Maktab jamoasi bizni iliq kutib oldi. Bizga ham maktab ichki tartib qoidalariga qatiy amal qilishizmiz haqida tushuntirdilar



Yüklə 20,88 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü20,88 Kb.
#210349
Choriyeva Mahliyo Hisobot





Termiz davlat pedagogika instituti Boshlanģich ta'lim fakulteti Boshlanģich ta'lim yònalishi 2-kurs 211-guruh talabasi Nazarova Navbahorning "4+2 amaliyot" jarayonidan tayyorlagan
HISOBOTI

2023-yil.
Men Sherobod tumanidagi 55-umumiy òrta ta'lim maktabining 1"A"-sinfiga kirdim. Men Mo'minova Surayyo ustoz bilan birgalikda dars jarayonlarini olib bordim. Maktab va sinf toza va ozoda ekan.Maktab ichki tartib qoidalariga hamma òquvchi va òqituvchilar rioya qilishar ekan.Maktabning òzida òquvchilar uchun barcha shart sharoitlar yaratilgan. Oshxona, xojatxona sport zallari faollar zali òquvchilar uchun ishlamiqda. Oshxonaning maktab binosi ichida joylashganligi òquvchilar uchun yanada qulay.Har bitta sinfda isitish tizimlari qòyilgan.Xonalar issiq va yoruĝ,òquvchilar uchun qulay. Har bir sinf qulay keng, bòlib xonalar shkaflar , parta, stul, doska, elektron Axborot vositalari kabilar bilan johozlangan. Derazada gullar qòyilgan.
Maktab jamoasi bizni iliq kutib oldi. Bizga ham maktab ichki tartib qoidalariga qatiy amal qilishizmiz haqida tushuntirdilar.
Darslar yaxshi òtildi,òquvchilar va òqituvchilar birgalikda darsni faol qiziqarli tarzda òtishdi.Ayniqsa òquvchilar o'qituvchilar bir biriga iliq,mehribonlik hissida bòlgani judayam yoqdi.
Darsdan tashqari turli tògaraklar, tabiat bilan tanishish ekskursiyalari tashkil qilindi. 1-sinflar uchun haftada bir marotaba tògarak òtishish rejaga kiritilgan ekan.Husnixat,matematika ,texnologiya va boshqa fanlar kiritilgan ekan.
Husnixat darsida "Kim chiroyli yozadi"tògaragi bòlib òtdi.Òquvchilar husnixat bilan yozishni mashq qildilar.Husnixat bilan yozgan òquvchilarga stikkerlar,baholar va raĝbatlantirildi.




Tasviriy san'at darsida sinfdan tashqari vaqtda tògarak òtildi."Men oilam baĝrida"nomli rasmlarni chizishdi. Har bir òquvchi òzini oilasini rasmini chizishdi.

Òquvchilar bilan sinfdan tashqari ishlarda tadbirlar òtkazdik."Besh tashabbus besh imkon" tadbirini òtqazdik. Bunda òquvchilarni besh tashabbus bilan tanishtirish, kasbga yònaltirish, kasbiga mehr tuyĝularini òrnatishni maqsad qildik.
Besh tashabbus haqida ma'lumotlar berdik:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019-yilning mart oyida beshta muhim tashabbus ilgari surildi. Bu – yoshlarni madaniyat, sanʼat va sportga keng jalb etish, ularda zamonaviy axborot texnologiyalaridan toʻgʻri foydalanish koʻnikmasini shakllantirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, xotin-qizlar bandligini taʼminlash vazifalarini oʻz ichiga oladi.
Birinchi tashabbus – yoshlarning musiqa, rassomchilik, adabiyot, teatr va sanʼatning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish boʻyicha yurtimizdagi mavjud 800dan ortiq madaniyat markazlarida 4522 ta toʻgarak faoliyati yoʻlga qoʻyilib, ularga 1762 ta musiqa jihozi yetkazib berilgan. Umumtaʼlim maktablarida tashkil etilgan 36503 ta toʻgarakka 1 million nafardan ortiq yoshlar qamrab olingan.
Ikkinchi tashabbus – yoshlarni jismoniy chiniqtirish va sport sohasidagi qobiliyatlarini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berish boʻyicha umumtaʼlim maktablarida 10 ta sport turi boʻyicha 49 196 ta sport toʻgaraklari faoliyati yoʻlga qoʻyilib, 1,2 mln nafar oʻquvchi-yoshlar muntazam shugʻullanib kelishayotganligi hamda 254 ta Bolalar va oʻsmirlar sport maktablariga 328 875 nafar, 54 ta Sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktablariga 33 438 nafar oʻquvchi-yoshlar jalb qilinganligi haqida maʼlumotlar aytib oʻtildi.
Uchinchi tashabbus – aholi va yoshlar orasida kompyuter texnologiyalari va internetdan foydalanishni tashkil etish boʻyichayoshlarni kompyuter texnologiyalari va internetdan foydalanishini tashkil etish maqsadida 72 ta “Raqamli texnologiyalar oʻquv markazi” faoliyati yoʻlga qoʻyilganligi ham yoshlarimiz uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda.
Toʻrtinchi tashabbus – yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular orasida kitobxonlikni keng targʻib qilish boʻyicha ham koʻplab ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, “Maʼrifat karvoni” tadbirlari doirasida 3 mln dan ortiq kitoblar yoshlarga yetkazib berildi, “Yoshlar kutubxonasi” rukni ostida 59 ta nomdagi 590 ming dona badiiy adabiyotlar chop etilib, respublikamizdagi barcha taʼlim muassasalari kutubxonalariga tarqatildi.
Beshinchi tashabbus – xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash ishlarini tizimli tashkil etish yoʻnalishi ham eng dolzarb yoʻnalishlardan biri boʻlib bugunga kelib Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi va hamkor tashkilotlar tomonidan sohaga oid tizimli ishlar amalga oshirilayotganligi hususida qizgʻin muzokaralar boʻldi.







Tadbirda vatan madhi kuylandi. Tadbirda raqslar, she'rlar, pazandalik,shifokorlik va turli raqlar, òyinlardan tashkil etilgan chiroyli tadbir bòlib òtdi.
Tadbirda faol qatnashgan òquvchilar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

Sinfdan tashqari tadbir va tògaraklar yaxshi tarzda olib borildi. Mashg’ulotning o’quv-mavzu rejasi,
1 “A” sinf O‘tiladigan mavzular soat O’tilgan vaqti

REJADA AMALDA


1.O’zbekiston-ona Vatanim!


2.Tabiatni muhofaza qilish
3.Mening kun tartibim
4. Ustozga ta’zim! (Ustozlar va murabbiylar kuni munosabati bilan)
5.Xavfsizlik nima?
6.4-oktyabr butun jahon xayvonlarni himoya qilish kuni
7.Tejamkorlik haqida suhbat
8.Ona tilim – jonu dilim (O‘z.Res. “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilingan kun munosabati bilan).
9.Oltin kuz ertaklari
10.Ta’til taassurotlari.
11.Bayrog‘imiz – faxrimiz (18 noyabr - O‘z.Res. Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan).
12.Ertaklar yaxshilikka – yetaklar.
13.Qomusimiz–baxtimiz(8 dekabr – Konstitutsiya kuni munosabati bilan).
14.Madhiyani kuylaylik (10 dekabr - O‘z.Res. Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan).
15.Mas’uliyat nima?
16.Yangi yil muborak (Yangi yil bayrami yaqinlashishi munosabati bilan).
17.Vatan posbonlari. (14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan).
18.Mening mahallam.
19.Yaxshi tarbiya - inson ziynati.
20.Bobolarimiz deydilar…(NavoiyvaBoburtavallud kunlari oldidan).
21.Men va mening oilam
22.Bizni dunyo qanday taniydi. (2 mart O‘zbekiston BMTga qabul qilingan kun)
23.Mehribonim onam(8 mart – Xotin-qizlar kuni munosabati bilan).
24.Navro‘z – bahor bayrami ( 21 mart – Navro‘z bayrami munosabati bilan).
25.Suv-hayot manbai (22-mart butun jahon suv resurslari kuni munosabati bilan)
26.Mehnat-mehnatning tagi rohat.
27.Ona tabiat qo‘ynida.
28.Men sevgan ertak qahramoni.
29.Mening qahramonim.
30.Bobom xotiralari (Xotira va qadrlash kuni oldidan).
31.Ilm va hunar ko’kka yetkazar
32.Yoz – o‘tadi soz!
33.Men 1-sinfni tugatdim (Maktab haqida taassurotlarim)



Yüklə 20,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin