International Conference on Developments in Education, Sciences and Humanities Hosted from Livorno, Italy https: econferencezone.org 15 th June 2022 40
cho’plaridan katta “A a” harfini yasaydilar. Ish yakunida tarbiyachi bolalarga “A a” harfi
haqida quyidagi quvnoq she’rni aytib berishi mumkin.
Alifboning boshi-“A a”
Uni hamma biladi,
Mashhurlikda kerilib,
Oyoqni keng qoyadi.
Mana ikkita ustuncha:
O’rtasida belbog’cha
Bu harfni bilding-a?
Ro’parangda turar “A a”
“A a” harfi kitobga joylab qo’yiladi. (kitob maketiga “A a” kesma harfi yopishtiriladi.)
Quvnoq daqiqa
Bolalar she’r so’zlariga mos harakatlarni bajaradilar.
Ayiq polvon o’rmonda
Yemish izlab yuradi.
Uxlaganda tushida
Har kun asal ko’radi.
,,Kuyla’’ metodi:Tarbiyachi monitorda asal arining tasviri tushurilgan suratni namoyish etadi
va suratga qarab bolalarga quyidagi qo’shiqnibirgalikda obrazli ijro etishadi.
Bol arining hech bekori bo’lmaydi, bo’lmaydi
Bol arining hech bekori bo’lmaydi, bo’lmaydi
Ishlashadi bol arining bolalari, xolalari
Harakatda bo’lishadi bol arining bolalari
Bol arilar vazifasin bajarishar bora ishlar
Bol arining hech bekori bo’lmaydi, bo’lmaydi
Bol arining hech bekori bo’lmaydi, bo’lmaydi
Vizzz.... Vizzz....
Tarbiyachi harflarning uch xususiyati va tovushlarning ikki xususiyati haqida ma’lumot
beradi.
Tarbiyachiga eslatma: harflar o’qiladi, yoziladi va ularni ko’rish mumkin. Tovushlar eshitiladi
va talaffuz qilinadi. Harflar bosh va kichik shaklda bo’ladi.
Amaliy mashq
Tarbiyachi bir nechta so’zni bo’g’inlarga bo’lib(a-na, o-na, olma, non, kapalak, uy, ari) aytadi.
Bolalar aytilgan so’zlar bo’g’inlarida “A a” unli ishtirok etgan bo’lsa, “A a” harfli kartochkani
baland ko’taradilar.
Ish daftari bilan ishlash
Tarbiyachi ish daftarida berilgan topshiriqlarni tushuntiradi, bolalar vazifalarni mustaqil
bajaradilar.