International Conference on Developments in Education
Hosted from Toronto, Canada
https:
econferencezone.org
27
th
Oct. 2022
33
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI TARBIYALANUVCHILARNI
MAKTABGA TAYYORLASHNING DOLZARB MASALALARI
Majidova Lobarxon Tursunovna
Qashqadaryo viloyati Muborak tumani 7-DMTT direktori
Annotatsiya
Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarini
maktabga
tayyorlashdagi mavjud muammolar ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilib berildi. Bola
shaxsi bamisoli ko‘zaga o‘xshaydi. Ko‘zani yasayotgan kulol agar noto‘g‘ri yondoshuv
asosida ko‘zani yasasa undan foydalanish uzoqqa bormaydi. Bola shaxsini tarbiyalashda
agar noto‘g‘ri yondoshilsa xuddi o‘sha ko‘za singari foyda o‘rniga zarari ko‘proq
bo‘lishi mumkin.
Kalit so‘zlar: maktabgacha ta’lim yoshi, maktab, maktabgacha ta’lim tashkilot, oila,
«Ilk Qadam» davlat o‘quv dasturi, Davlat ta’lim standarti.
IMPORTANT ISSUES OF PRESCHOOL EDUCATION ORGANIZATION OF
EDUCATORS FOR SCHOOL
Abstract
In this article, the existing problems in preparing preschool
children for school were
analyzed from a scientific and theoretical point of view. The child's personality is similar
to that of a pitcher. If the potter who makes the jug makes the jug based on the wrong
approach, it will not be used very far. If the child's personality is raised in the wrong
way, it can cause more harm than good, just like that pitcher.
Key words:
preschool age, school, preschool education organization, family, "Ilk
Kadam"
state curriculum, State educational standard.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bolalarni boshlang‘ich ta’limga
majburiy bir yillik tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi
qaroriga muvofiq bola maktabgacha ta’limni doimiy faoliyat ko‘rsatadigan
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida, shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlariga jalb
qilinmagan
bolalar uchun maktablarda, musiqa va san’at maktablarida,
kollej
binolarlarida, barkamol avlod markazlarida, mahallalarda tashkil etilgan qisqa muddatli
guruhlar oladi. Bu yerda ular kun davomida 3 soatgacha shug‘ullanishadi. Ota-onalarga
maktabgacha ta’lim shaklini tanlash huquqi berilgan. 6-7 yoshli bolaning maktab
ta’limiga tayyorligini aniqlashda maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasi
bilan
shug‘ullanuvchilar asosiy shart hisoblanmish – bolaning maktabga tayyorligi
maktabgacha va maktab davridagi hayot tarzi hamda faoliyati uchun ko‘prik vazifasini