Maktabga tayyorlashning dolzarb masalalari


International Conference on Developments in Education



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix03.02.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#82675
1   2   3   4
International Conference on Developments in Education 
Hosted from Toronto, Canada 
httpseconferencezone.org 
 
27
th
Oct. 2022 
34 
o‘tashini, oila yoki maktabgacha ta’lim tashkilotdagi ta’lim-tarbiya sharoitlarida maktab 
ta’limiga ozorsiz o‘tkazishni ta’minlash zarurligini hisobga olishlari lozim. 
Maktabgacha yoshdagi bolaning maktab ta’limiga o‘tishi hamisha uning hayoti, axloqi, 
qiziqishi va munosabatlarida anchayin jiddiy o‘zgarishlarni yuzaga chiqaradi. Shuning 
uchun bolani yoki uydayoq maktab ta’limiga tayyorlash, uni uncha qiyin bo‘lmagan 
bilim, tushuncha, ko‘nikma va malakalar bilan tanishtirish kerak bo‘ladi. Yetakchi 
mutaxassislarning fikriga ko‘ra, «Maktabga tayyorgarlik» tushunchasi bolani maktabga 
tayyorlashning quyidagi yo‘nalishlarini o‘z ichiga oladi: 

jismoniy; 

shaxsiy (ruhiy); 

aqliy; 

maxsus tayyorgarlik. Jismoniy tayyorgarlik bolaning sog‘lomligi, harakat 
ko‘nikmalari va sifati, qo‘l mushaklari va ko‘rish-motor muvofiqligi rivojlanganligi 
bilan izohlanadi. Shaxsiy tayyorligi, atrof-muhitga, kattalarga, tengdoshlariga
o‘simliklar dunyosiga, tabiiy hodisalarga munosabati, shaxsiy madaniyatning 
shakllanganligini nazarda tutadi. Aqliy tayyorgarlik bolaning obrazli va mantiqiy 
fikrlashi, bilimga qiziqishi, mustaqilligi, o‘zini-o‘zi nazorat qilishi hamda o‘quv 
faoliyatini kuzatish, eshitish, eslab qolish, solishtirish kabi asosiy turlarini bilishini o‘z 
ichiga oladi. Bolaning maktabda ta’lim olishi samarasi uning ona tilini bilishiga va 
nutqni qanchalik rivojlanganligiga ko‘proq bog‘liq bo‘ladi. Chunki butun o‘quv faoliyati 
shularga, ya’ni nutqiy-mantiqiy rivoji, bolaning kattalarning yordamisiz mustaqil 
fikrlashi, til malakasining rivojlanganligi, hikoya qilish, mulohaza yuritish, o‘z 
tasavvurini izohlay olish, tushunarli qilib bayon etish kabi omillar asosiga quriladi. 
Shuningdek, bolaning maktabda ta’lim olishi uchun amaliy intellekt rivoji, ya’ni uning 
namunani chizish, aytib turiladigan bayoniy topshiriqni bajarishi ham muhim sanaladi. 
Va nihoyat, maxsus tayyorgarlik bolani savodxonlikka o‘rgatish va uning maktabning 1-
sinf o‘quv dasturi materialini yetarli darajada egallash haqidagi tushunchasini 
shakllantirishni nazarda tutadi. Bolalarni maktabda o‘qitishning samaradorligi ko‘p 
jihatdan ularning tayyorgarlik darajalariga bog‘liq bo‘ladi. Maktabda o‘qishga 
tayyorgarlik – maktabgacha ta’lim tashkiloti va oilada maktabgacha ta’lim yoshidagi 
bolaga qo‘yiladigan talablar orqali aniqlanadi. Bu talablarning o‘ziga xos tomoni 
o‘quvchining yangi ijtimoiy-psixologik o‘rni bilan bog‘liq. Bola o‘z oldiga qo‘yiladigan 
vazifalarni bajarishga tayyorlangan bo‘lishi lozim. Maktabga kirish bola hayotidagi 
odatiy turmush tarzi, atrofdagilar bilan munosabat tizimining o‘zgarishiga aloqador 
muhim davrdir. Bola hayotida birinchi bor markaziy o‘rinni ijtimoiy ahamiyatga ega 
bo‘lgan o‘quv faoliyati egallaydi. Unga odatiy bo‘lgan erkin o‘yin faoliyatidan farqli 
ularok, endi ta’lim majburiy bo‘ladi va birinchi sinf o‘quvchisidan 4 ta jiddiy munosabat 
talab qilinadi Ta’lim faoliyatining yetakchi turi sifatida bolaning kundalik hayot 
jarayonini qayta quradi. Kun tartibi o‘zgaradi, erkin o‘yinlar vaqti kiskaradi. Bolaning 
mustaqilligi va uyushganligi, uning ishchanligi va intizomlilikka talablar jiddiy ravishda 
ortadi. Maktabgacha yoshdagi bolalikka nisbatan o‘quvchining o‘z xatti-harakati, 



Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin