79
4
3
1
0
5
0
3
1
6
1
3
0
7
3
1
0
8
1
0
3
9
1
3
0
10
3
1
0
Natijalarni baholash:
1. 25 – 30 ball. O’quv motivatsiyasi yuqori. Bunday bolalar o’zining bilish
motivi kuchli ekanligi, barcha topshiriqlarni yaxshi bajarishga intilish bilan ajralib
turadi.
2. 20 – 24 ball. O’quv motivatsiyasi o’rtacha. Bunday o’quvchilar guruhi
o’quv faoliyatini ancha muvaffaqiyatli amalga oshirilgan bolalardan tashkil topadi.
3. 15 – 19 ball. Maktabga munosabat ijobiy, ammo bolani ko’proq o’qish
bilan bog’liq bo’lmagan tomonlar qiziqtiradi. Bunday o’quvchilar
maktabda
o’zlarini
yaxshi his etadilar, biroq maktabga asosan o’rtoqlar, o’qituvchilar
bilan
suhbatlashish, chiroyli o’quv qurollariga ega bo’lish uchun boradilar.
4. 10 – 14 ball. O’quv motivatsiyasi past.
Bunday bolalar maktabga
borishni xohlamaydilar, darslarda bekorchi narsalar bilan shug’ullanib, o’ynab
o’tiradilar.
5. 10 balldan past. Maktabga nisbatan salbiy munosabat, moslashmaganlik
mavjud. Bunday o’quvchilar o’quv faoliyatini bajarishga qiynaladilar, tengdoshlari
va o’qituvchilar bilan bo’lgan munosabatda
muammolarga duch keladilar,
ularda
ayrim hollarda nerv – psixik salomatlikning buzilishi kuzatiladi.
Eslatma: Anketani ikki usulda qo’llash mumkin.
1 – usul. Savollar eksperementator tomonidan o’qib
eshittiriladi va javob
variantlari taqdim etiladi, bolalar o’zi tanlagan javobni yozib qo’yadi.
2 – usul. Savollar har bir bolaga alohida – alohida yozma ko’rinishda
tarqatiladi, bolalar tegishli javoblarni belgilaydilar.
Metodika haqida qo’shimcha ma’lumot: so’rovnomadagi savollar 200
nafar 6 – 8 yoshdagi o’quvchi bilan o’tkazilgan so’rov
asosida bolalarning
maktabga, o’qish jarayonida bo’lgan munosabatini to’liqroq aks ettiruvchi savollar
sifatida ajratib olingan.
(Metodika manbasi: Ratanova T.A., SHlyaxta N.F. Psixodiagnosticheskie metodы
izucheniya lichnosti: Uchebnoe posobie. – Pererabotannoe i dopolnennoe izdanie posobiya: