Avtoritar uslubdagi o‘qituvchining o‘quvchilari o‘qituvchi sinfda bo‘lmagan vaqtlarda o‘z-o‘zini boshqarish malakasi bo‘lmaganligi uchun ham intizomga mutlaqo bo‘ysunmaydilar. Bu asosan, to‘polonda namoyon bo‘ladi. Bu uslub o‘qituvchining mustahkam irodasini ko‘rsatadi, lekin bu iroda natijasida o‘quvchida "ustozim meni yaxshi ko‘radi" degan fikri emas, balki qo‘rquv hissi mavjud bo‘ladi.
Demokratik uslub o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasida do‘stona munosabat o‘rnatilishiga asos bo‘ladi. Darsdagi intizom majburiy emas, balki muvafaqqiyatga erishish garovi sifatida bolalar ijobiy emotsiyani, o‘ziga ishonch, o‘z muvafaqqiyati, yutuqlaridan quvonishi, do‘stlari bilan faoliyatda hamkorlik hissini beradi. Demokratik uslub bolalarni birlashtiradi. SHu bilan birga o‘zining faoliyati natijalariga qiziqish uyg‘otgan holda, o‘zi uchun o‘zi harakat qilishi lozimligini anglatadi, o‘zini-o‘zi boshqarishga, o‘z xatti-harakatini o‘zi nazorat qilishga o‘rgatadi. Har bir ishga mas’uliyat bilan yondoshish hissi o‘qituvchining shu Yoshdagi bolalar bilan demokratik muomala munosabati asosidagina shakllanadi.
Liberal uslub kasbiy layoqati yo‘q bo‘lgan o‘qituvchilarga xos bo‘lgan uslubdir. Bunday o‘qituvchi dars jarayonini yaxshi tashkil eta olmaydi. Bunday darslarda har bir bola o‘z tarbiyalanganlik darajasiga qarab o‘zini tutadi. Bola o‘z majburiyatlarini yaxshi his qilmaydi. Muomala munosabatdagi liberal uslub psixologiya va pedagogaka fanlariga mutlaqo zid uslub hisoblanib, bolalar shaxsini shakllantirish va tarbiyalash jarayonida bu usulni qo‘llab bo‘lmaydi. SHunday kilib, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan muomala-munosabatdagi imperativ uslub, asosan, ma’lum bir chegaralarga asoslangan holda bola shaxsi rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Demokratik uslub o‘qituvchidan muomala-munosabatda juda katta kasbiy mahoratni talab etgan holda, bola shaxsining ijobiy tomonlarini rivojlantiruvchi yagona uslub hisoblanadi. Liberal uslub esa o‘quvchini emotsional zo‘riqtirmaydi, lekin uning shaxsi rivojiga ham samarali ta’sir ko‘rsatmaydi.
Boshlang‘ich maktabda bolalar yangi talablarni qabul qiladilar va ularga qat’iyatlilik bilan amal qilishga harakat qiladilar. Bola uchun o‘qituvchi uning psixologik holatini belgilab beruvchi asosiy figura hisoblanadi. CHunki uning bolaga bo‘lgan munosabati uning nafaqat sinfdagi, balki, umuman tengdoshlari bilan bo‘ladigan munosabatiga, bu munosabat esa o‘z-o‘zidan oilasidagi munosabatlariga ham bevosita ta’sirini ko‘rsatadi. Shuningdek, bu munosabatlar uning o‘quv faoliyati muvaffaqiyatini ham belgilab beradi.
O‘qituvchining bolaga munosabati uning o‘rtoqlari va oilasi bilan bo‘lgan munosabatiga ham bevosita o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. SHuni ham aloxida ta’kidlab o‘tish kerakki, yangi muloqotning xarakteri kichik maktab Yoshidagi o‘quvchi ta’limining motivlariga, undagi axloqiy sifatlarning rivojlanishiga, o‘z-o‘ziga beriladigan bahoning shakllanishiga hamda bolaning qiziqishlari darajasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Bolalarning o‘quv faoliyati muvaffaqiyati hamda shaxsining shakllanishi ko‘p jihatdan ularning o‘qituvchisi bilan munosabatlaridagi o‘ziga xos xususiyatlariga, sinfdagi o‘z mavqeini qay darajada anglab etishiga, tarkib topgan o‘quvchilar jamosi bilan o‘zaro munosabatlariga bog‘liq bo‘ladi.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda men shuni tushundimki freydning odamni jinsiy shakllanishidagi bu uzilishining ahamiyatini oliy insoniy madaniyatni rivojlanishi uchun sharoit sifatida alohida ta`kidlaydi.
O’quv faoliyati kichik maktab yoshidagi o’quvchi uchun nafaqat bilish
jarayonlarining yuqori darajada rivojlanishi, balki shaxsiy xususiyatlarining rivojlanishi uchun ham imkoniyat yaratadi. O’quvchining ushbu yosh davrida o’qtuvchining har bir aytgan so’zi, xar bir xatti- harakati, ta’sir o’tkazish uslubi uning uchun haqiqat mezoni bo’lib qoladi. Chunki o’quvchilar o’z o’qtuvchilariga juda qattiq ishonadilar, ularning fikr va mulohazalariga quloq soladilar, pedagogik taktdan o’ta ta’sirlanadilar, qo’ygan talablariga qat’iy amal qiladilar. Ana shu tomondan pedagog bergan barcha vazifalarni, yaratilgan muammoli vaziyatlarni hal qilishga intiladilar, ularni o’z vaqtida ado etishga intikladilar.
O’qtuvchiga yuksak ishonch, unga bevosita taqlid insonni inson tomonidan idrok etilishi idetifikatsiya bosqichiga o’xshab ketadi. Ayni shu davrdan boshlab: 1) o’quvchining psixikasiga tashqi ta’sir ko’rsatish, 2) atrof-muhitdagi kishilarga yordam berishga undash, 3) nima bilan shug’ullanish to’g’risida ko’rsatma va yo’llanma berish, 4) unga oddiy individual yoki ijtimoiy xususiyatga ega bo’lgan burch xissini tushuntirish, 5)uni to’g’ri mulohaza yuritishga o’rgatish, 6) ijobiy xis-tuyg’u va ezgu niyatlarini qo’llab quvatlash, 7) o’qilgan kitobni, tomosha qilgan kinofilmni, sinfda sodir bo’lgan voqeani, sayohat taassurotlarini birgalashib muhokama qilish, 8) o’quvchilarni nomaqul so’z va iboralardan tiyish, ixtilofning oldini olish, 9) tabiat manzaralarini quvvatlash va musiqa tinglashga o’rgaish imkoniyati paydo bo’ladi. Bu omillarning barchasi o’quvchining shaxs bo’lib shakllanishida muhim ro’l o’ynaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
Karimov I.A. Barkamol avlod - O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. -T: O’zbekiston. 1997. -92b.
Karimov I.A. Barkamol avlod orzusi -T: O’zbekiston milliy entsiklopediyasi. 2000, -114b.
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch.- T.: Ma’naviyat. 2008. B.41-136.
N. Ismoilova, D. Abdullayeva Ijtimoiy psixologiya.- T.: O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati. 2013.
Z. Nishonova, D. Qarshiyeva, N. Atabayeva, Z. Qurbonova Psixodiagnostika va eksperimental psixologiya.- T.: TDPU 2015.
V. Karimova Psixologiya.- Toshkent.: Abdulla Qodiriy 2002.
Z. Isaqov O’zbekistonda sog’lom avlodni shakllantirishning ijtimoiy, pedagogik – psixologik asoslari.- Toshkent.: TDPU 2014.
E. G’. G’oziyev Ontogenez psixologiyasi.- Toshkent.: 2010.
Абрамова Г.С. «Возрастная психология» Екатеренбург 1999
Андреева Г.М. «Социал”ная психология» М: Аспект Пресс 2002. 18с
N.I. Xalilova, A. Kuchkarova, M. Sultonxo’jayeva Kichik maktab Yoshi Psixodiagnostikasi va psixokorreksiyasi.- T.: Impress media 2016.
E. N. Sattorov Omadga erishish psixologiyasi.- T.: G’afur G’ulom 2014.
13.www.ziyonet.uz
14.www.expert.psychology.ru
Dostları ilə paylaş: |