddalar tayyorlashga yo„naltirilgan. Frits Gaber shuningdek birinchi
jahon urushi yillarida nemis armiyasi uchun harbiy texnologiyalar tayyorlashda faol
ishtirok etgan bo„lib, chunonchi u tarixda ilk bora zaharli gazlarni urush amaliyotida
qo„llanishida ham bevosita ishtirok etgan. Gaberning bunday qirg„inbarot qurollarni
ishlab chiqarilishida ongli ravishda ishtirok etganligi, uning olim sifatidagi nufuziga
ko„lanka tashlaydigan kirli tavsifdir. Axir qanday qilib, ilmu-fan namoyondasi
bo„lgan kishi, odam o„ldirish qurollarini tayyorlashni odatiy ish deb bilishi mumkin?!
Xullas ushbu uch olim: mo„tadil Maks Plank, millatchi yoxannes shtark,
hamda liberal yahudiy Frits Gaber siymolari, 1920 yil yozida Nobel mukofotini
topshirish marosimida ishtirok etish uchun Stokogolm sari yo„lga chiqishdi. Ilm-fan,
siyosat va urush ularning peshona-taqdirida o„z muhrini qoldirdi. Ushbu uch olimni
XX asr birinchi yarmi nemis jamiyatining barcha ziddiyatlari va qarama-
qarshiliklarini o„zida aks ettiruvchi olmon ilm-fanining ham buyukligi va ham
baxtiqaroligi ramzi sifatida e‟tirof etish mumkin. Frits Gaber ilmiy yutuqlarni eng
manfur maqsadlar yo„li uchun ham burib berganligi uchun vijdoni hech qiynalmay,
hotirjamlik bilan kun kechirdi va Germaniyani tashlab chiqib ham ketdi. U o„zi kashf
qilgan qurollar orqali, vaqti kelib o„zi mansub bo„lgan yahudiy millatini qirg„inbarot
qilinishiga ham xissa qo„shgan edi. Ochiq tabiatli, lekin real siyosiy voqe‟likdan
yiroq bo„lgan Maks Plank esa, o„zi va o„zi singari nomdor olimlar tomonidan barpo
qilingan hashamatli olmon ilm-fani binosining fashistlar tomonidan qulatilishiga
guvoh bo„lishga majbur bo„ldi. Mal‟un Gitlerning o„ta keskin millatchilik va
ayirmachilik siyosati natijasida, kelib chiqishi nemis millatiga mansub bo„lmagan
ko„plab yuksak zehn-zakovatli olim va mutaxassislar yo„q qilib yuborildi. Plankning
olimlarni va ilmiy jamiyatni siyosatdan holi tutisha qaratilgan barcha urinishlari zoe
ketdi. U o„z hamkasblariga qila olgan eng katta yaxshiligi, ularning xavfsiz yerlarga
qochib ketishlariga ko„maklashish bo„ldi xolos. Vanihoyat shtark, avvaliga fashistlar
Germaniyasining eng iflos timsollaridan biriga aylandi. Ilmiy yutuqlarni insoniyat
82
tarixidagi eng qirg„inbarot urush bo„lgan II-jahon urushida nemislarning harbiy
maqsadlari uchun yo„naltirishda jonbozlik ko„rsatgan bu kimsa, miyasi millatchilik va
fashizmning axmoqona g„oyalari bilan zaharlangan manqurtga aylandi va umrining
oxirida majburiy mehnat lagerlarida xor bo„lib yashab o„tdi...
Dostları ilə paylaş: |