«Nuqtalarni eslab qol va o’z joyiga qo’yib chiq» metodikasi. Mazkur metodika yordamida bola diqqatining hajmi tashxis qilinadi.
Metodika materiali 1 – rasmda ko’rsatilgan 8 ta 4x4 hajmdagi katakchalariga har
xil miqdordagi nutqlar qo’yilgan kvadratlar hamda 2 – rasmda berilgan 8 ta 4 x 4
hajmli kataklari bo’sh bo’lgan kataklardan iborat. Test maktabgacha yoshdagi
bolalarga mo’ljallangan.
Metodikaning qo’llanilishi. 1 – rasmdagi 8 ta kvadratlar qirqib olinib,
yuqorisidagi raqamiga muvofiq ustma – ust joylashtiriladi. Bunda eng yuqorida
katakchalaridagi nuqtalar soni eng kam bo’lgan kvadrat (1 - kvadrat), hammadan
pastda esa katakchalarida nuqtalar miqdori eng ko’p bo’lgan kvadrat (8 - kvadrat)
joylashadi. Bolaga quyidagi kursatma beriladi: «Hozir biz sen bilan o’yin
o’ynaymiz. Men senga har xil katakchalarni ko’rsataman, sen ulardagi nuqtalar
qaerda joylashganini yaxshilab ko’rib olgin. Keyin bu nuqtalarni bo’sh
katakchalarga chizib berishing kerak bo’ladi». SHundan so’ng bolaga 8 ta
kvadratning har biri 2 sekund muddat davomida ko’rsatiladi. Har qaysi namoyish
etilgach, bolaga 2 – rasmda berilgan bo’sh kvadratning biriga 15 sekund ichida
ko’rsatilgan kvadratdagi nuqtalarni qo’yib chiqish taklif etiladi. Mazkur amal 8 ta
kvadratning har biri bilan birma–bir bajariladi
Natijalarni baholash. В
Хс + 1
76
Natijalarni hisoblashda bola eng ko’p miqdorda qaysi kvadratdagi
nuqtalarni to’g’ri qo’yib chiqa olgani e’tiborga olinadi. Eksperiment natijalari
quyidagicha baholanadi:
10 ball – bola qaysidir kvadratdagi 6 – 9 ta nuqtani to’g’ri qo’yib chiqqan.
8 – 9 ball – bola qaysidir kvadratdagi 4 – 5 ta nuqtani to’g’ri qo’yib
chiqqan.
6 – 7 ball – bola qaysidir kvadratdagi 3 ta nuqtani to’g’ri qo’yib chiqqan.
4 – 5 ball – bola qaysidir kvadratdagi 2 ta nuqtani to’g’ri qo’yib chiqqan.
0 – 3 ball – bola qaysidir kvadratdagi 1 ta nuqtani to’g’ri joylashtirib
qo’ygan.
1-RASM
2-RASM
77
Umumiy ko’rsatkichlar: 10 ball – juda yuqori ko’rsatkich; 8 – 9 ball –
yuqori ko’rsatkich: 6 – 7 ball – o’rta ko’rsatkich; 4 – ball – past ko’rsatkich; 0 – 3
ball – juda past ko’rsatkich.