Maktabda adabiyot nazariyasini no'ananaviy usulda o'rgatish metodikasi



Yüklə 27,27 Kb.
tarix11.07.2023
ölçüsü27,27 Kb.
#136389
maqola 12



"Maktabda adabiyot nazariyasini no'ananaviy usulda o'rgatish metodikasi"(7;8;9-sinflar uchun)
Nurulloyeva Zumrat Amrullo qizi
Chirchiq davlat pedagogika universiteti Magistratura bosqichi 1-kurs talabasi


Annotatsiya Ushbu maqolada o’rta ta’limda adabiyot fani, uning o’rgatilishi, ilk bosqichlarda o’qitish metodikasi, noan`anaviy metodlar shuningdek darslarni to’g’ri tashkil qilish haqida so’z yuritiladi.
Kalit so‘zlar: adabiyot, metodika , interfaol, didaktik, o’qitish usullari, pedagogik vazifalar, zamonaviy adabiyot
Mamlakatimiz o‘z mustaqilligiga erishganidan keyin adabiyot o‘qitish metodikasi ilmida ham keskin o‘zgarishlar yuz bera boshladi. Xususan adabiy ta’lim oldiga ma’naviy komillik sari yuz tutgan avlodni shakllantirish vazifasini qo‘ydi. Ma’lumki, Komil shaxs tarbiyalash yuki hamma zamonlarda adabiyotning zimmasida bo‘lgan. Bu davr metodistlarining har biri mazkur vazifani o‘z imkoniyatlari darajasida uddalashga harakat qilmoqdalar. Hozirgi sharoitda o‘quvchilarni ham ruhan, ham aqlan, ham jisman yetuk qilib shakllantirish uchun milliy pedagogika ilmi va uzluksiz ta’lim amaliyotida oldingidan tamomila yangicha yo‘sinda ish olib borish taqozo etilmoqda. Ta’limning dastlabki boshlang‘ich bosqichi o‘quvchilar ma’naviyatini shakllantirishda o‘qish darslarining o‘rni beqiyos. O‘qituvchi tomonidan adabiyot kitoblaridagi asarlarni to‘g‘ri idrok etishga yo‘naltirilgan o‘quvchi mustaqil ishlashga, uqib o‘qishga, o‘zgalarning fikrlarini ilg‘ashga, o‘zi va boshqalarning tuyg‘ular olamini kuzatishga va tuyishga o‘rgana boradi. Olamni, Odamni va O‘zligini kashf qiladi. O‘z ichki «men»ning shakllanishida o‘zi bevosita ishtirok etadi.
Lekin, darsliklarda o‘rganish uchun taqdim etilgan o‘quv materiallarining ko‘pchiligi jo‘n, hayotiy haqiqatdan uzoq. Bir qismi esa quruq nasihatbozlikka qurilgan. Ular mavzudan kelib chiqib, mualliflar tomonidan shunchaki «to‘qib» tashlanganday. Asarlar matni yuzasidan tuzilgan: «Nima uchun ona yer deymiz? Javobni matndan topib o‘qing va o‘qiganingizni yod oling», «Navoiyning istagi ifodalangan misralarni o‘qing», «Yakshanba kuni qanday voqea yuz berdi?», «Ota-ona o‘z farzandiga nisbatan qanday iborani ishlatadi?» kabi savol-topshiriqlar bolaning matn mazmunini takrorlashiga xizmat qiladi, xolos.
«Asar mazmunidan nimalarni tushundingiz?», «… deganda nimani tasavvur qilasiz?», «Nima deb o‘ylaysiz, Shiroq nega qo‘yini boqib yuravermay qabila boshliqlarining oldiga keldi? Uni bunga undagan narsa nima ekanini ayta olasizmi?», «…tarzidagi tasvirni o‘z so‘zlaringiz bilan ifodalashga urinib ko‘ring. Uni siz qanday tushundingiz?» singari kichik o‘quvchilarni fikrlash va matn mohiyatiga kirishga yo‘naltiradigan, asardan badiiy zavq va ma’naviy ozuqa olishga undaydigan, o‘z qarashlarini aytishga qaratilgan savol-topshiriqlar mutlaqo uchramaydi. Matn yuzasidan tuzilgan mantiqli, o‘ylantiradigan savollarga sinfdagi o‘quvchilarning barchasi javob berishi shart emas. Muhimi, savol bilan ularni bezovta qilish. Agar o‘qituvchi kichik o‘quvchilarni matn ustida uzluksiz ravishda shunday ishlataversa, bolalar bunga o‘rganib boradilar va ularda istalgan ko‘nikma hosil bo‘ladi. Natijada bola fikr kishisi bo‘lib yetishadi.
Hozirgi davr o'qituvchi va o'quvchi oldiga katta talablar qo'ymoqda, bu talablarning eng asosiysi - darsning samaradorligi, uning sifatliligi, o'quvchilarning bilim va ko'nikmalariga, maktablardagi turli xil o'quv mashg'ulotlari, ularni tashkil qilinishi va u orqali o'quvchilarni turli bilim va ko'nikmalarni egallab olishidir. Bugungi kunda ta'lim jarayonini to'g'ri va samarali tashkil qilishda innovatsion texnologiyalar, texnik vositalarning, jumladan, zamonaviy kompyuterlarning o'rni beqiyosdir. Dars mavzusiga oid multimediya, animatsiya, grafika,diafilm va videofilmlardan foydalanish dars jarayonini yana-da qiziqarli bo'lishiga ko'mak beradi,buning uchun esa o'qituvchi o'z ustida ishlashi va har bir darsga «men bugungi dars jarayonigaqanday yangilik bilan kirib, darsni qiziqarli tashkil qila olaman» deya o'ziga savol berishi ya'ni,an'anaviy ta'limdan qochib, noan'anaviy ta'lim berishga intilishi lozim.
Ma'lumki, ta'lim bu o'qituvchi va o'quvchilarning hamkorligidagi faoliyat turi bo'lib, dars orqali o'qituvchi o'z bilimi, ko'nikma va malakalarini mashg'ulotlar vositasida o'quvchilarga yetkazadi, o'quvchilar esa uni o'zlashtirib olishi natijasida undan foydalanish kompetensiyalariga ega bo'ladi. Yangi bilimlarni o'rganish jarayonida esa o'quvchilar o'zlashtirishning turli ko'rinishlaridan foydalanishlari tabiiy hol masalan, ma'lumotlarni qabul qilish, ularni qaytaishlash hamda amaliyotga tatbiq etish kabi jarayonlarda amalga oshadi.
Hozirgi kunda umumta'lim maktablarida zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini takomillashtirish, ta'lim jarayonida zamonaviy texnologiyalar imkoniyatlaridan to'laqonli foydalanish eng muhim ko'rsatkichlaridan biri ekanligi yetukpedagog olimlar tomonidan e'tirof etilganligi xech kimga sir emas. Jumladan, U.Sh.Begimkulovta'lim jarayonida hozirgi zamon talablariga javob bera oladigan kompyuter axborot muhitiniyaratish hamda ta'lim jarayonida multimedia, o'qitishda immitatsiya, zarur axborotlarni kompyuter texnikasi yordamida kiritish, tizimlashtirish, saqlash va foydalanish uchun tavsiya qilinadigan ma'lumotlar bazasini yaratishni taklif etadi.
Hozirda ta'lim metodlarini takomillashtirish sohasidagi asosiy yo'nalishlardan biri interfaol ta'lim va tarbiya usullarini joriy qilishdan iboratdir. Barcha fan o'qituvchilari dars mashg'ulotlari jarayonida interfaol metodlardan brogan sari keng ko'lamda foydalanmoqdalar.
Interfaol - o'qituvchi va o'quvchilar orasida o'zaro hamkorlik tufayli dars samaradorliginioshadi, yangi darsni o'quvchi mustaqil harakat, mulohaza, bahs-munozara orqali o'rganadi,qo'yilgan maqsadga mustaqil o'zi darsda o'quvchi faol ishtirok etgan holda kichik guruhlarda javob topishga harakat qiladi,ya'ni ham fikrlaydi, ham baholaydi, ham yozadi, ham gapiradi, ham tinglaydi, eng keragi o'zi faol ishtirok etadi. Interfaol usullarining negizidagi topshiriq mazmunini anglab yetgan o'quvchilar ta'lim jarayoniga o'zlari bilmagan holda qiziqishbilankirishib ketadilar.
Interfaol metod sinfda o'tiladigan mavzular yuzasidan muammoli vaziyatlarni muhokamaqilishda -Aqliy hujum, -Adashgan zanjirlar, -Savol bering, -Insert, BBB, -Bahs - munozara, - Muammoli savollar, -Kichik guruhlarda ishlash, - Burchaklar metodi-, -Kubiklar metodlariasosida bahs, munozara orqali ularni yechimini topishda yaqindan yordamberadi.
"Aqliy hujum" texnologiyasini qo'llash bir muammoni hal qilish yo'lidan turlicha va iloji boricha ko'proq taklif, fikr - mulohazalarni yig'ishdan iborat. Avvaliga har qanday takliflar qabul qilinadi. Keyin esa, ularning ichidan eng ma'qulini tanlab olinadi. Bu metodni qo'llashda eng nozik tomoni hamma takliflarni -Eslab qolishdir. Shuning uchun ularni yozib boorish kerak bo'ladi. O'qituvchi ularni shartli belgilar va qisqartirishlar bilan doska yoki vatman qog'ozga yozib boradi.
Adabiyot darslarida badiiy asarlar tahlil qilinib, qahramonlarning xatti-harakatlari muhokama etilish jarayonida o‘quvchilar odam va olam sirlarini o‘rganadilar, asar muallifi va adabiy qahramonlar timsolida insonni kashf etadilar, oxir-oqibat navqiron fuqaro o‘zligini anglay boshlaydi. O‘zligini anglagan, mustaqil nuqtai nazariga ega bo‘lgan odam o‘z taqdirini boshqalar hal qilib yuboraverishiga yo‘l qo‘ymaydi. Insonga xos xususiyatlar bevosita ruhiyat bilan bog‘liq bo‘lgani uchun ham bugun ma’naviyat tarbiyasi mamlakat miqyosidagi muhim vazifaga aylandi. Ma’naviyatni tarbiyalash esa maktabda asosan adabiy ta’lim tizimi zimmasiga yuklanadi. To‘g‘ri, barcha o‘quv fanlari zimmasida ma’lum darajada ma’naviyatni shakllantirish vazifasi bor. Biroq, adabiy ta’lim bu borada karvonboshilik qiladi. Chunki uning tadqiqot obyektining o‘zi – inson. Adabiyot darslarida odamning ichki olami, his-tuyg‘ulari, kechinmalari, hayajonlari, iztiroblari o‘rganiladi, tahlil qilinadi, munosabat bildiriladi. Inson umri davomida turli vaziyatlarning paydo bo‘lish sabablari va oqibatlari aniqlanadi, muammolarning yechimi ustida o‘yga tolinadi Xullas, tuyg‘ulari to‘g‘ri tarbiyalangan, ko‘ngil mulki obod bo‘lgan boladan yomonlik chiqmaydi. U ezgulik yo‘lida yonib yashaydigan chinakam barkamol inson bo‘lib yetishadi.
Ma’lumki, umumta’lim maktablarida yigirmadan ortiq o‘quv fani o‘rganiladi. Ularning ko‘pchiligi bevosita o‘quvchi tafakkurini o‘stirish, bilim berish maqsadiga yo‘naltirilgan. Ayrim fanlar esa bolaga kasb-hunar o‘rgatishga xizmat qiladi. O‘quv fanlari orasida faqat adabiyot bevosita bolaning ko‘ngli, uning ruhiyati va ma’naviyatini kamolga yetkazish vositasi hisoblanadi. Adabiyot darslari mutaxassis shakllantirish uchun emas, shaxs ma’naviyatini tarbiyalashga xizmat qiladi. Shu bois adabiy ta’lim jarayonida sof adabiyotshunoslikdan bilim berish emas, balki, inson ko‘nglini tarbiyalash ustuvor bo‘lmog‘i maqsadga muvofiqdir.


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

  1. Skatkina A.A. —Metodika prepodaveniya matematiki v sredney shkole.ll Moskva—Prosvesheniell.

  2. "Inequalites. Theorems, Techniques and Selected problems" (Zdravko Cvetkovski).

  3. Abduqodirov A. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish muammolari //Uzluksiz ta’lim j.

  4. Azizxo’jaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat.

  5. Davletщin M.G Zamonaviy maktab o’qituvchisining psixologiyasi.

  6. Zaripov K. Yangi pedagogik texnologiyani tatbiq etish bosqichlari

Yüklə 27,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin