Maktabgacha pedag


Maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy rivojlanishi



Yüklə 1,49 Mb.
səhifə41/213
tarix24.12.2023
ölçüsü1,49 Mb.
#192798
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   213
Maktabgacha pedag

Maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy rivojlanishi


Maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy rivojlanishi dast- lab muomalada bo'lish, narsalar bilan bajariladigan faoli­yat natijasida keyin esa o'quv mehnat, samarali faoliyatlar ja­rayonida (rasm chizish, loy) amalga oshirib boriladi. Hozirgi zamon pedagogika fani bilimlar sistemasini o'zlashtirib olish, ularni jamg'arish, ijodiy tafakkurni rivojlantirish hamda yan­gi bilimlar hosil qilish uchun zarur bo'lgan bilish faoliyati usul- larini egallab olish aqliy rivojlanishning asosiy ko'rsatkichlari hisoblanadi.
Aqliy tarbiyaning vazifasi uning mazmuni, metodi va tashkil etilishiga qarab belgilanadi.
Pedagogika-psixologiya fani aqliy tarbiya berish vazifalari- ni samarali hal etishda birinchidan bolaning imkoniyatlaridan to'g'ri foydalanish, ikkinchidan bola organizmining umumiy charchashiga sabab bo'lishi mumkin bo'lgan ortiqcha zo'riqish bo'lmasligi yo'llarini topish uchun Maktabgacha ta’lim yoshda­gi bolalarning aqliy rivojlanishi qonunlari va imkoniyatlarini o'rganish bilan shug'ullanadi.
Keyingi yillarda olib borilgan psixologik-pedagogik tadqi- qotlarning natijalari Maktabgacha ta'lim yoshi davrida bolalar­ning aqliy rivojlanishida juda katta imkoniyatlar mavjudligini ko'rsatadi. Bularning hammasi Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarga beriladigan bilim, malaka va ko'nikmalarini yanada chuqurlashtirish, hajmini kengaytirish maqsadga muvofiq.
Maktabgacha ta'lim yoshining oxiriga kelib bolalar tevarak atrof to'g'risida kattagina hajmdagi eng oddiy bilim va tushun- chalarga ega bo'lib qoladilar, asosiy fikrlash jarayonini egal­lab oladilar, narsa va buyumlardagi voqealardagi muhim va muhim bo'lmagan tomonlarini ajrata oladigan ba’zi bir sabab natijali bog'lanishlarni bilib oladigan bo'lib qoladilar. Ularda o'quv faoliyatining dastlabki ko'rsatkichlari shakllanadi. Shu­ning uchun bog'cha yoshidan boshlab rivojlantirib borish katta ahamiyatga ega.


158




Maktabgacha ta'lim yoshining dastlabki bosqichlarida bo­lalarda tasavvur ta’limi boiadi. Hayotiy tajribaning ortib bo- rishi va tafakkurning rivojlanishi bilan ijodiy xayol tarkib to- padi. Kichik Maktabgacha taiim yoshidagi bolalar uchun ko'rgazmali-harakatli, ko'rgazmali obrazli tafakkur xosdir. Buning asosida so'z, mantiqiy tafakkur, tushunchali tafakkur rivojlantiriladi. Tarbiyachi bolalarda analitik-sintetik tafakkur faoliyati tarkib toptiriladi bu hodisalarni, voqealarni, chuqur anglab olish, ularni muhim boigan va muhim boimagan to- monlarini ajratishga o'rgatish lozim.

Qiziquvchanlik bolaga xos xususiyatdir. U bolani tevarak- atrofdagi voqea-hodisalarga, narsa va buyumlarga qiziqish bilan qarashga, hamma narsani ushlab his qilib, diqqat bilan tomosha qilishni kuzatishda namoyon boiadi. Tarbiyachi ku- zatishlar tashkil etib, bolalarda paydo boigan savollarga o'z vaqtida javob berishga harakat qiladi, ularni fikrini mustaqil javob qidirishga yoilab, Maktabgacha taiim yoshidagi bolalar­da qiziquvchanlikning susayishiga yoi qo'ymaydi.
Aqliy tarbiyaning vazifasi bolalar qiziquvchanligini ular aqlining sinchkovligini rivojlantirish va shular asosida bilishga qiziqish hosil qilishdan iborat.
Bolalar bog'chasi oldida bolalarning aqliy qobiliyatini rivoj­lantirish vazifasi turibdi. Qobiliyatlar tegishli faoliyat jarayoni­da namoyon bo'ladi va rivojlanadi. Insonning aqliy qobiliyati aqlining ziyraklik - fahm-farosatlilik, tanqidiy ko'z bilan qa­rash, sermulohazalik kabi sifatlari bilan ajralib turishi mum­kin. Aqliy ko'nikma va malakalarni rivojlantirish, ya’ni eng od­diy faoliyat usullari, predmetlarni tekshirish, ulardagi muhim va muhim boimagan belgilarni ajratib ko'rsatish boshqa pred- metlar bilan taqqoslash va hokazolarni tarkib toptirish Mak­tabgacha taiim yoshidagi bolalarga aqliy tarbiya berish vazi- falaridan biridir. Bu ko'nikma va malakalar bilish faoliyatining tarkibiy qismlari bo'lib, bolaning bilimlarini muvaffaqiyat- Ii egallab olishga yordam beradi. Masalan: o'simliklar va hay- vonlar bilan tanishtirish bo'yicha sistemali mashg'ulotlar olib


159




borilgandan keyin bolalar ayrim konkret o'simliklar yoki hay- vonlar to'g'risida ma'lum bir tasavvurga ega bo'ladilar.

So'ngra bolalardagi aqliy-ko'nikma va malakalarni rivoj- lantirish maqsadida tarbiyachi bolalar bilan quyidagi mashg'ulotlarni o'tkazishni rejalashtirishi mumkin: «Paxta o'simligini, momaqaymoq o'simligi bilan solishtirish», «Qafas- dagi ikki xil qushni bir-biriga solishtirish» didaktik o'yini va shunga o'xshash tadbirlar o'tkazish. Eng muhimi shundaki, bo­lalarga bilim beribgina qolmasdan, ularni olgan bilimlaridan aqliy va amaliy vazifalarni hal etishda foydalanishga o'rgatish zarur.
Ilk va bog'cha yoshi davrida bolalarda tevarak-atrofga bo'lgan qiziqish juda tez o'sadi. Qiziqish bolaning aqliy rivoj- lanishini harakatga keltiruvchi qudratli kuchdir. Kattalar bo­laning qiziquvchanligini, bilishga bo'lgan har qanday xohishini sezishlari va rag'batlantirib borishlari kerak.

Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin