International Conference on Developments in Education, Sciences and Humanities
Hosted from Livorno, Italy
https: econferencezone.org 15
th
June 2022
38
MAKTABGA TAYYORLOV GURUHLARI UCHUN SAVODXONLIKKA
O’RGATISH MASHG’ULOTLARIDA ,,A’’ HARF-TOVUSHINI O’RGATISH
METODIKASI
PhD. Rahmatova Fotima G’aniyevna
Samarqand davlat universiteti O’zbekiston -Fillandiya pedagogika instituti maktagacha
ta’lim fakulteti maktabgacha ta’lim pedagogikasi va psixologiyasi kafedrasi mudiri , ,,Ilm
sari ilk qadam’’ talabalar Ilmiy jamiyati raisi
Isomova Farog’at Tojiddin qizi
Samarqand davlat universiteti O’zbekiston -Fillandiya pedagogika instituti
1- bosqich magistranti , ,,Ilm sari ilk qadam’’ talabalar Ilmiy jamiyati a’zosi
Qozoqova Kumush Murod qizi
Samarqand davlat universiteti O’zbekiston -Fillandiya pedagogika instituti
1- bosqich talabasi , ,,Ilm sari ilk qadam’’ talabalar Ilmiy jamiyati a’zosi
Anotatsiya:
Maqolada MTTlari tarbiyalanuvchilarini maktab ta’limiga tayyorlashda savodxonlik
mashg’ulotlari va ushbu mashg’ulotlarning bolalar rivojlanishidagi ahamiyati yoritib berilgan.
Kalit so’zlar : tovush,harf, nutq, bilim, ko’nikma, malaka, obrazli bayon qilish ,maktab
ta’limiga tayyorlash, faoliyat ishlanma
Hozirgi rivojlanib borayotgan mamlakatimizda ta’lim sohasi islohotlar obyektiga aylanib
ulgurdi.O’zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu ta’lim va tarbiya
borasida quyidagicha fikr bildirdi: “Yosh avlodni tarbiyalash, kelajak hayotga tayyorlash o’z
istiqboli, taraqqiyoti, ertangi kuni xususida qayg’uradigan har qanday mamlakat uchun eng
ustuvor vazifalardan biri sanaladi”. Yosh avlodni tarbiyalash va sifatli ta’lim berish aynan
uzluksiz ta’lim tizimining maktabgacha ta’lim bosqichidan boshlanadi.Maktabgacha ta’lim
tizimini rivojlantirish borasida ko’plab qonun va qarorlar qabul qilinib ,ularning ijrosi amalga
oshirilmoqda. ,,Maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi’’ ning
ham asosiy maqsadi maktabgacha yoshdagi bolalarning Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi
qamrovini 2030-yilga borib 80,8 foizga yektazish ,bolalarni har tomonlama barkamol ,yetuk
shaxs bo’lib yetishishlarini taminlashdan iborat.
Maktabgacha ta’lim va tarbiya jarayonlarini samarali tashkil etish va boshqarish maqsadida
maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan o’quv dasturlari ham ishlab chiqilgan.Ulardan biri
,,Ilm yo’li’’ variativ dasturi bo’lib , asosan maktabga tayyorlov (6 -7 yoshli bolalarning
maktabga majburiy bir yillik tayyorlov) guruhlarida qo’llaniladi.Bu dastur bolalarni har
tomonlama maktab ta’limiga tayyorlashni o’z oldiga vazifa qilib olgan.Sohalar bo’yicha
Dostları ilə paylaş: |