Sinf rahbari o‘quvchilarning yaqin do‘sti - o‘quvchilarni turli xil faoliyatlarga kirishishlariga ko‘maklashadi, o‘quvchilarga bo‘lgan g‘amxo‘rlikning bir qismini o‘ziga oladi (guruhda jamoaviy ijodiy faoliyatni tashkil qilishni shakilantiradi, o‘quvchilarga o‘zini-o‘zi tushunishida, o‘ziga-o‘zi baho berishida, biror-bir faoliyatga o‘z imkoniyati va e'tiborini qaratishiga yordamlashadi (suhbat, trening, o‘yinlar o‘tkazib, o‘quvchilar bilan yakka ishlaydi),
Sinf rahbariningtashkilotchilik qobiliyati. Tashkilotchilik qobiliyat:
Bu shaxs individual xususiyatlarining shunday birikuviki, kishiga u yoki bu ishni tez, ishonchli, o‘ziga ishongan holda tashkil etishga imkon beradi. Tashkilotchining umumiy shaxsiy sifatlariga quyidagilar kiradi:
Chuqur bilimga egalik —talab etilayotgan ishni tashkil etishni bilish;
Faollik — amaliy vazifalarni bajarishda g‘ayrat-shijoat bilan harakat qila olish;
Kuzatuvchanlik — ko‘ra olish mahorati, yo‘l-yo‘lakay diqqatga sazovor joylarini belgilash, xotirada tafsilotlarni saqlay olish;
Mustaqillik — mustaqil hal etish, vazifani o‘zi tomonidan bajarish yo‘llarini topish mahorati, javobgarlikni o‘z ustiga ola bilish;
Hamjihatlik (uyushqoqlik) — o‘zini ishning zarur tartibiga bo‘ysundira olish qobiliyati, o‘z faoliyatini rejalashtirish, izchillik, ixchamlikni namoyon etish.
Tashkilotchilikning o‘ziga xos xususiyatlari:
Tashkilotchilik — boshqa kishini tushunish qobiliyati, buning uchun go‘yo uning ichki dunyosiga kira olish, uning kayfiyati va ruhiy holatini sezgirlik bilan anglay olishi.