Tayanch tushunchalar: Ijodiy o'yinlar - bolalarning mustaqil o'yini bo'lib, o'yin mazmunini bolalarning o'zlari o'ylab topadilar. Didaktik o'yin - maktab yoshidagi bolalarning yoshi va imkoniyatlariga mos keladigan taiim berish metodi. Nazorat uchun savollar: O'yin faoliyatiga ta'rif bering.
O'yin turlari va ularning o'ziga xos xususiyatlarini yoritib bering.
Bolalar o'yinchoqlariga qo'yiladigan asosiy talablar nimalardan iborat?
Maktabgacha taiim tizimida o'yin texnologiyasining maqsad va vazifalari nimadan iborat?
Interfaol o'yinlarning o'ziga xos tomonlari nimalardan iborat?
Mavzu yuzasidan test topshiriqlari: O'yin qanday turlarga boiinadi? ijodiy, qoidali
g) harakatli, qoidali O'yin MTMlarda qaysi paytlarda o'tkaziladi? ertalab nonushtagacha, nonushtadan keyin
mashg'ulot o'rtasida, uyqudan keyin v) sayr vaqtida
g] hamma javoblar to'g'ri O'yinchoqlarga qanday talablar qo'yiladi? pedagogik, gigiyenik, badiiy talab
psixologik, gigiyenik talab v) pedagogik, psixologik talab g] estetik talab
366
Harakatli o'yinlar qachon rejalashtiriladi? ertalabki va kechki sayr soatlarida kuniga 1-2 marta
ertalabki gimnastika vaqtida v) kunning ikkinchi yarmida
g) mashg'ulotlar vaqtida Hozirgi pedagogik adabiyotlarda o'yinchoqlar qanday turlarga bo'linadi? syujetli, didaktik, qurish-yasash, sport, motorli
texnika, harakatli
v) yumshoq o'yinchoqlar g) qurish-yasash
367
BOB. MAKTAB TA'LIMIGA TAYYORLASH Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashning nazariy asoslari
Respublikada maktabgacha ta’lim tizimi bo'yicha qabul qilingan Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat talablari, "Ilk qadam” tayanch dasturi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashdek zarur ishni ta'minlaydi. Ya’ni, bu o'rinda maktabgacha ta’lim muassasasi va maktab ishidagi izchillik katta ahamiyat kasb etadi. Bu izchillik ta'lim tizimining barcha bo'g'inlari orqali ta'minlanib, izchillikni amalga oshirishning mavjud imkoniyatlari, ta’lim tizimi va uning tarkibiy va g'oyaviy tuzilishi prinsiplari asosida amalga oshiriladi. Maktabgacha ta'limning maqsad va vazifalari tarbiyaning bolalar yosh xususiyatlari hisobga olingan umumiy maqsad va vazifalaridan kelib chiqib belgilanadi. Bu esa maktabgacha ta’lim muassasasi va maktab o'rtasida izchillikni ta’minlashning asosiy negizi hisoblanadi. Maktabgacha ta’lim muassasasi va maktabdagi ta’lim-tarbiya vazifa, shakl hamda metodlarining turli yosh bosqichlarida bola shaxsini har tomonlama shakllantirishni amalga oshirish maqsadlarida o'zaro aloqasini qaror toptirish izchillik ifodasi hisoblanadi. Maktabgacha ta'lim muassasasi va maktab izchilligi quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
Maktabgacha ta'lim muassasasidagi ta'lim-tarbiyaviy jarayonda bolalarning umumiy rivojlanishining zaruriy darajasiga erishish uchun maktabga qo'yiladigan talablarga yo'nalganligi;
Bola shaxsini boshlang'ich ta'lim maqsad va vazifalariga muvofiq keluvchi sifat jihatidan shakllantirish.
Bunda asosan maktabgacha ta'lim muassasasi va maktabdagi pedagogik jarayonda ta'lim-tarbiyaning shaxsni uzluksiz yuksalib boruvchi shakllanishini ta’minlovchi yaxlit,
368
dinamik va istiqbolli tizimni amalga oshirish uchun sharoit yaratadi. Maktabgacha taiim muassasasi va maktab o'rtasidagi izchillikning qaror topishi tayyorlov guruhi bolalari va 1-sinf bolalalariga taiim-tarbiya berish sharoitlarini yaqinlashtiradi. Shunga ko'ra maktab taiimining yangi sharoitlariga o'tish bola uchun sezilarsiz boigan psixologik qiyinchiliklar bilan amalga oshiriladi. Bunda bolalarning yangi sharoitlarga tabiiy kirib borishlari ta’minlanadi, bu esa o'quvchilarga maktabga birinchi kelgan kunlaridan boshlaboq ta'lim-tarbiya berish samaradorligini oshirishga yordam beradi. Maktabgacha taiim muassasasi va maktabdagi butun pedagogik jarayonning bola shaxsini har tomonlama rivojlantirishga yo'nalaganligi ular o'rtasida taiim-tarbiya izchilligiga erishishning asosiy sharti hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar egallagan xulq-atvor va kattalar va tengqurlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlar shakllari, ma'naviy tasavvurlar va hissiyotlar boshlang'ich sinflarda amalga oshiriladigan axloqiy tarbiyaning o'quvchilarda rivojlantirishdagi ma'naviy xatti-harakat, ong, hissiyot va munosabatlarning zamini hisoblanadi. Maktab - maktabgacha davrlarda shakllantiriladigan jamoatchilikxususiyatlarini sifat jihatdan yanada rivojlantirish uchun zarur sharoitlar yaratadi, o'quvchi shaxsi jamoatchilikga yo'nalganligini qaror toptirishni ta'minlaydi. Maktab o'quvchilarda yuksak insoniy hissiyotlar: vatanparvarlik, mehnatsevarlik va milliy istiqlol g'oyalari, o'z vatani oldidagi o'z burchlarini his etish kabi hissiyotlar tarkib toptiriladi. Bularning asosini maktabgacha yillarda shakllantirilgan ota- onaga, oilaga muhabbat, kattalarga hurmat, tabiatni sevish, uni asrash kabilar tashkil etadi. Maktab taiimida bolalarning estetik tarbiyasiga doir ishlar davom ettirilib, o'quvchilarda estetik tasavvurlar, voqelikni estetik ko'ra bilish chuqurlashtiriladi. Musiqa, tasviriy san'at darslarida, badiiy faoliyat turlarida amaliy ko'nikmalar takomillashtiriladi, ijodiy qobiliyatlari rivojlanadi. Axloqiy
369
munosabatlar, xulq-atvor etikasi tarbiyalanadi. Mehnat ahliga ijobiy munosabatni shakllantirish, malaka va ko'nikmalari shakllantiriladi. Mehnat ta’limidagi izchillik amalga oshiriladi, mustaqillik, uyushtira olish, tashkilotchilik kabilar rivojlanadi.