- masalalar echimlarining umumiy yo‘llarini mustaqil ravishda topish ko‘nikmalari; -o‘quv vazifalarini ajrata olish, topish va o‘zlashtirish; -o‘zini va o‘z faoliyatini adekvat baholay olish va nazorat qila olish; -faoliyatda o‘zini-o‘zi boshqara olish; - mantiqiy fikrlash qoidalaridan foydalana olish; -umumlashtirishning turli shakllarini egallash va ulardan foydalana olish; -jamoaviy faoliyatlarda ishtirok eta olish; - yuqori darajada mustaqil ijodiy faollikka ega bo‘lish. Lekin aksariyat hollarda kichik maktab Yoshidagi o‘quvchilarning o‘quv faoliyati maktab amaliyotida birinchi o‘ringa bolalarni amaliy ko‘nikmalarga, o‘qish, yozish, sanash malakalariga o‘rgatish muammosi turadi.
Xulosa sifatida aytish mumkinki, boshlang‘ich sinf o‘quv faoliyatining asosiy vazifasi - bu o‘quvchilarni “o‘qish”ga, bilim olishga o‘rgatishdir. Kichik maktab Yoshidagi bolalarning psixik rivojlanishida ta’limning ta’sirida jiddiy o‘zgarishlar yuz beradi. Bu o‘zgarishlar ularni hayotlarining ma’suliyatli davri bo‘lmish o‘smirlik davriga o‘tish uchun tayyorlaydi.
4.Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining shaxs xususiyatlari O‘quv faoliyati kichik maktab Yoshidagi o‘quvchi uchun nafaqat bilish jarayonlarining yuqori darajada rivojlanishi, balki shaxs xususiyatlarini rivojlantirish uchun ham imkoniyat yaratadi. Kichik maktab Yoshi davrida bola shaxsining shakllanishi davom etadi. O‘quvchining maktabdagi muvaffaqiyati uning keyingi psixik rivoji va shaxsining shakllanishida to‘liq ijobiy asos bo‘ladi. Buning natijasida bolaning o‘z-o‘zidan oilasi, o‘qiyotgan sinfi va boshqa jamoalardagi o‘z o‘rnini anglay boshlaganini ko‘rish mumkin.
YAngi faoliyatga o‘tish o‘quvchi bolaning o‘z asosiy faoliyatiga yangi munosabatni paydo qiladi. Unda burch hissi o‘sa boshlaydi. U o‘qish shart ekanligini va u uning burchi ekanligini, belgilab qo‘yilgan qoida va talablar bajarilishi shartligini anglaydi. O‘zini haqiqiy o‘quvchidek his qilgan holda unda yaxshi o‘qishga ehtiyoj paydo bo‘ladi.
Kichik maktab Yoshidagi o‘quvchilarning axlokiy onglari I va IV sinfdagi o‘qish mobaynida muhim o‘zgarishlarga uchraydi va axlokiy sifatlar, bilim va tasavvurlar sezilarli darajada boyiydi va bola o‘zini o‘zi anglay boshlaydi. U o‘ziga xos bo‘lgan yaxshi-yomon xususiyatlarni bilmasa ham, lekin u o‘zini “Men”ini his kiladi. O‘zining vazifasi, maqsadi, uni bajarish lozimligi, uyga berilgan vazifalarni bajarish, takrorlash uning burchi ekanligi kabilarni anglab etadi. Bu Yoshdagi bolalarni maktab dasturiga kiritilmagan juda ko‘p atrof-muhit hodisalari haqidagi bilimlar qiziqtiradi. Bu qiziqishlar bolaning ko‘pincha e’tiborga olinmaydigan ijodiy o‘yinlarga nisbatan qiziqishlarida ham namoyon bo‘ladi.Bunday o‘yinlarda uning ijtimoiy qiziqishlari, emotsiyalari, jamoa uchun tashvishlanish kabi hislari aks etadi. Qiziquvchanlik kichik maktab Yoshidagi bolalarning keng aqliy faolligini namoyon etilish shakli hisoblanadi. Vatanga kerakli inson bo‘lish uchun o‘qishning muhimligi va ahamiyatini bilishi uchun ochiqlik, ishonuvchanlik, ustozining barcha topshiriqlarini bajarishga tayyorlik xususiyatlari keng ijtimoiy burch motivlari, ma’suliyatlilik samarali shartlar hisoblanadi. Maktab ta’limining dastlabki yillarida qiziqishlar, xususan, bilim egallashga nisbatan qiziqishlar, intellektual qiziqishlar sezilarli darajada rivojlanadi. Psixologlarning ta’kidlashicha, dastavval ayrim faktlarga, boshka narsalardan ajratib olingan yolg‘iz hodisalarga nisbatan qiziqishlar hosil bo‘ladi. III - IV sinflarda esa sabablarni, qonuniyatlarni, hodisalar o‘rtasidagi aloqa va o‘zaro bog‘liqliklarni bilib olish uchun bo‘lgan qiziqishlar rivojlanadi.
III sinfdan boshlab o‘qishga qiziqish differensiallasha boshlaydi. O‘quvchilardagi bunday qiziqishlar o‘zini anglash va o‘z xatti-harakatiga baho berishi kabi xususiyatlarni shakllantiradi.Kichik maktab Yoshidagi bolalarning qiziqishlarida samarali o‘qish uchun halaqit beruvchi qator salbiy xarakteristikalari ham mavjud. Kichik maktab Yoshidagi o‘quvchilarning qiziqishlari:
-etarlicha amaliy natija bera olmaydi;
- qatiy emas, vaziyatli;
-tez qondiriladi va ustozning qo‘llab-quvvatlashisiz tez so‘nadi;
-o‘quv materiali va topshiriqlar o‘quvchining joniga tez tegadi va charchashni yuzaga keltiradi;
– kam anglanilgan, o‘quvchining ma’lum bir predmetdagi nima yoqishini va nima uchun yoqishini aytib bera olmasligida ko‘rinadi;
- umumlashtirishning pastligi, bir yoki bir nechta predmetlarning tashqi belgilarigagina qarab umumlashtirish;
-o‘quvchini o‘qishning o‘quv faoliyatining usullariga emas, balki natijalariga yo‘nalganligi. Kichik maktab davrining so‘ngiga qadar o‘quv ishlaridagi qiyinchiliklarni engishga nisbatan qiziqish yuzaga kelmaydi
(bu holat ko‘pincha o‘qituvchilarning o‘zlari tomonidan amalga oshiriladi, ya’ni aksariyat hollarda o‘quvchining qiyinchiliklarni engishga harakati emas, balki natija baholaniladi). Bularning barchasi kichik maktab Yoshida qiziqishlarning etarli darajada rivojlanmaganligi bo‘lib, ba’zan o‘qishga nisbatan yuzaki munosabatni keltirib chiqarishi mumkin. Kichik maktab Yoshidagi o‘quvchilardagi motivlarning umumiy dinamikasiga nazar tashlansa, quyidagilarni ko‘rish mumkin: kichik maktab davrining boshida maktabda bo‘lishning tashqi jihatlariga (partada o‘tirish, forma kiyish portfel ko‘tarish v h.), so‘ngra birinchi o‘quv mehnati natijalariga (birinchi bor harf va sonlarni yoza olishlariga, o‘qituvchining bahosiga), keyinchalik, jarayonning o‘ziga, o‘qishning mazmuniga va shundan so‘nggina bilimlarni olish yo‘llariga qiziqish kuchli bo‘ladi. O‘qishning ijtimoiy ahamiyatini tushunish (2- 3 sinflarda) o‘qish mazmunini va bilimlarni egallash yo‘llariga qiziqish bilan mustahkamlanishi zarur. Bunday holda kichik maktab davrining oxirlariga borib, o‘qishga nisbatan motivatsiyaning pasayishi ko‘zga tashlanmaydi.
Bilish motivlari quyidagicha o‘zgarib boradi: kichik maktab Yoshidagi o‘quvchilarning qiziqishlari alohida bir faktlarga qiziqishdan, qonuniyat va prinsiplarga qiziqishga aylanib boradi. Oxirgi yillarda o‘tkazilgan psixologik tadqiqotlar kichik maktab Yoshining o‘rtalariga borib bilimlarni o‘zlashtirish yo‘llariga qiziqish yuzaga kelishi mumkinligini ko‘rsatib berdi. Kichik maktab davrida mustaqil ta’lim motivlari ham yuzaga kelib, lekin ular eng oddiy shaklda - bilimlarni olish qo‘shimcha manbalariga va qo‘shimcha kitoblarni vaqti-vaqti bilan o‘qishga qiziqish bilan yuzaga keladi. Ijtimoiy motivlar birinchi sinfga kelganida differensial bo‘lmagan umumiy tushunishdan o‘qish va o‘rganishning zarurligi sabablarini chuqur anglashga, “o‘zi uchun “ o‘qish mazmunini anglab etishga tomon o‘zgarib, ijtimoiy motivlarni amaliy xarakter kasb etishiga sababchi bo‘ladi. Bu Yoshdagi vaziyatli ijtimoiy motivlar o‘qituvchining
qo‘llab-quvvatlashini olishga nisbatan bo‘lgan ehtiyoji hisoblanadi. Bolaning ustoziga bo‘lgan munosabati yomon baho olib xafa bo‘lgan taqdirda ham ijobiy va unga ishonch bildirishi saqlanib qolaveradi. Unda o‘rtoqlari va sinfdoshlari o‘rtasida mavqeli bir o‘rinni egallashga harakat yuzaga kelib, asta sekinlik bilan o‘rtoqlari fikrlariga asoslanish paydo bo‘ladi.
O‘quv faoliyati kichik maktab Yoshidagi bolalarda o‘qishda ma’lum yutuqlarga erishish ehtiyojini qondirishga, Shuningdek, tengdoshlari orasida o‘z o‘rniga ega bo‘lishiga imkoniyat ham yaratadi. Aynan ana shu o‘rin yoki mavqega erishish uchun ham bola yaxshi o‘qishga harakat qiladi. Bu Yoshdagi bolalar doimiy ravishda o‘zlari erishgan muvaffaqiyatlarini boshqa tengdoshlari muvaffaqiyatlari bilan solishtiradilar. Ular uchun doimo birinchi bo‘lish nihoyatda muhim. Kichik maktab davrida bolalardagi musobaqaga kirishish motivi tabiiy psixologik ehtiyoj hisoblanib, bu motiv ularga kuchli emotsional zo‘riqishni beradi. Bu xususiyatlar aslida bog‘cha davridan boshlab yuzaga kela boshlaydi va kichik maktab davrida, Shuningdek o‘smirlik davrida ham yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Kichik maktab Yoshidagi bolalar kattalarning u haqidagi fikr va bergan baholariga qarab, o‘zlariga o‘zlari baho beradilar. Shuningdek, o‘quvchining o‘ziga-o‘zi beradigan bahosi, turli faoliyatlaridagi muvaffaqiyatlariga ham bog‘liq bo‘ladi. Kichik maktab Yoshidagi o‘quvchilarda o‘z-o‘ziga beradigan baholari turlicha - yuqori, adekvat - mos yoki past bo‘lishi mumkin. Bu Yoshdagi bolalarda mavjud bo‘lgan ishonuvchanlik, ochiqlik, tashqi ta’sirlarga beriluvchanlik, itoatkorlik kabi xususiyatlari ularni shaxs sifatida shakllantirish uchun yaxshi imkoniyat yaratadi. Kichik maktab davrida boshqarishdan o‘z-o‘zini boshqarishga o‘tishi nihoyatda muhimdir. Etakchi bo‘lgan o‘quv faoliyatidan tashqari boshqa faoliyatlar - o‘yin, muloqot va mehnat faoliyati ham o‘quvchi shaxsi rivojiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Bu faoliyatlar asosida muvaffaqiyatga erishish motivlari bilan bog‘liq bo‘lgan shaxs xususiyatlari tarkib topa boshlaydi. Kichik maktab davrini bolaning turli faoliyatlarda muvaffaqiyatga erishishini belgilab beruvchi asosiy, shaxsiy xususiyatlarni yuzaga kelish va mustahkamlash davri deb hisoblash mumkin. Bu davrda muvaffaqiyatga erishish motivlari tarkib topa boshlaydi. Bu Yoshdagi bolalar soatlab yolg‘iz holda sevimli mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishlari mumkin va shular asosida ularda mehnatsevarlik va mustaqillik fazilatlari shakllanadi. Kichik maktab davridan boshlab o‘quvchilarni mustaqil mehnat faoliyatiga amaliy va psixologik jihatdan tayyorlashga e’tibor beriladi. Bu davr ichida bolalarda mehnatga nisbatan ongli, ijobiy munosabatda bo‘lish asoslari tarkib topa boshlaydi. Ularda mehnatga havas uyg‘onadi, mehnatga va mehnat ahllariga hurmat bilan qarash, ijtimoiy foydali ishlarda qatnashishga intilish singari fazilatlar tarkib topadi. Kichik maktab Yoshidagi o‘quvchilarda mehnatsevarlik, asosan, o‘qish va mehnat faoliyatida rivojlanadi va mustahkamlanadi. Kichik Yoshdagi o‘quvchilar zarur bo‘lgan harakat va amallarni darhol o‘zlashtirib va egallab ololmaydilar, ko‘proq ortiqcha va chalkash harakatlar qiladilar. Mehnat jarayonidagi turlicha ish harakatlarini, chunonchi: tikish, to‘qish, kiyish yoki taxtalarni randalash kabi ish harakatlarni qiynalmasdan va birmuncha silliq bajaradigan bo‘lish uchun har bir ishda har qanday harakatlar qilish kerakligini va bu harakatlarning qay yo‘sinda amalga oshirilishini aniq bilib olish va esda qoldirish kerak bo‘ladi. Harakatlarni qayta-qayta takrorlash, mashq qilib borish natijasida kichik Yoshdagi o‘quvchilarda uchrab turadigan ortiqcha va chalkash harakatlar yo‘qolib boradi.
O‘qituvchilar mehnat darslarida o‘quvchilarning mehnatiga etarli darajada e’tibor berishlari, mehnat darsiga alohida tayyorgarlik ko‘rishlari, o‘quvchilarning har bir harakatlarini ziyraklik va kuzatuvchanlik bilan nazorat qilishlari, ularga individual munosabatda bo‘lishlari maqsadga muvofiqdir.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mehnati:
- bolalarni Yosh, individual va jismoniy rivojlanishiga mos bo‘lishi; - o‘quvchilar uchun qiziqarli bo‘lishi;
- undan kundalik ish jarayonida o‘z-o‘ziga xizmat qilishga asoslanganligi;
- jamoa bo‘lib mehnat qilish orqali bolalarda bir-biriga nisbatan hamkorlik, do‘stlik, o‘rtoqlik tuyg‘ularini shakllantirishi;
- o‘quvchini o‘zini tuta bilishga, sabr-toqatli bo‘lishga, qiyinchiliklarga bardosh berishga o‘rgatadigan va ularni shakllantirishi;
- o‘quvchi o‘z mehnati natijasidan bahramand bo‘ladigan mehnat xususiyatlariga ega bo‘lishi lozim.
Bola o‘z mehnat mahsuli sinf yoki maktab jamoasiga, jamoatchilikka manfaat keltirayotganligini bilib, undan xabardor bo‘lib borsa undagi ijtimoiy foydali mehnatga bo‘lgan ishtiyoq yana ham ortadi va mehnatga nisbatan faol, ijodiy va ongli munosabat shakllana boradi.
Mehnatsevarlik bolada o‘zi qilayotgan mehnati unga zavq bergan taqdirdagina yuzaga keladi va rivojlanadi.
Bu davrda mustaqillikning poydevori yuzaga kelib, o‘quv vazifalarini mustaqil bajarish layoqati yuzaga keladi. Mustaqillikka moyillikning rivojlanishi ikki yo‘nalish asosida amalga oshiriladi.
Mustaqillikning shaxs hislati sifatida vujudga kelishi ijtimoiy muhitga bog‘liq. Bu bog‘liqlik mustaqillikka bo‘lgan ehtiyojni qondirish imkoniyatlari sohasida va qadriyatlarda ifodalangan mustaqillik mazmuni xarakterida ifodalanadi.
Mustaqillikning shaxs hislati sifatida shakllanishida individual xususiyatlar, shaxs yashaydigan va mehnat qiladigan jamoada vujudga kelgan munosabatlarga hamda shaxsning qobiliyatlariga, uning faolligiga bog‘liq bo‘ladi.
Bolada mustaqillik xususiyatining shakllanishi asosan kattalarga bog‘liq. Agar bola haddan ziyod ishonuvchan, itoatkor, ochiq xususiyatli bo‘lsa, unda asta-sekinlik bilan bo‘ysunuvchanlik, tobelik xususiyati mustahkamlana boradi. Biroq bolani erta mustaqillikka undash, unda ba’zi salbiy hislatlarning shakllanishiga ham olib kelishi mumkin, chunki u hayotiy tajribalari kamligi uchun asosan, kimlargadir taqlid qilgan holda harakat qilishi mumkin. Mustaqillikni shakllantirish uchun bolaga mustaqil bajaradigan ishlarni ko‘proq topshirish va unga ishonch bildirish nihoyatda muhimdir. Shuningdek, shunday bir ijtimoiy psixologik muhit yaratish kerakki, unda bolaga biron bir mas’ul vazifani mustaqil bajarishni topshirish, bu ishni bajarish jarayonida bola o‘zini tengdoshlari, kattalar va boshqa odamlarning lideri deb his qilsin. Ana shu his bolada mustaqil bo‘lishga undovchi motivlarni yuzaga keltiradi.
7-11 Yoshli bolalar o‘zlarining individual xususiyatlarini anglay boshlaydilar. Bolaning o‘z-o‘zini anglashi ham jadal rivojlana boradi va mustahkamlana boshlaydi. Bu davrda bolalar o‘zlarining ismlariga yanada ko‘proq ahamiyat bera boshlaydilar va ularning ismlari tengdoshlari va atrofdagilari tomonidan ijobiy qabul qilinishiga harakat qiladilar. Bolani o‘zining tashqi ko‘rinishi va gavda tuzilishiga beradigan bahosi ham o‘z-o‘zini anglashida ahamiyati juda katta. Kichik maktab davrining oxiriga borib bolalar, ayniqsa, qizlar o‘zlarining yuz-tuzilishlariga alohida e’tibor bera boshlaydilar. Kichik maktab Yoshidagi o‘quvchining o‘quv faoliyati jarayonida o‘zidagi xulq-atvorni va faoliyatni o‘zi tomonidan muvofiqlashtirish qobiliyati rivojlanadi, ongli ravishda bir fikrga kela olish qobiliyati rivojlanadi, o‘z faoliyatini o‘zi uyushtirishga hamda bilim olish jarayoniga bo‘lgan qiziqishining qaror topishiga yordam beradi, o‘quvchi xulq-atvorining motivlashtirishi ham o‘zgaradi. Bunda do‘stlari va jamoaning fikrlari asosiy motivlar bo‘lib qoladi. Axloqiy his-tuygular va shaxsning irodaviy xususiyatlari ham shakllanadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida iroda tarbiyasi tashabbuskorlik, dadillik, o‘zini tuta bilish, sabotlilik, chidamlilik, qat’iylik, kamtarlik va intizomlilik kabi irodaviy sifatlarni o‘stirish va mustahkamlashdan iboratdir.
Iroda tarbiyasi bolalarda yomon sifatlar paydo bo‘lishining oldini olish va agar bunday sifatlar paydo bo‘lsa, ularni yo‘qotishdan iboratdir.Bolalar irodasining salbiy tomonlaridan biri o‘ziga ishonmaslikdir. O‘ziga ishonmaslik holati o‘qish, mehnat, o‘yin va shu kabi faoliyatlarda tez-tez qaytarilib turadigan muvaffaqiyatsizliklar tufayli yuzaga keladi.
F.I.Ivashchenko tomonidan o‘tkazilgan tekshirishlarning ko‘rsatishicha, o‘qish sharoitida o‘quvchilarning o‘zlariga ishonmaslik holatlari asosan quyidagi sabablar tufayli yuzaga keladi:” a) o‘qishda izchillik prinsipiga rioya qilmaslik tufayli; b) o‘quvchilarga kuchlari etmaydigan, ya’ni ortiqcha talab qo‘yib yuborish orqali; v) ayrim pedagoglar, ota-onalar va Shuning bilan birga sinfdoshlarning o‘quvchilar kuchiga, xotira qobiliyatlari va fahm-farosatlariga ishonchsizlik bildirishi tufayli; g) ana shunday o‘quvchilarni yomon baho olganliklari uchun qo‘rqitish va jazolash orqali”.
Iroda tarbiyasi tafakkur va hissiyotlar tarbiyasi bilan mahkam bog‘liqdir. Biz bolalarda tafakkurni taraqkiy ettirishimiz bilan birga, ularda o‘z oldiga to‘la anglab, muayyan maqsadlar ko‘ya olish va juda yaxshi asoslangan qaror va harakatlarni tanlay ola bilish qobiliyatini ham tarbiyalaymiz. Bolalarda ijobiy axloqiy hislarni tarbiyalar ekanmiz, buning bilan axloxiy qaror qabul qilishga va Shuning bilan birga, o‘z qaror hamda harakatlariga axloqiy baho berishga odatlantirib boramiz. Vatanparvarlik va vijdoniy burch hissini tarbiyalash ayni vaqtda boshlang‘ich sinf o‘quvchisining harakat motivlarini tarbiyalash hamdir.
5-6 Yoshlarda ko‘zga tashlangan bolalarning xususiyatlari kichik maktab yillari davomida rivojlanadi va mustahkamlanadi. O‘smirlik davrining boshlariga kelib, juda ko‘pgina shaxsiy fazilatlar shakllanib bo‘ladi. Bolalarning individualliklari ularning bilish jarayonida ham ko‘rinadi. Bu davrda bolalarning bilimlari kengayadi va chuqurlashadi, ko‘nikma va malakalari takomillashadi. 3-4 sinflarga borib, aksariyat bolalarda umumiy va maxsus layoqatlar ko‘zga tashlanadi. Kichik maktab davrida hayot uchun nihoyatda ahamiyatli bo‘lgan muvaffaqiyatga erishish motivi mustahkamlanadi, bu esa o‘z-o‘zidan boshqa layoqatlarni jadal rivojlanishiga olib keladi.
Kichik maktab Yoshidagi bolalar shaxsi rivojlanishiga ularning
atrofidagi odamlar, ota-onasi va ayniqsa o‘qituvchi bilan bo‘ladigan munosabati katta ta’sir ko‘rsatadi. 3-4 sinflarga borib bola uchun uning o‘rtoqlari bilan munosabatining ham ahamiyati ortadi. Bu munosabatlardan kattalar ta’lim-tarbiya maqsadlarida foydalanishlari mumkin. I – IV sinf o‘quvchilari o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish, turli materiallardan har xil buyumlar yasash, o‘simliklar ekib o‘stirish, uydagi yumushlarga qatnashish kabi bir qancha ishlarda ishtirok etadilar va bu sohada dastlabki ko‘nikma va malakalarni hosil qiladilar.