- Mard o‘g‘lon” va “Kelajak bunyodkori” davlat mukofotlarini ta'sis etish to‘g‘risidagi qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish bo‘yicha taklif tayyorlasin.
15. Belgilab qo‘yilsinki: O‘zbekiston “Yoshlar ittifoqi”ning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar kengashlari raislari tegishliligi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimlarining yoshlar siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi hisoblanadi va maqomi bo‘yicha ularning birinchi o‘rinbosarlariga tenglashtiriladi; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimlarining yoshlar siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchilarini saqlash xarajatlari O‘zbekiston “Yoshlar ittifoqi”ning tegishli kengashlari hisobidan qoplanadi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari) boshlig‘ining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi (bo‘linmasi) boshlig‘i O‘zbekiston “Yoshlar ittifoqi” Markaziy Kengashi raisi tavsiyasi asosida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi;
O‘zbekiston “Yoshlar ittifoqi” tizimida 3 yil va undan ko‘p muddat davomida faol ishlab kelayotgan xodimlarga uy-joy sotib olish uchun ipoteka kreditining boshlang‘ich to‘lovi O‘zbekiston yoshlar ittifoqining rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lanadi;
O‘zbekiston “Yoshlar ittifoqi”ning faol a'zosi bo‘lgan oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat va magistratura bosqichlari talabalariga o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 86 foiz va undan yuqori bo‘lgan taqdirda ta'lim bo‘yicha to‘lov kontrakti miqdorining 35 foizi O‘zbekiston yoshlar ittifoqining rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lanadi. 16. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Iqtisodiyot va Moliya vazirliklari, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi bilan birgalikda bir oy muddatda mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etayotgan yosh oilalarni yanada qo‘llab-quvvatlash, ularning uy-joy va maishiy sharoitlarini yaxshilash maqsadida 2018-2021 yillarga mo‘ljallangan Yoshlar uylarini barpo etish dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin. Yoshlar uylarini barpo etish dasturida barcha yirik shaharlarda – ko‘p qavatli, qishloq tumanlarida – 1-2 qavatli namunaviy loyihalar asosida arzon uylar yoshlarning uy-joyga bo‘lgan ehtiyojlaridan kelib chiqib qurilishi nazarda tutilsin.
17. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari O‘zbekiston “Yoshlar Ittifoqi”bilan birgalikda bir oy muddatda O‘zbekiston “Yoshlar ittifoqi”ning viloyat, shahar va tuman kengashlari raislarini rag‘batlantirish maqsadida ularga “Matiz” va “Damas” avtomashinalarini xarid qilish uchun 10 yil muddatgacha mo‘ljallangan, boshlang‘ich to‘lovi 15 foizlik imtiyozli kreditlar ajratish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
18. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston “Yoshlar ittifoqi” Markaziy Kengashi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
- tuman markazlari va shaharlarida Yoshlar tadbirkorlik klasterlarini tashkil etishni;
- Foydalanilmayotgan davlat ob'ektlarini, shuningdek, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalaridagi ob'ektlarni O‘zbekiston yoshlar ittifoqining a'zosi bo‘lgan yosh tadbirkorlarga to‘lovsiz ijaraga berish tartibini joriy etishni ta'minlasin.
19. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “O‘zbekneftgaz” MXK va “O‘zbektelekom” AKning “Yoshlar” teleradiokanali” AJning 50 foiz aksiyalarini O‘zbekiston “Yoshlar Ittifoqi”ga berish to‘g‘risidagi taklifi ma'qullansin.
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Adliya vazirligi, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda O‘zbekiston “Yoshlar ittifoqi” bilan birgalikda “Yoshlar” teleradiokanali” AJ faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
20. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlari har oyda kamida bir marta yoshlar bilan ochiq muloqotlarni o‘tkazib borish amaliyotini joriy etsin.
21. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston “Yoshlar ittifoqi”, Moliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
22. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi Q.Q.Quronboev zimmasiga yuklansin.