Sifatli pedagogika - bolalarni o'yin shaklida qiziqarli va zavqlantiruvchi tarzda o'qitish, bolalarning sog'lig'ini (ham ruhiy, ham jismoniy) ta’minlash imkoniyatini yaratadigan, ularni maktabga muvaffaqiyatli kirishga yordam beradigan o'qishga qiziqish va xohish uyg'otadigan dasturlar bo'yicha o'qitish, ota-onalarning ijobiy bahosi, o'qitishda ijtimoiy
666
natijalar, salomatlik va tarbiyalanuvchilarning individual rivojlanishi.
Integrallashgan rejalashtirish - bu bolalarni o'qitish va rivojlantirish integrallashgan jarayondir, bola rivojlanishining har bir sohasi uning boshqa sohalari bilan uzviy bog'liq. Ta’lim- tarbiya ishlarini rejalashtirishda ularni bir-biridan ajratmaslik, bir butun majmua sifatida qarash lozim. Shu ma'noda turli sohalardagi ta’lim jarayoni o'zaro bog'liq va bir-biri bilan uyg'unlashib ketgan jarayondir.
Rejalashtirish vositalari- bu faoliyat mazmuni turli sohalarda kutilayotgan natijalarga erishish imkoniyatlarini (resurslarni) belgilab olish uchun pedagog tomonidan qo'llaniladigan vosita, usul va uslublardir.
Kuzatuv - bola ishlayotgan yoki o'ynayotgan paytda uning faoliyatiga aralashmagan holda kuzatish jarayoni.
Qayd qilish- bu bolalar faolligini kuzatish asosida hujjatlashtirish. Aksariyat pedagoglar tomonidan tabiiy ravishda amalga oshiriladigan bu ishga bolalarni tizimli (muntazam) kuzatish asosida yondashishni joriy etish, u haqida to'liq ma’lumot olish imkoniyatini yaratadi,