biriktirilgan sog'liqni saqlash organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan ta’minlanadi, ular Maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlari bilan birgalikda bolalarning hayoti, sog'lig’i va jismoniy rivojlanishi, davolash-profilaktika tadbirlari o'tkazilishi, sanitariya-gigiyena me’yorlariga, ovqatlanish kun tartibi va sifatiga rioya qilinishi uchun javob beradilar. Tibbiyot xodimlari faoliyatini nazorat qilish mahalliy sog'liqni saqlash organlariga yuklanadi. Maktabgacha ta’lim muassasasi tibbiyot xodimiga xona beradi va uning ishlashi uchun tegishli lozim-sharoitlar yaratadi. Maktabgacha ta’lim muassasasining shtatdagi xodimlari sog'liqni saqlash organlarida bepul tibbiy ko'rikdan o'tadilar, buning uchun sarflanadigan xarajatlar davlat tomonidan ajratilgan mablag'lar doirasida belgilanadi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning hayoti va sog'lig'ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan Sog'liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda belgilanadi. Maktabgacha ta'lim muassasasi ustavida qayd etilgan o'z maqsadlari va vazifalarini bajarish uchun ota-onalar yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar bilan tuzilgan Iozimnomalar asosida oilaning ehtiyojlarini hisobga olgan holda asosiy ta'lim dasturlaridan tashqari qo'shimcha pulli ta'lim xizmatlari ko'rsatishga haqlidirlar. Pulli ta'lim xizmatlari muassis tomonidan moliyalashtiriladigan asosiy ta'lim faoliyatini uning doirasida ko'rsatilishi mumkin emas. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida ta'lim-tarbiya jarayoni qatnashchilari Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida bolalar, ota-onalar, pedagog xodimlar va vasiylik kengashi a'zolari ta'lim-tarbiya jarayonining qatnashchilari hisoblanadi. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasida vasiylik kengashlari tashkil etiladi, ularni saylash tartibi va ularning