9 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. - Т.: Ma’naviyat, 2008.
188
\
4
\ -1
Bolalarda axloqiy his-щ
Xulq madaniyati va ijobiy
Щ
tuyg’ular, tasawurlar va Ш
munosabatlarni
xatti-harakatlami
tarbiyalash.
'
tarbiyalash. Ц
Л -
/ ■ ■ \-
X
Axloqiy bilim berish bir qancha tarbiyaviy vazifalarni ba- jaradi, inson hayoti va madaniyatining axloqiy qadriyatlari to'g'risida keng tasavvur, tushunchalar beradi. Axloqiy tasav- vurlar, qarash, mulohaza, baho berish kabi tushunchalarni shakllantirishga va shu asosda axloqiy e’tiqodni yuksaltirish- ga ta'sir ko'rsatadi, ya'ni:
189
Bolalarni o'zlarining axloqiy tajribalarini mushohada qilish- lari va boyitishlariga yordam beradi; Shaxsni o'zini axloqiy tarbiyalashga zamin yaratadi. Axloqiy bilim, asosan axloqiy suhbatlar, ma’ruzalar, kecha- lar, turli kasb egalari bilan uchrashuvlar va boshqa vositalar bilan amalga oshiriladi. Maktabgacha ta'lim muassasalarida axloqiy tarbiya berish har xil vositalar yordamida amalga oshiriladi. Birinchi galda bolalarni har xil faoliyatlar vositasida kattalar mehnati bilan tanishtirish, mashg'ulotlarda va mashg'ulotlardan tashqari vaqtlarda ta’lim berish orqali amalga oshiriladi. Har xil bayramlar, ijtimoiy hayot voqealari, bolalar adabi- yoti, musiqa, o'yin materiallari, ommaviy axborot vositalari - oynayi jahon, radio va boshqalar bolalarning axloqiy tarbiya- siga katta ta'sir ko'rsatadi. Kichik yoshli bolalar axloqiy tasavvur va bilimlarni faqat o'yin mashg'ulotlarida yaxshi o'zlashtirib oladilar. Bolalar tomonidan o'zlashtirib olingan axloqiy tasavvurlarni ular ongli ravishda tushunib yetishlari dastlab mashg'ulotlarda, ke- yinchalik o'yin, mehnat jarayonlarida, sayrda, mustaqil faoliyatlar orqali amalga oshiriladi. Axloqiy tarbiyaning asosiy prinsiplari (tamoyillari) va metodlari Axloqiy tarbiyaning asosiy tamoyillari quyidagilarni o'z ichiga oladi:
g'oyaviy va tarbiya ishining ma’lum maqsadga qaratilgan- ligi;
ta’lim-tarbiya ishiga bola shaxsini hurmat qilgan holda yondashish;
axloqiy tarbiya ishini hayot va zamon bilan birga olib bo- rish;
bolalarning faolligi;
oila va MTMlarining tarbiyaviy ta’sirining birligi;
190
bola shaxsidagi ijobiy sifatlarga suyanish;
bola shaxsini har tomonlama rivojlanishini ko'zda tutish. Axloqiy tarbiya prinsiplarini pedagogik shart-sharoit bilan
qo'shib amaga oshirish bolaning axloqiy rivojlanishiga samarali ta'sir etadi. Axloqiy tarbiya metodlari.Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarga axloqiy tarbiya berishda har xil metod va usullarni qo'llash muhim ahamiyatga egadir. Axloqiy tarbiya metodlari
bolalarning axloqiy tasavvur va bilimlarni egallab olishga qaratilgan faoliyat usulidir.
Yuqorida keltirilgan hamma metodlar orqali bolalarga axloqiy norma va qoidalar, ijtimoiy hayot voqealar! o'rgatiladi. Ularda axloqiy tasavvur va tushunchalar shakllantiriladi. Bu guruh metodlariga qo'yiladigan asosiy talablar: Bolalarning yaxshilik, yomonlik to'g'risidagi tasavvurlarini e'tiborga olish; axloqiy xulq-atvor normalarini muhokama qilish uchun maxsus yaratilgan vaziyatda bolalarning o'zlarini
191
faol qatnashtirish; har bir bolaning his-tuyg‘usiga ehtiyotlik bilan munosabatda boiish. Bolani noo'rin tanqid qilish, uning ustidan kulish, unga nis- batan e’tiborsizlik qilish qat’iyan man qilinadi. Hamma metod- lardan izchillik bilan kompleks ravishda foydalaniladi. Jamoa - shaxs axloqiy kamolotining asosi jamoa so'zi lotincha «kollektivus» so'zining tarjimasi bo'lib, omma, birlashma, yig'ilma, guruh ma’nolarini anglatadi. Aniq- roq aytiladigan bo'lsa, jamoa bu kishilardan iborat guruh de- makdir. Shaxsni shakllantirishda jamoaning yetakchi ahami- yati to'g'risidagi fikrlar pedagogika fanining ilk rivojlanish davridanoq bildirilgan. Kishilarning jamiyatda birga yashashi, o'zaro bir-birini qo'llab-quvvatlashi, ozchilikdan-ko'pchilikning afzalligi haqida Payg'ambarimiz s.a.v.ning hadislarida: «Ikki kishi bir kishi- dan yaxshi, uch kishi ikki kishidan yaxshi, to'rt kishi uch kishi- dan yaxshi, ko'pchilik bilan birga boiinglar. Tangri ummat- larini faqat to'g'ri yoida borishlikka birlashtiradi», deyilgan. Kishilarning boshiga yaxshi kun ham, yomon kun ham tush- ganda, albatta, mahalla, qarindosh-urug' madadkor boiadi. Buni biz urf-odatlarimizda ko'rishimiz mumkin. M: hasharlar, to'yga to'yona bilan kelish va hokazo. Shaxsni shakllantirishning muhim omillari boigan jamoa to'g'risidagi ta’limot axloq tarbiyasida muhim o'rinni egallay- di. Buning uchun bolalarni asta-sekin, avval bir necha kichik- kichik guruhlarda uyushtirib, so'ng birgalikda biron ishni ba- jarishga tortish kerak. Bunda qo'yilgan maqsad bolalarga tu- shunarli bo'lishi kerak. Umumiy ish har bola ozgina bo'lsa ham ishtirok etadigan qilib tashkil etilishi lozim. Bunday xususiyatlarni tarbiyalashda san’at, bolalar bayramlari, birgalikdagi mehnat va faoliyatlarning tutgan o'rni kattadir. Bolalar o'yinlari va mehnatining jamoa tusida bo'lishi alohida ahamiyatga ega. Bular bolalarni birga harakat qilishga,
192
o'z intilishlarini umumiy maqsadga yo'naltirishga, o‘z ishini va maqsadini boshqarish ishi va harakatiga bo'ysungan holda boshqarishga o'rgatadi. Bola yoshlikdan boshlab, o'zida boshqalar bilan, bolalar ja- moasi bilan muloqotda, birgalikda bo'lishga ehtiyoj sezadi. Ammo kichkina bola jamoani o'zi tanlay olmaydi. U biron ja- moaga sharoit taqozosi bilan kelib qoladi. Yashab turgan joy- dagi yoki ota-onasini ish joyidagi maktabgacha ta'lim muas- sasalariga qatnay boshlaydi. Bu muassasalarga bola o'z xohi- shi bilan bormaydi. Shunga qaramay bola bu jamoaning qonun- qoidalariga bo'ysunishi, uning tartiblariga rioya qilishi shart. Aks holda uni jamoa kechirmaydi. Natijada bola o'zi yashayot- gan axloq, odob tajribalarini egallashga majbur bo'ladi. Shuning uchun buyuk mutafakkir A.Navoiy bola yoshligidan oqil va fozil kishilar jamoasida qatnashib, ularning suhbatlaridan bahramand bo'lishlarini tavsiya etadi. Rus pedagogi A.S.Makarenko jamoa munosabatlarining ichki jihatlariga katta ahamiyat bergan. U jamoada shakllangan eng muhim quyidagi belgilarni ajratib ko'rsatgan edi:
Doimiy tetiklik, tarbiyalanuvchilarning faoliyatga tayyor- ligi;
O'z jamoasi qadriyatlarining mohiyatini tushunish, uning uchun g'ururlanish asosida o'z qadr-qimmatini anglash;
Uning a’zolari o'rtasidagi do'stona birlik;
Jamoaning har bir a'zosidagi do'stona birlik;
Tartibli, ishchan harakatga yo'llovchi faollik;
O'z hissiyot va so'zlarini boshqara olish ko'nikmasi.
Bolalar o'zaro yashayotgan jamoaga bo'lgan munosabatiga qarab bir necha guruhga bo'linadi. Birinchi guruh ijobiy xulq- li bolalar bo'lib, ularni jamoa a’zolari hurmat qiladilar. Bu toi- fadagi bolalar jamoasining faollari bo'lib, tarbiyachi jamoa mu- nosabatlarini o'rnatishda ularga suyanadi. Ikkinchi guruhga kiruvchilar faollar tashabbusiga qo'shiladi, ammo barqaror bo'lishadi.
193
Uchinchi guruhdagilar tortinchoq bo'lib, o'yinda qatnash- maydi, mashg'ulotlarida ham sust bo'lishadi, bunday bolalarga alohida e'tibor va yordam berish zarur.