Maktabgacha pedag



Yüklə 1,49 Mb.
səhifə48/213
tarix24.12.2023
ölçüsü1,49 Mb.
#192798
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   213
Maktabgacha pedag

7Karimov LA. Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch. - Т.: Ma'naviyat, 2008.


186




ning axloqiy ta’limotlaridan foydalangan. Risola uch qismdan iborat bo'lib, birinchi qismida xulqiy tarbiya va axloqiy xislat- larni egallash haqida so'z yuritib, axloqning asosiy tushuncha- lari: donolik, adolat, iffatga mufassal to'xtalgan, axloq ilmining maqsad va vazifalari belgilab berilgan. Ikkinchi qism oila va oilaviy hayot masalalariga bag'ishlangan. Unda bolalarni tar­biyalash va kamolga yetkazish, kasb-hunarni egallash yoriti- ladi. Uchinchi qism ijtimoiy-siyosiy masalalarga bag'ishlangan.

Ahmad Yugnakiyning «Hibbat-ul-haqqoyiq» asari taiimiy- axloqiy yo'nalishda yozilgan bo'lib, bilimlilik, adolat, saxovat kabi xislatlar ulugianadi, yetuk insonni tarbiyalash g'oyasi il- gari suriladi.
Amir Temur «Axloqiy Husniya» - yaxshi xulqlar ega­si boigan. U oqil va tadbirli sarkarda sifatida odamlarni ish- ga tayinlashda ham, vazifasidan ozod etishda ham shoshma- shosharlik va adolatsizlikka yoi qo'ymagan. Amir Temur sin- gari jahon ma’naviyati saltanatida o'z o'rinlariga ega boigan buyuk bobokalonlarimizning axloq, go'zal xulq haqidagi fikr- lari bugungi kun talabi bilan yozilgandek tuyuladi.
Amir Temurning vasiyatlaridan xalqiga cheksiz sodiqligi- ni, millatini ulugiaganini, ozodlik uchun kurashuvchan, axloq­iy madaniyati yuksakligini ko'rish mumkin: «Millatning dardi- ga darmon boiing. Zaiflarni qo'riqlang, yo'qsinlarni boylar zul- miga tashlamang. Adolat va ozodlik dasturingiz, rahbaringiz bo'lsin».8
Ota-bobolarimizning asrlar davomida to'plagan hayotiy tajribasi, diniy, axloqiy, ilmiy, adabiy qarashlarini ifoda etgan yodgorliklar orasida Xorazm vohasi hududida yaratilgan be- baho ma’naviy obida «Avesto» kitobi alohida o'rin tutadi. Ana shunday oimas asori-atiqalar bu ko'hna oikada, bugun biz yashab turgan tuproqda qadimdan buyuk madaniyat mavjud bo'lganidan guvohlik beradi. «Avesto»ning tub ma’no-mohiyat­ini belgilab beradigan «Ezgu fikr, ezgu so'z, ezgu amal» degan


8A.Temuro‘gitlari. - Т.: Navro'z, 1992.


187




tamoyilni oladigan bo'lsak, unda hozirgi zamon uchun ibrat bo'ladigan axloqiy saboqlar borligini ko'rish mumkin.

Ma’lumki har bir xalqning o'z afsonaviy qahramonlari, pahlavonlari bo'ladi. Shu ma’noda xalq og'zaki ijodining noyob durdonasi bo'lmish «Alpomish» dostoni millatimizning o'zligini namoyon etadigan, avlodlardan avlodlarga o'tib ke- layotgan qahramonlik qo'shig'idir. Bu mumtoz asarda tarix to'fonlaridan, hayot-mamot sinovlaridan omon chiqib, o'zligini saqlagan, el-yurtimizning bag'rikenglik, matonat, olijanoblik, vafo va sadoqat kabi axloqiy fazilatlari o'z ifodasini topgan. Shu bois «Alpomish» dostoni bizga vatanparvarlik fazilatlari- dan saboq beradi9.
Abdulla Avloniyning «Turkiy guliston yoxud axloq» kitobi- ning «Haqqoniyat» deb atalgan bobida rostlik va to'g'riso'zlikni insonning eng insoniy sifatlaridan biri deb hisoblaydi. U bola tarbiyasida o'sayotgan shart-sharoit va tarbiyaning roliga alo­hida e'tibor beriladi.
A.Navoiy ijodida ham axloq-odob masalalariga katta ahami- yat berilgan.
«Odobli inson barcha odamlarning yaxshisidir va barcha odamlar uchun yoqimlirog'idir» - deydi mutafakkir A.Navoiy.
A.Navoiyning «Mahbub-ul qulub» asarida odob, axloqqa oid g'oyalar ilgari surilgan. Insonparvartik g'oyalari ulug'langan.
Pedagogika fani yosh avlodni axloqiy rivojlanishida tarbi­ya va ta'limni muhim omil deb hisoblaydi. Pedagogika va ruhi- yatga oid tadqiqotlar natijalarining ko'rsatishicha, Maktabga­cha ta'lim davri bolaning ma'naviy shakllanishida eng muhim bosqichidir. Shu davrda ma'lum maqsadga qaratilgan ta’lim- tarbiya ta'sirida shaxsning axloqiy sifatlari shakllana boshlay- di. 6-7 yoshda ijobiy xulq normalarining ancha barqaror shak­li yuzaga keladi. Bola atrofdagilar bilan bo'ladigan munosabat- larida egallab olgan axloq normalariga asoslangan holda ish tutadigan bo'lib qoladi. Shuning uchun bolalarga ilk yoshdan boshlab axloqiy tarbiya berib borish muhimdir.



Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin