Maktab-internat tarbiyachilarining lavozim majburiyatlari



Yüklə 22,02 Kb.
səhifə2/2
tarix07.01.2024
ölçüsü22,02 Kb.
#205329
1   2
Тарбиячи лавозим мажбурияти

a) Ertalabki tarbiyachi:
bolalarni ertalab belgilangan vaqtda uyg‘otish, o‘rinlarini yig‘ishtirishga kiyintirishga, yuvinishga, sochlarni tartibga keltirishini nazorat qilish;
ertalabki gimnastika mashqlarning bajarilishini tashkil etish;
ertalabki nonushtani tashkil etish, nonushta paytida ovqatlanishni nazorat qilish, nonushtadan so‘ng oshxonani tartibga keltirishga bolalarga ko‘maklashish.
bolalarni belgilangan vaqtda maktabga olib borish va o‘qituvchilariga topshirish:
b) Asosiy guruh tarbiyachisi:
dars tugagandan so’ng o‘quvchilarni sog‘ligini tekshirgan xolda o‘qituvchilardan qabul qilib olish, dam olish va yotoqxonasini tartibga keltirishga o‘rgatish;
tushlik va kechki ovqatlantirish;
yotoqxonaning tartib-intizomi, bolalarning kiyimlarini ozoda bo‘lishini, ularning sanitariya-gigiena qoidalariga rioya qilishini nazorat qiladi;
yotoqxonadagi yostiq, ko‘rpa, to‘shak jildlarini jadval asosida almashtirish:
o‘quvchilarni mustaqil dars tayyorlashlariga yordam berish, bolalarni toza havoda sayr qildirish;
bolalarni mehnat qilishga, o‘z-o‘zini boshqarishga o‘rgatish, tarbiyaviy ishlar olib borish, suhbatlar uyushtirish;
bolalarni qiziqishlariga qarab to‘garaklarga yo‘naltirish;
o‘quvchilarni mustaqil hayotga tayyorlash, turmush tarzi ko‘nikmalariga, oilaviy hayotga tayyorlash, o‘zaro ijobiy munosabatlarni shakllantirish:
bolalarni belgilangan tartibda tungi tarbiyachilarga topshirish:
v) Kechki tarbiyachi:
bolalarni sog‘ligini tekshirib, kunduzgi tarbiyachilardan qabul qilib olish:
o‘quvchilarni kechki vaqtini unumli o‘tkazilishini nazorat kilish:
o‘quvchilarni uyquga tayyorlash, kechki uyquni nazorat qilish;
tashqariga chiqmoqchi bo’lgan bolalarga yordam berish, (siyib qo‘yadigan) bolalarga e’tibor qaratish, ularning o‘rnini tekshirib borish;
bolalarni ertalabki tarbiyachiga topshirish;
Maktab-internat tarbiyachisi: (Hamroyeva Zebiniso Yarashevna) (______) 12.16.2023
Yüklə 22,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin