Maktabgacha pedag



Yüklə 1,49 Mb.
səhifə72/213
tarix24.12.2023
ölçüsü1,49 Mb.
#192798
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   213
Maktabgacha pedag

Qonun deganda davlat hokimiyatining oliy organi tomonidan qabul qilingan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi oliy yuridik kuchga ega normativ huquqiy akt tushuniladi. Qonunning asosiy jihatlari quyidagilar:

  1. Qonun davlat hokimiyati yuqori vakillik organi tomonidan chiqariladi;

  2. Qonun yuqori yuridik kuchga ega;

  3. Me'yoriy-huquqiy xarakterga ega;

  4. Unda turli ijtimoiy munosabatlar tartibga solinadi.

  5. Qonunlar davr talablarining bajarilishiga qaratiladi.

  6. Qonun xalqning irodasini mujassamlashtiradi.

Jamiyat va davlatning yetakchi kuchi uning qonunlaridir.
O'zbekiston Respublikasining "Taiim to'g'risida"gi qo­nunning 4-moddasi fuqarolarning bilim olish huquqiga bag'ishlanib, unda jinsi, tili, yoshi, milliy mansubligi, e'tiqodi, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chikishi, xizmat turi, ijtimoiy mavqeyi, turar joyi, O'zbekiston hududida qancha vaqt yashayotganligidan qat’iy nazar har kimga bilim olishda teng huquqlar kafolatlanadi. Boshqa davlatlarning fuqarolari O'zbekiston Respublikasida xalqaro shartnomalarga muvofiq bilim olish huquqiga ega, ular bilim olishda O'zbekiston fuqarolari bilan teng huquqlarga ega deyiladi.
"Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da ham fuqaroning eng asosiy konstitutsiyaviy huquqlaridan biri bilim olish, ijobiy qobiliyatni namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanishi, kasbi bo'yicha mehnat qilish huquqini ta’minlash, uzluksiz taiim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxs - fuqaroni shakllantirish nazarda tutiladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga huquqiy tarbiya berish nafaqat oila va Maktabgacha taiim muassasalarida beribgina qolmasdan, balki bunda mahalla, ko'cha-ko'y, qo'ni-qo'shnilar, kattalar, qolaversa, butun jamiyat a’zolari qatnashishi lozimdir.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, huquqiy tarbiya berish shakllarini quyidagicha ifodalash mumkin:


272


  1. Huquqiy bilim;

  2. Huquqiy ma'naviyat;

  3. Jamoatchilik bilan olib boriladigan ishlar;

  4. Huquqni himoya qiladigan davlat organlari bilan tanishtirish.

Demak, huquqiy tarbiya davlat tomonidan belgilangan maxsus tarbiya tizimlaridan tashkil topadi va aniq maqsadni ko'zda tutadi.

Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin