Bolalarning qiziqishlari bo'yicha erkin mustaqil faoliyat uchun joy ajratiladi;
Stullar bilan ajratilgan syujetli o'yinlar, sinov va tajriba, stol ustida o'ynaladigan o'yinlar va didaktik mashg'ulot, qo'l mehnati va tasviriy faoliyat uchun joy;
413
Kitob burchagi (rasmli albomlar, jurnallar);
O'zbekiston xaritasi, globusi, rasmlar stendi;
Harakatlanadigan ikki tomonlama doska (bolalar bo'yi baravar o'rnatilishi lozim],
Yaratiladigan bu muhit bolada mustaqil tanlay olish ko'nikmalarining shakllanishini ta'minlaydi. Har bir guruh xonalari bir necha markazga bo'linib, o'yin va o'rganish, sinov va tajriba, tengdoshlari va kattalar bilan o'zaro aloqalari uchun yetarli darajada material mavjud bo'ladi. Turli guruhlarda markazlar to'plami bolalarning yoshi, qiziqishlari, ehtiyojlariga ko'ra o'zgacha bo'lishi, vaqt o'tishi bilan boshqasiga aylantirilishi mumkin. Maktabga tayyorlov guruhlarida kamida 5 ta turli faoliyat markazlarini tashkil etish tavsiya etiladi. Shuningdek, muzey, istirohat bog'i, tarixiy joylarga sayohat uyushtirilishi kerak. Shuni unutmaslik kerakki, maktabgacha ta’lim muassasasi hududini ham talab darajasida jihozlash ham rivojlantiruvchi muhit sifatida ijobiy ta'sirni yanada oshiradi.