Maktab yoshi davrida ilmiy tushunchalarning1 rivojlanishi
MAVZU: "Maktab yoshi davrida ilmiy tushunchalarning rivojlanishi"
Reja:
1.Kichik maktab yoshidagi bolalarning xulq-atvor xususiyatlari.
2.Kichik maktab yoshidagi bolalarning aqliy rivojlanishi.
3.O‘quv faoliyatining xususiyatlari.
4.Boshlang‘ich sinf o‘quvchilar shaxsining shakllanishi.
5.Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning emotsional xususiyatlari.
6 Kichik maktab davrida shaxslararo munosabat.
7.Kichik maktab yoshidagi bolalarning xulq-atvor xususiyatlari.
KIRISH Bu davr odatda bolalikning maktab davri deb ham yuritiladi. Bu davrning ahamiyatli tomoni shundaki, bolaning bog’cha yoshida to’plagan shaxsiy tajribasi, til boyligi, bilish imkoniyatlari endi tartibga tusha boshlaydi, u ham intellektual, ham ahloqiy, ham ijtimoiy tomondan rivojlanib, ulg’aya boshlaydi. Jenevalik psixolog Jan Piajening ma’lumotiga ko’ra, 6-7 yoshli bolaning intellektual salohiyatida keskin burulishlar ro’y beradi. Uning xotirasi ancha yaxshi bo’lib, ma’lum tizimga, tartibga tushadi, endi u ko’proq o’zi xohlagan narsalarni esda saqlab qoladigan bo’lib boradi. Shuning uchun ham ular ota-onalari o’ylanib qoladigan mavhum matematik vazifalarni ham o’qituvchisi o’rgatganday tezda yechadigan bo’lib qoladi. Har xil ertaklarni eshitib yurgan bola endi tashqi real olamni, u qanday bor bo’lsa shunday anglay boshlaydi. Kichik maktab davri 6-7 yoshdan 9-10 yoshgacha davom etadi, Bu davrda bola maktab o‘quvchilariga qo’yiladigan turli talablar bilan tanishadi, fan asoslarini o‘rganish uchun biologik va psixologik jihatdan tayorlanadi. Uning psixikasi bilim olishga yetadigan darajada rivojlanadi. Shu yoshdagi bola idrokining o‘tkirligi, ravshanligi, sofligi, aniqligi,; o‘zining qiziquvchanligi, ishonuvchanligiga, xayolining yorqinligi, xotirasining kuchliligi, tafakkuryning yaqqolligi bilan boshqa yoshdagi bolalardan ajralib turadi. Maktab ta’limiga tayyorlanayotgan bolada diqqat nisbatan uzoq muddatli va shartli barqaror bo’ladi. “Kichik maktab yoshidagi bolalarning asosiy faoliyati o‘qish hisoblanad”. Bolaning maktabga borishi, uning psixologik rivojlanishi va shaxsining shakllanishidagi o’rni nihoyatda katta. Bola o’quv faoliyatida o‘qituvchi rahbarligida inson ongining turli asosiy shakllarining mazmunini egallaydi va insoniy an’analar asosida harakat qilishni urganadi. O‘quv faoliyatida bola o‘z irodasini o‘quv maqsadlariga erishish uchun mashq qildiradi. O‘quv faoliyati boladan nutq, diqqat, Xotira, tasavvur va tafakkurini kerakli darajada ryvojlanishini talab etgan holda, bola shaxsi rivojlanishi uchun yanga sharoitlarni yaratadi. Birinchi bor maktabga kelgan bola o‘z atrofdagilari bilan psixologik jihatdan yangi munosabat tizimiga o‘tadi. U hayotining tubdan o‘zgarganini, unga yangi majburiyatlar. nafaqat, har kuni maktabga borish, balki o‘quv saoliyati talablariga bo‘ysunish ham yukltilganligini his eta boshlaydi. Oila a’zolarining bola o‘quv faoliyati, yutuqlari bilan qiziqayotganligi, shuningdek, uni nazorat qilayotganligi, unga qilinayotgan yangi muomala, munosabat uning ijtimoiy mavqei o‘zgarganligini to‘la his etishiga, o‘ziga nisbatan munosabatining o‘zgarishiga asos bo‘ladi. Kattalar bolalarni amaliy jihatdan o‘z vaqtlarini to‘g‘ri taqsimlash borasida yaxshi o‘qish, o‘ynash, sayr qilish va boshqa narsalar bilan shug’ullanishga o‘rgatadilar. Demak, oilada bola u bilan hisoblashadigan, maslahatlashadigan yangi bir urinni egallaydi. O’quvchining maktabdagi muvaffaqiyati uning keyingi psixik rivoji va shaxsining shakllanishida to‘liq ijobiy asos bo‘ladi. Bola insoniy munosabatlar tizimida ham alohida o‘rin egallayotganini, ota-onasi, yaqinlari, atrofdagilari unga yosh boladek emas, balki o’z vazifalari, majburiyatlari bor bo’lgan, o‘z faoliyat natijasiga ko‘ra hurmatga sazovor bo‘lishi mumkin bo‘lgan alohida shaxs sifatida munosabatda bo‘ladilar. Buning natijasida bolaning o‘z-o‘zidan oilasi, sinfi va boshqa jamoalardagi o‘z o‘rnini anglay boshlaganini ko‘rish mumkin. Bu davrda bolaning "Men shuni xohlayman” motividan "Men shuni bajarishim kerak” motivi ustunlik qila boshlaydi. Maktabda birinchi sinfga kelgan har bir o‘quvchida psixik zo‘riqish kuchayadi, Bu nafaqat uning jismoniy salomatligida, balki xatti-harakatida ham, ya’ni ma’lum darajada qo‘rquvni kuchayishi, irodaviy faollikning susayishida namoyon bo‘ladi. Bu davrga kelib bola atrofidagilar bilan o‘zaro munosabatda ma’lum bir natijalarga erishgan, o’zi xohlayotgan narsalarni hamda, o‘z oilasida o‘zi egallagan o’rnini aniq biladigan bo‘ladi. Shuningdek, u o‘zini-o‘zi boshqarish malakasiga ega bo’ladi, vaziyat va qolatga qarab ish yurita oladi. Bu yoshdag‘i bolalar xatti-harakatlari va motivlari ularning o‘zlariga beradigan baholariga qarab "Men yaxshi bolaman” emas, balki bu xatti- harakatlar o‘zgalar ko‘z ungida qanday namoyon bo‘lishiga qarab baholanishini tushuna boshlaydilar.Bola maktab ta’limiga bog’chada tarbiyalanyotganida tayorlanadi. Buning uchun u dastavval, ta’lim-tarbiya tomonidan o’quvchi shaxsiga qo’yiladigan turli mazmundagi talablar bilan tanishadi. Undan tashqari u fan asoslarini o’rganish uchun ham biologik, jismoniy ham psixologik jixatdan qariyb yetilgan, jismoniy va aqliy mehnat qilish imkoniyatiga ega bo’ladi. Maktab ta’limiga psixologik tayorgarlik deganda, bolaning obektiv va yubektiv jixatdan munosibligi, bilish jarayonlari bilan shaxs xususiyatlarining o’zaro munosibligi nazarda tutiladi. O’quvchi maktab ta’limiga keng ma’noda obektiv tayyor bo’ladi. Binobarin, uning psixikasi bilim olishga yetarli darajada taraqqiyot bosqichiga erishadi. Ushbu yoshdagi bola idrokining o’tkirligi, ravshanligi, sofligi, aniqligi, uning qiziquvchanligi, dilkashligi, xayrixohligi, ishonuvchanligi, xayolining yorqinligi, xotirasining kuchliligi bilan boshqa yoshdagi o’quvchilardan ajralib turadi. Maktab ta’limiga tayorgarlik ko’rayotgan bolada diqqat nisbatan uzoq muddatli va shartli ravishda barqaror ko’rinishga ega, deb hisoblash mumkin. Diqqatning xususiyatlari unung ro’lli va syujetli o’yin faoliyatlarida, rasm chizish va ko’rish, loy hamda plastilindan narsa yasashda, katta yoshdagi va tengqurlari nutqini idrok etishlarida, matematik amallarni bajarishlarida, hikoya tinglash va o’zi haqida tuzishda ham bevosita namoyon bo’ladi. Bu davrga kelib bola o’z diqqatini muayyan obyektga, narsa va hodisalarga yo’naltirishga, to;plashda va uni mustahkamlashda, hamda taqsimlashda malum darajada ko’nikmalarni egallagan bo’lib, o’z diqqatini boshqarish zarur paytda uni o’zi tashkil qilishga intiladi. Uning xotirasi qiziqarli ajiyibotlarga, g’aroyibotlarga boy, voyaga yetgan kishini taajubga soladigan vaziyatlarva ma’lumotlarni puxta eslab qolish, esda saqlash, esga tushirish imkoniyatiga egadir. Shu davrgacha faqat kattalar yordamida u yoki bu axborotlarni egallab kelgan bo’lsa, endi u o’z xohish irodasi bilan, muayyan motivatsiyaga asoslangan holda ma’lumotni olishga , o’z oldiga yaqqol maqsad va aniq vazifa qo’yishga harakat qiladi. Bolaning muayyan taraqqiyot darajasiga erishganini uning xotirasi faolligi namoyish qiladi. U o’zining uncha boy bo’lmagan tajribasiga asoslanib, she’r, hikoya, ertaklarni esda qoldirishi uchun ularning takrorlanganligi, yod olishning qulay usul va yo’llaridan foydalanganligi ta’lim jarayonida unga juda qo’l keladi. U o’qish, idrok etish, o’zlashtirish texnikasi bilan yaqindan tanishishga erishadi.