muassasalari bolalarni maktabgacha ta’lim bo'limlarining yo'llanmalari bo'yicha lozimnoma asosida qabul qilishi mumkin. Maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalarni qabul qilish tartibi muassis tomonidan belgilanadi. Quyidagi bolalar:
I va II guruh nogironlari;
ko'p bolali oilalarning bolalari;
harbiy xizmatchilarning bolalari;
talabalar va pedagoglarning bolalari Maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilishda imtiyozlardan foydalanadilar.
Maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalarni qabul qilish tartibi muassasa tomonidan belgilanadi
Maktabgacha ta'lim muassasasiga bolalarni qabul qilishda imtiyozlardan foydalanadilar
Qabul komissiyasi shuningdek, ota-onalari maktabgacha ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasini mustahkam- lashda yordam bergan bolalarni istesno tariqasida navbatdan tashqari qabul qilishi mumkin. Bunday bolalar kontingenti maktabgacha ta’lim muassasasi rejadagi quvvati umumiy sonining 20 foizdan ortiq bo'lmasligi kerak. Maktabgacha ta’lim muassasasida guruhlar soni muassa- saning quvvatidan va guruhlarning rejali to'ldirilishidan kelib chiqib muassis tomonidan belgilanadi.