Pedagogik diagnostika (yunoncha - "bilish, "aniqlash" ma’nosini anglatadi) - bu muayyan bosqichlarda bolaning individual xususiyatlari va rivojlanish istiqbollarini aniqlash imkoniyatini beradigan mexanizm.
“Men” konsepsiyasi- insonning o'z hayotiy faoliyati, boshqa kishilar bilan o'zaro aloqalari, o'zi va boshqalarga munosabatini shakllantirishga xizmat qiladigan, uning o'zi haqidagi anglangan va his etadigan tasavvurlari.
Pedagogik strategiya- bu bolalarning kutilgan maqsadlariga erishishga imkon beradigan pedagog qo'llaydi- gan muayyan uslublar yig'indisi.
Rejalashtirish - bu zarur shart-sharoit, foydalanilayotgan vosita, shakl va uslublarni ko'rsatgan holda, ta’lim-tarbiya ishini amalga oshirishning tartibi va ketma- ketligini oldindan belgilash jarayoni.
667
Bolaga yo'naltirilgan yondashuv - bu bolaning yosh xususiyatlari, qobiliyatlari, qiziqishlari, talab-ehtiyojlari, uning ta’lim maqsadlariga erishish uchun yordam beradigan maktabgacha ta’lim muassasasiga kelgunga qadar to'plagan tajribasini e'tiborga oladigan ta’lim shakli.
Rivojlantiruvchi yondashuv -bolaning tabiiy ravishda ulg'ayishiningmuhimligini baholash va tahlil etish imkoniyatini yaratadigan rivojlantirishga yo'naltirilgan yondashuv.
Istiqhol reja - u bolalar faoliyatining barcha turlarini va ularga xos kundalik ish shakllarini (mashg'ulot, o'yin, mehnat, individual ishlash, ota-onalar bilan ishlash) o'zida aks ettiruvchi bolalar bilan ishlashda asosiy hujjat hisoblanadi.