MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASASIDA TA’LIM- TARBIYA ISHLARIGA RAHBARLIK QILISH O'yin faoliyatini kuzatish va tahlil qilish juda murakkab ish. Bu o'yinning maktabgacha yoshdagi bola shaxsini rivojlantirishdagi alohida ahamiyati, maktabgacha ta’lim muassasasida olib boriladigan ta'lim-tarbiya jarayonida olib boriladigan o'rni, o'yin turlarining xilma-xilligi va ularni rivojlantirish xususiyatlari bilan bog'liqligi tufaylidir. Bu xususiyatlarni yaxshi bilish o'yin faoliyatini chuqur tahlil qilishni va mudira tomonidan tarbiyachilarga o'z vaqtida yordam ko'rsatishni ta'minlaydi. Bolalarning o'yinlari xilma-xilligi bilan farqlanadi. U maktabgacha bo'lgan butun bolalik davrida mazmuni, uyushtirilishi, o'yinda bolaning faolligini namoyon qilish xarakteriga ko'ra, ularning bolalarga ko'rsatadigan ta’siri va nihoyat kelib chikishiga ko'ra katta o'zgarishlarni boshidan kechiradi. Mudira ishni o'yin turlarini tanlashga qaratadi. Mashg'ulotdagi didiktik o'yinlar syujetli-rolli, qoidali, harakat musiqaviy didaktik o'yinlari, stol ustida o'ynaladigan
559
o'yinlar, tinch o'yinlar va ijodiy o'yinlar tarbiyachi tomonidan rejalashtirishning maqsadliligiga, ularga rahbarlik darajasini nazorat qilib borib, tajriba asosida tarbiyachiga metodik-amaliy maslahatlar beradi. Turli yosh guruhlardagi o'yin tizimini "Ilk qadam" dastur asosida ishlab chiqadi va o'yin jarayonini kuzatish jadvalini tuzadi. O'yin faoliyatining paydo bo'lishi va rivojlanishi uchun sharoitlarning ta'minlanganligi (o'yin uchun berilgan vaqtning yetarliligi, o'yin faoliyatini kengaytirish uchun joyning, zarur o'yinchoq va qo'llanmalarning mavjudligi va kabinetda ularni to'g'ri joylashtirilishi, bolalarni taassurotlar bilan boyitish va yaxshi kayfiyatlari); O'yin faoliyatiga rahbarlik metodikasi - bolalarning emotsional ijobiy holatlarini qo'llab-quvvatlash va yax- shilashga yo'llangan metod va usullar, o'ynovchilarning faolligini ta'minlash, faoliyatning bir turidan ikkinchisiga o'z vaqtida o'tish, bunga qanday metod va usullar bilan erishiladi? O'yin faoliyatini uzaytirish va murakkablashtirish, bolaning ilk yoshida o'yindan uning nutqini tushunishni rivojlantirish va faolligini tarkib toptirish maqsadlarida foydalanish, ijobiy o'zaro munosabatlar va boshqa axloqiy sifatlarni tarbiyalash. Mudira o'z oldiga quyidagi vazifalarni qo'yadi. O'yinni faoliyat tarzida rivojlantirish; O'yindan bolalarga ta'lim-tarbiya berishda foydalanish.
560
Guruhda to'laqonli o'yinlarning rivojlanishi uchun sharoitlar yaratilishiga:
tarbiyachining o'yin qobiliyatlariga rahbarlik qilishi;
o'yin muhitini yaratish;
v) kundalik kun tartibida o'yin uchun vaqtning yetarliligiga alohida e'tibor berib bordi. Tajriba shuni ko'rsatdiki, bolalarning o'yin jarayonidagi xatti-harakatlari, ularning katta yoshlilarga taqlid qilish istagidan dalolat beradi. Bolaning o'yini odamlarning xatti- harakatlari, xulq-atvori, o'zaro munosabatlarini o'yin roli vositasida ijodiy aks ettirishdan iborat bo'ldi. g) ota-onalar jamoatchiligi bilan ish uslublari. Mudiraning jamoatchilik va mahalla qo'mitasi bilan ish metodlari quyidagi tarzda amalga oshiriladi: Ota-onalar va jamoatchilik uchun anjumanlar.
Ota-onalar universitetlari. Bunda oila markazidan vakil, yetuk olimlar, maktabgacha ta’lim bo'limi xodimlari va barcha ota-onalar ishtirok etadilar. Ota-onalar universitetning asosiy maqsadi Davlat va jamiyatimiz tomonidan oila va bolalar tarbiyasiga masalalari va kamchiliklarini, muammolarini hal etishdan iborat.
Mudira hududiga tegishli maktab bilan aloqa o'rnatib bir yilga mo'ljallangan reja asosida ish ko'radi. Ushbu reja asosida muassasaning asosiy vazifalari, maktab tomonidan amalga oshiriladigan tadbiriy choralar, bolani maktab ta’limiga tayyorlash, lotin alifbosida o'qish, yozishni mukammal o'rganish va bunda mudira hamda maktab direktorining vazifalari belgilanadi. ma'muriy xo'jalik faoliyat - bunda reja kontingenti bo'yicha bolalarni joylashtirish, maktabgacha ta'lim muassasasi dasturi- ning maktabgacha ta’lim tizimida belgilangan xarajatlarni o'z vaqtida joy-joyiga qo'yib ishlatishni tashkil etish, bolalarni ovqatlantirishni to'g'ri tashkil etish, yozgi sog'lomlashtirish mezonlarini tashkil etish, xizmat qiluvchi xodimlarni to'g'ri
561
joylashtirish va ishlash malakalarini oshirish, mehnatni ratsional ravishda tashkil etishdan iborat. b) dastur talablarining bajarilishiga mudiraning rahbariigi va nazorati. O'quv-tarbiya jarayonini takomillashtirish, maktabgacha ta’limning innovatsiya shakllarini rivojlantirish maqsadida maktabgacha ta’lim muassasasida Pedagoglar kengashi faoliyat ko'rsatadi. Pedagoglar kengashi a’zolarini saylash tartibi va uning vakolatiga kiradigan masalalar maktabgacha ta’lim muassasasi ustavida belgilanadi. Maktabgacha ta'lim muassasasiga bevosita rahbarlik qilish mudira tomonidan amalga oshiriladi. Maktabgacha ta'lim muassasasi mudirini ishga qabul qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri bilan mehnat lozimnomasi bir yil muddatga tuziladi.
Maktabgacha ta'lim muassasasi mudiri lavozimiga O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan belgilanadi.
MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASASI MUDIRI FAOLIYATI:
Maktabgacha ta'lim muassasasi nomidan ishonchnomasiz faoliyat ko'rsatadi, barcha muassasa va tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi;
maktabgacha ta’lim muassasasi mol-mulkini o'ziga berilgan vakolatlar doirasida tasarruf etadi;
ishonchnomalar beradi;
bank muassasalarida hisob raqamlari ochadi;
maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlarini ishga qabul qilish va joy-joyiga qo'yishni amalga oshiradi, rag'batlantiradi, intizomiy jazo choralarini ko'radi va ular bilan tuzilgan mehnat lozimnomalarini to'xtatadi;
562
o'z vakolati doirasida buyruqlar (farmoyishlar) chiqaradi;
maktabgacha ta’lim muassasasining ishini takomillashtirish, moddiy bazasini mustahkamlash, xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilishni ta'minlash bo'yicha takliflarni ko'rib chiqish uchun maktabgacha ta’limni boshqarish yuqori organiga kiritadi;
bolalar hayoti va sog'Iig'ini muhofaza qilishning samarali tashkil etilishi, o'quv-tarbiya jarayoni, moliya-xo'jalik faoliyati ahvoli, moddiy-texnik bazasining mustahkamlanishi va moddiy boyliklarning saqlanishi uchun javob beradi.
Maktabgacha ta'lim muassasasi ma’muriyati jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda o'z-o'zini boshqaruv asosida bolalarni . tarbiyalashda yuksak natijalarga erishishga qodir bo'lgan turg'un mehnat jamoasini shakllantiradi; kadrlarni muntazam takomillashtirib borish, pedagogik va xizmat ko'rsatish, mehnat samaradorligini oshirish ruhida tarbiyalaydi, o'z jamoasi, tanlagan kasbi uchun faxrlanish hissini shakllantiradi. Maktabgacha ta’lim muassasasi rahbarlari kadrlarning kasb mahoratini, umumiy ta’lim mahoratini, umumiy ta'lim va madaniy darajasini muntazam o'stirib borishga g'amxo'rlik qiladi; xodimlar malakasini hisobga olgan holda va maktabgacha ta’lim muassasasi manfaatlaridan kelib chiqib, ularni ratsional va o'z vaqtida joydan-joyga ko'chirib turilishini ta'minlaydi. Bu maqsadlar uchun ma’muriyat ruhiy- pedagogik o'quvchining huquqiy va iqtisodiy o'quv bilan organik uyg'unlanishini ta’minlaydi; xodimlar malakasini bevosita maktabgacha ta'lim muassasasida oshirish uchun lozim-sharoit yaratadi, murabbiylik harakatini rivojlantiradi; mamlakatda va chet ellarda pedagogik va boshqa aralash fanlardan erishgan yutuqlar haqida axborot beradi. Ma’muriyat jamoat tashkilotlari bilan birgalikda maktabgacha ta'lim muassasalari xodimlarini attestatsiyadan o'tkazish uchun optimal lozim-sharoitlarni ta'minlaydi, ularga o'z vaqtida zarur metodik yordam ko'rsatadi.