13
aholining psixologik madaniy saviyasini ko`tarishga qaratilgan. Psixologik ma'rifat
quyidagi funksiyalarni bajaradi:
1. Psixologik muammolar bo`yicha pedagogik kengashlarda, ilmiy
kengashlarda ma'ruzalar bilan chiqish.
2. Xalq ta'limi xodimlari o`rtasida psixologiya fanining oxirgi yutuqlarini
targ`ib qilish.
3. Ota-onalar, tarbiyachilar va psixologlar ishtirokida psixologik seminarlar
o`tkazish (bog`chada, maktabda).
4. Psixoturkum, ma'ruzalar va seminarlar tashkil qilish (oliy o`quv
yurtlarida).
5. Metodik qo`llanmalar ishlab chiqish.
6. Ota - onalar bilan ma'rifiy suhbatlar o`tkazish.
7. Tajriba ishtirokchilarining kasbiy faoliyati xususiyatlarini hisobga olgan
holda ularga psixologik ko`rsatmalar va tavsiyalar ishlab chiqish.
Psixodiagnostik ish.
Mazkur ishlar o`quvchilarni maktab, kollej va litseylarda o`qitish davomida
psixologik-pedagogik jihatdan chuqurroq o`rgatishga yo`naltirilgan bo`lib,
ularning individual xususiyatlarini, ta'lim va tarbiyadagi nuqsonlar sabablarini
yoritishga yo`naltirilgandir. Psixodiagnostika ishlari guruhda yoki yakka holda
o`tkaziladi. Bu asosda amaliy psixologlar quyidagi vazifalarni bajaradi:
1. Yosh davri taraqqiyoti mezonlariga muvofiqligini maktab o`quvchilari va
bilim yurti tinglovchilarini, oliy o`quv yurti talabalarini psixologik tekshiruvdan
o`tkaziladi. Ularning kamolot darajasini belgilaydi. O`quvchilarning kasbiy
yaroqliligini diagnostika qiladi. Ularning shaxs hissiyotlari, irodaviy sifatlari,
histuyg` ulari,o`z-o`zini boshqarish imkonini, intellektual darajasini tekshiradi.
2. Maktab yoshidagi bolalar, o`quvchilar kasb-hunar bilim yurti
tinglovchilari, yangi tipdagi maktab, bolalarda uchraydigan o`qitish malakalari
ko`nikmalarini egallashdagi nuqsonlar, xulq-atvoridagi kamchiliklar, intellektual
taraqqiyot shaxs fazilatlaridagi buzilishlar sababini diagnostika qiladi.
3. Bolalarning voyaga yetganlar va tengqurlari bilan munosabatini o`rganish
uchun ularni tekshiradi.
4. Iqtidorli yoshlar, talabalar, aspirantlar tanlovlarida ishtirok qilish. Ilmiy
psixologik tavsiyalar ishlab chiqish va shunga asoslanib nafaqa berish.
Dostları ilə paylaş: