Z Ergasheva
38- maktab
___-sonli
__ ___ -202
Xalq ta’limi vazirining 2020-yil
30-iyuldagi 180-son buyrug'iga 1-ilova
Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari
faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
Mazkur nizom umumiy o‘rta ta’lim muassasasi ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o'rinbosarining (keyingi o‘rinlarda direktor o‘rinbosari deb yuritiladi) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va majburiyatlarini, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Direktor o'rinbosari o‘z faoliyatini 0‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi qarorlariga, 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, 0‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining buyruqlariga, mazkur nizomga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq amalga oshiradi.
2-bob. Direktor o‘rinbosarining asosiy vazifalari va funksiyalari
3.Quyidagilar direktor o'rinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi: ta’lim muassasasida ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarini tashkil qilish; tarbiyaviy ishlar rejasini ishlab chiqish, ijrosini nazorat qilish;
ta’lim muassasasi o‘quvchilari hamda pedagoglari ishtirokidagi ma’naviy- ma’rifiy xarakterdagi tadbirlarning sifati va samaradorligi monitoringini amalga oshirish;
ta’lim muassasasida turli to‘garaklar va sport seksiyalarining faoliyat yuritishini ta’minlash;
milliy an’analar, tarixiy qadriyatlar va buyuk ajdodlarimizning boy ma’naviy merosi asosida o‘quvchilami vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarini tashkil qilish;
o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini tnazmunli tashkil etish, yozgi ta’til davrida ulaming kunduzgi dam olish oromgohlarida dam olishi biian bog‘liq ishlami amalga oshirish;
ta’lim muassasasidagi tarbiyaviy ishlar sifati va natijalarini tahlil qilish; sinf rahbarlarining sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy faoliyatiga rahbarlik qilish, ta’lim muassasasidagi tarbiyaviy ishlar holati va natijalarini monitoring qilish, ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar (keyingi o‘rinlarda ota-onalar deb yuritiladi) bilan hamkorlik qilish;
o'quvchilarning tartib-intizomi va davomati, tarbiyaviy ishlar samaradorligini nazorat qilish;
o‘quv yili davomida har juma kuni tashkil etiladigan “Sinf soati’’ning o4kazilishi samaradorligini monitoring qilish;
o‘quvchilar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari bo‘yicha huquq-tartibot, fuqarolaming o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
ichki ishlar profilaktik hisobiga, maktab ichki ro‘yxatiga olingan o‘quvchila'r hisobi va hisobotini yuritish, ular bilan profilaktik tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash;
ta'lim muassasasida “xavf guruhi‘’ga kiruvchi (notinch, nosogMom, to'liq bo‘lmagan oila) o‘quvchilarning umumiy ro‘yxatini Shakllantirish, ular bilan individual yondashuv asosida alohida tarbiyaviy ishlar olib borilishini tashkil etish;
san’atkorlar, sportchilar, jamoat arboblari, urush va mehnat faxriylari bilan uchrashuvlar, ijodiy kechalar va boshqa tadbirlar o‘tkazilishini tashkil qilish;
pedagog xodimlar uchun o‘quv yili davomida har oyning uchinchi jumasida ma’naviy-ma’rifiy harakterdagi tadbirlarni tashkil etish;
Dostları ilə paylaş: |