Maks Veber sotsiologiyasi Veberning ijtimoiy faoliyati Ijtimoiy harakatning ideal turlari



Yüklə 43,27 Kb.
səhifə5/5
tarix11.06.2023
ölçüsü43,27 Kb.
#128676
1   2   3   4   5
dddddddd

Qiymat -
oqilona

Harakatning o'zi (mustaqil qiymat sifatida)

Belgilangan maqsadga muvofiq

Ratsionallik cheklangan bo'lishi mumkin - berilgan qiymatning mantiqsizligi (marosim; odob-axloq qoidalari; duel kodi)

An'anaviy

Minimal maqsadni belgilash (maqsadni anglash)

Odatiy

Tanish ogohlantirishlarga avtomatik javob

Ta'sirli

Tushunmagan

Himoyachilar

Ehtirosni darhol (yoki iloji boricha tezroq) qondirishga intilish, neyro-emotsional stressni olib tashlash0

4. Veber qarashlarida ideal tip tushunchasi


Veber qarashlarida “ideal tip” tushunchasi qanday “ishlaydi” va uning evristik nuqtayi nazardan tavsiflari qanday, uning yordamida bilishga qanday erishiladi?, degan savolga javob berish uchun Veber sotsiologiyasidagi yana bitta fundamental tushunchani – “tushunish” kategoriyasini kiritish talab etiladi.0 Qayd qilib o‘tish kerakki, aynan o‘z tadqiqot predmetini tushunish zaruriyati Veber tomonidan qayd
qilingan fikrlarga binoan, sotsiologiyaning tabiiy fanlardan farqlanishini belgilab beradi. Biroq, Veber tomonidan ilgari surilgan qarashlarga ko‘ra, “tushunuvchi sotsiologiya” — bu ta ’kidlab o‘tilganidek, psixologiyaning shunchaki tarkibiy qismi hisoblanmaydi.0 Sotsiologiyada shaxs xulq-atvorining faqat o‘z xatti-harakatlari bilan ma’lum bir aniqlikdagi mazmunga ega bog‘liqliklarigina qarab
chiqiladi. Shunday qilib, sotsiologik nuqtai nazardan harakat tushunchasi uning mohiyati tushunchasi orqali kiritiladi. Veber tomonidan qayd qilinganidek, “harakat - bu harakatni amalga oshiruvchi individning tegishli vaziyat bilan bog‘liqligi subyektiv mohiyatga ega bo‘lishi holatidagi odamning xulq-atvori hisoblanadi” 1. Ya’ni Veber tomonidan sotsiologiya individning harakatlari
mazmunga ega bo‘lishi darajasida “tushunuvchi” tavsifga ega bo‘Iishi kerak deb hisoblaniladi.0 Shunday qilib, sotsiologiya individlar yoki individlar guruhlari tomonidan amalga oshiriluvchi harakatlarga nisbatan mo‘ljal olishi talab qilinadi. Bunda mohiyatga ega bo‘lgan harakatlar nisbatan “ tushunarli” hisoblanadi, ya’ni bunda harakatni amalga oshiruvchi individ tomonidan ma’lum bir maqsadga erishish uchun ongli ravishda aniq yo'naltirilgan harakat e'tiborga olinadi, bu holatda belgilangan maqsad va unga erishish vositalari o‘zaro muvoflqligi harakatni amalga oshiruvchi individning o‘zi tomonidan ongli ravishda tan olinishi talab qilinadi. M.Veber tomonidan ushbu ko‘rinishda tavsiflangan harakat — maqsadli-ratsional (oqilona) harakat deb nomlanadi. Ushbu holatga bog‘liq ravishda, Veber tomonidan quyidagi fikrlar qayd etiladi: ≪Sotsiologiya (jumladan, bu holatda ushbu so‘z juda ko‘p ≪davlat≫, ≪huquq≫, ≪ittifoq≫ va boshqa shu kabilar ≪sotsial umumlashma≫ sifatida ≪e'tirof≫ etiladi. Ushbu holatdan kelib chiqib, ≪e'tirof≫ - ≪boshqalarga nisbatan mo‘ljal olish≫ - bu Veber sotsiologiyasining markaziy uslubiy tamoyillaridan biri sifatida o‘rin tutadi. Subyektiv mohiyatning mavjudligi va boshqalarga nisbatan mo’ljal olish - bu ≪sotsial harakat≫ning zaruriy ikkita belgisi hisoblanadi va uning sotsiologiya predmetini tushunilishini belgilab beradi. Veber tomonidan omma, olomon tarkibidagi individning taqlidga oid harakatlarini sotsial harakat deb atash mumkin emasligini ta’kidlaydi.0 Veber ushbu tadqiqot predmetiga nisbatan sotsiologiya emas, balki ≪omma psixologiyasi≫ sifatida murojaat qilishni maqsadga muvofiq, deb hisoblaydi. Garchi, Veber tarixchi va sotsiolog sifatida so‘zsiz ravishda, ommaviy harakatlar sotsiologiyaning eng muhim masalalaridan biri bo‘la olmasligini chuqur tushuna olgan. Bu hodisa haqida u o‘ziga xos, spetsifik
sotsiologik nuqtayi nazardan turib munosabat bildirgan. Veber tomonidan ta’kidlanilishicha, sotsiolog individni qanday sub'ektiv fikrlash asosidagi mazmun boshqalar bilan bog‘lashi mumkinligini bilishi zarurligi va shuningdek, odamlaming qanday asosda omma sifatida birlashishlarini bilishi talab qilinishi qayd qilinadi. Agar, psixolog sifatida G.Lebon har qanday olomonga xos bo‘lgan, qandaydir umumlashmalami qidirib topishga intilgan bo‘lsa (≪Rim askari≫, ≪xochiilar≫, ≪teatr tomoshabinlari≫ va boshqalar), Veber bir olomonning boshqasidan farqlanuvchi jihatlarini tavsiflashga harakat qilgan. Veber ta’kidlashicha, sotsiologiyaning asosiy predmeti – bu nafaqat bevosita xulq-atvor, balki uning mohiyatan nazarda tutilgan natijasidir.0 Zero ommaviy harakatlaming tavsifi sezilarli darajada onunani tashkil qiluvchi individlaming ularga qanday mazmun berganligi bilan belgilanadi. Veber tomonidan- sotsial harakatning quyidagi ehtimoliy turlari ko‘rsatib o‘tiladi:
- maqsadli-ratsional;
- qadriyatli-ratsional;
- affektiv;
- an'anaviy.
Veberga ko‘ra, har qanday harakat quyidagi holatlar asosida aniqlanadi:
1) maqsadli-ratsional, ya’ni tashqi olam predmetlari va boshqa odamlaming ma’lum bir xulq-atvoridan kutilayotgan holatlar va shuningdek, ulardan oqilona yo‘naltirilgan va boshqariluvchi maqsadlar yo'lida ≪shart-sharoit≫ yoki ≪vositalar≫ sifatida foydalanish (bunda ratsionallik muvafaqqiyatni belgilaydi);

2) qadriyatli-ratsional, ya’ni axloqiy, estetik, diniy e'tiqod yoki biron-bir boshqacha tarzda tushuniluvchi o‘z shaxsiy qadriyatidan kelib chiqib, muvaffaqiyatdan qat'i nazar bajariladigan ma’lum bir xulq-atvor;


3) affektiv, ya’ni his-tuyg‘u va emotsiyalar ustuvorlik qilgan harakat;


4) an'anaviy, ya’ni odatlar natijasida vujudga keladigan harakat1. Keltirib o‘tilgan oxirgi ikkita harakat turlari Veber fikriga ko‘ra, o‘z mohiyatiga ko‘ra sotsial harakatlar hisoblanmaydi, chunki bu yerda ongli tarzda, ya’ni ratsional tarzda mazmun bilan boyitilgan harakatni ko‘rmaymiz.0


Veber fikriga ko‘ra, faqat qadriyatli-ratsional va maqsadliratsional harakatlar o‘z mohiyatiga ko‘ra sotsial harakatlar hisoblanadi va bu yerda asosiy rolni maqsadli-ratsional harakatlar o‘ynaydi. Veber tomonidan ta’kidlanganidek, tavsiflangan to‘rtta ideal tiplar o‘zaro odamning xulq-atvoriga oid turli xildagi mo‘ljai olishlarining ahamiyatini yo‘qqa chiqarmaydi. Biroq ulami eng xos bo‘lgan holatlar sifatida hisoblash mumkin va Veber qarashlariga ko‘ra, ulardan sotsiolog o‘zining amaliy ishlarini bajarishda yetarlicha darajadagi ishonchli qurol sifatida foydalanishi mumkin. Veberga ko‘ra, sotsial harakatlaming tiplari - bu shunchaki tushuntirishlar uchun qulay bo‘lgan metodologik amallar emas. Unga ko‘ra, sotsial harakatlaming ratsionalizatsiyasi - tarixiy jarayon tendensiyasidir. Garchi, bu jarayon ≪to‘siqlar≫ va ≪og‘ishlar≫siz amalga oshmasada, shunga qaramay, so‘nggi yuz yillik davomidagi yevropa tarixi shundan dalolat beradiki, ya’ni ratsionalizatsiya – bu butun dunyoga xos tarixiy jarayondir. Harakatlar ≪ratsionalizatsiyasi ≫ning sezilarli darajada ahamiyatga molik komponentlaridan biri odatiy axloq va urf-odatlarga bo‘lgan sodiqlikni asta-sekinlik bilan manfaatli jihatlarini anglab yetib amalga oshirishga moslashib borishdir. Shuningdek, maqsadli-ratsional harakatning asta-sekin qadriyatli-ratsional harakatni siqib chiqarishi kuzatiladiki, bunda qadriyatga emas, balki muvafaqqiyatga ishonish


kuchayadi. Shunday qilib, ratsionalizatsiya - G‘arb sivilizatsiyasining taqdiridir.
Jamiyatning stmkturasi nuqtai nazaridan maqsadli-ratsional harakatlar rolining ortib borishi avvalambor, uning barcha sohalarida, xususan, iqtisodiyot, siyosat, fan, madaniyat kabilarda xo‘jaiik yuritish, boshqaruv usullarining ratsionalizatsiyasini nazarda tutadi. Shuningdek, odamlaming tafakkur tarzi ratsionalizatsiyasi ular turmush tarzining o'zgarishini nazarda tutadi. Bunda ratsionallik tamoyilining sof ifodasi sifatida fanning rolinining kuzatiladi. Fanning
hayotning barcha tarmoqlariga kirib borishi - zamonaviy jamiyatning
universal ratsionalizatsiyasi dalolatidir.


0 Qarang: Jiyanmuratova G. “ Sotsiologiya tarixi”

0 Qarang: Jiyanmuratova G. “ Sotsiologiya tarixi”

0 Qarang: https://samarapedsovet.ru/uz/sovetskaya/ponimayushchaya-sociologiya-maksa-vebera-maks-veber-biografiya-osnovnye/



0 Qarang: N. S. Aliqoriyev. “ Umumiy sotsiologiya



0 Qarang: Sotsiologiya segodnya. Problemi i perspektivi. M., 1993.

0 Qarang: Sotsiologiya segodnya. Problemi i perspektivi. M., 1993.

0 Qarang: Bekmurodov M. Sotsiologiya asoslari, T., «Fan» nashriyoti 1994

0 Qarang: Shtolberg R. Sotsiologiya truda. «Progress», M., 1982.

0 Qarang: Jiyanmuratova G. “ Sotsiologiya tarixi

0 Qarang: Bekmurodov M. Sotsiologiya asoslari, T., «Fan» nashriyoti 1994

0 Qarang: George Ritzer. Sociological Theory. Eighth Edition. Me Graw-HilL 2010. - P. 114.

0 Qarang: George Ritzer. Sociological Theory. Eighth Edition. Me Graw-HilL 2010. - P. 114.

0 Qarang: : https://samarapedsovet.ru/uz/sovetskaya/ponimayushchaya-sociologiya-maksa-vebera-maks-veber-biografiya-osnovnye/



0 Qarang: Ядов В. А. Исследования по предмету социологии. Социс, 2, 1990.

0 Qarang: Ядов В. А. Социологическое исследование: Методология. Процедура.

0 Qarang: Jiyanmuratova G. “ Sotsiologiya tarixi

0 Qarang: Jiyanmuratova G. “ Sotsiologiya tarixi



0 Qarang: Кравченко А.И. С о ц и о л о г и я . Классические теории через призму социологического
воображения.
-М .: Юрайг, 2 0 1 4 .-С .



0


0 Qarang: Bekmurodov M. Sotsiologiya asoslari, T., «Fan» nashriyoti 1994.

0 Qarang: Ядов В. А. Социологическое исследование: Методология. Процедура.

0 Qarang: Jiyanmuratova G. “ Sotsiologiya tarixi

0 Qarang: Ядов В. А. Социологическое исследование: Методология. Процедура

0 Qarang: Столберг Р. Социология в развитии. «Прогресс», М., 1982.

0 Ядов В. А. Социологическое исследование: Методология. Процедура



0 Qarang: : https://samarapedsovet.ru/uz/sovetskaya/ponimayushchaya-sociologiya-maksa-vebera-maks-veber-biografiya-osnovnye/

0 Qarang: Столберг Р. Социология в развитии. «Прогресс», М., 1982.

0 Qarang: Штомпка Ш. Социология социальных изменений

0 Qarang: Шепанский Я. Элементарная социология пони. М., 1968.

0 Qarang: Шепанский Я. Элементарная социология пони. М., 1968.

0 Qarang: Bekmurodov A. “ Sotsiologiya asoslari” T., 1994



0 Qarang: : Шепанский Я. Элементарная социология пони. М., 1968.



Yüklə 43,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin