Insonni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash xalqimiz- ning azaliy orzusi bo'lib, ajdodlarimiz ma'rifat, ma'naviyat va madaniyatni qanday qilib yosh avlodga o'rgatish, ularni komil- likka yetaklash yo'llari, qonun-qoidalarini muttasil izlaganlar. Bu esa pedagogika fanining maydonga kelishiga sabab bo'lgan. Insonni ma'rifatli va ma'naviy komillikka erishishi pedagogika fanining yetakchiligida amalga oshiriladi.
Pedagogika - yunoncha so'z bo'lib, «bola yetaklovchi» - ma'nosini bildiradi. Insonlarni ma'rifiy va ma’naviy barkamol- likka munosabatlarni o'zgartirib borishi natijasida pedagogika fani xalq orasida o'z mavqeyiga ega bo'ldi. Shu tariqa in- sonnni tarbiyalovchi fan sifatida pedagogika dunyoviy fanlar tizimi qatoridan alohida o'rin egallagan. lining bosh masala- si tarbiyadir. Bundan uch ming yillar ilgari Zardushtiylik di- nining muqaddas kitobi «Avesto»da ta'lim-tarbiya masalalari- ga katta ahamiyat berilgani holda, uning ibodatxonalari qoshi- da maktablar tashkil etilib, kohinlar tomonidan bolalarning ta'lim-tarbiya tizimi ishlab chiqilgan. Bu ta’lim-tarbiya tizimi quyidagi tartibda amalga oshirilgan: diniy va axloqiy tarbiya, jismoniy tarbiya, o'qish va yozishga o'rgatish.
Ota-bobolarimiz azal-azaldan bola tarbiyasiga alohida e'tibor qaratganlar. Imom al-Buxoriy, Iso at-Termiziy, Abu Ray- hon Beruniy, Az-Zamaxshariy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho'lpon, Abu Ali Ibn Sino, Alisher Navoiy singari ulug' olim- u adiblar, fozilu-fuzalolar ta’lim-tarbiya borasida ko'p asarlar bitganlar. Sharq pedagogikasining asoschilari Abu Nasr Faro- biyning «Fozil odamlar shahri», Yusuf Xos Hojibning «Qutadg'u
6
bilig» asari, Alisher Navoiyning «Mahbub ul-qulub»i, Kaykovus- ning «Qobusnoma»si kabi asarlar bunga dalildir.
Mazkur ta'limiy asarlarda inson shaxsini ma'naviy kamol- ga yetkazish yuksak xulq-odob, ilm-fanni egallash asosidagina amalga oshirish mumkin, degan g'oya ilgari surilgan. Haqiqiy bilimga asoslangan ta'limiy uslub shakllanadi, natijada ta'lim- tarbiya olimlar diqqat markazida bo'ldi.
Farobiy ta'lim-tarbiyaga bag'ishlangan asarlarida inson ta- komilida ta'lim-tarbiyaning muhimligi, unda nimalarga e'tibor berish zarurligi, ta'lim-tarbiya usul va uslublari haqida fikr yuritilgan. «Fozil odamlar shahri», «Baxt-saodatga erishuv to'g'risida», «Ilmlarning kelib chikishi» kabi maorifiy asarlarida olimning tarbiyaviy qarashlari o'z ifodasini topgan.
Abu Rayhon Beruniyning bilimlarni egallash yo'llari haqida- gi fikrlari hozirgi davr uchun ham dolzarbdir. 0‘quvchiga bilim berishda ularni zeriktirmaslik, uzviylik, izchillik va hoka- zolarni e'tiborga olish kerakligini uqtiradi. Beruniy inson ka- molotida uch narsa muhimligini ta'kidlaydi. Bu hozirgi zamon pedagogikasida e'tirof etiluvchi irsiyat, muhit va tarbiyadir.
Ibn Sino insonlarni kamolotga erishishining birinchi mezo- ni sanalgan bilim egallashga da’vat etadi. Bilimsiz kishilar jo- hil bo'Iadi, ular haqiqatni bila olmaydilar, ular yetuk bo'lmagan kishilar deydi. Ibn Sino bilim olishda bolalarni yengildan og'irga borish orqali bilim berish, olib boriladigan mashqlar bolalar yoshiga mos bo'lishi, bilim berishda bolaning qiziqishi va qobiliyatlarini hisobga olish, o'qitishni jismoniy mashqlar bilan olib borish kerakligini uqtiradi.
Pedagogik fikr rivojlanishida rus pedagogi K.D.Ushinskiy- ning pedogogik, nazariy qarashlari «Inson tarbiya predme- ti sifatida» degan mukammal asarida bayon qilib berilgan. «Ona tili», «Bolalar dunyosi» kitoblari barchaga yaxshi ma’lum bo'lib, u ta'limning ko'rgazmaliligi, ongli va uzviy olib borish masalalarini ishlab chiqdi.
7
Pedagogika fan sifatida rivojlanishida chex pedagogi, olimi Yan Amos Komenskiy (1592-1670)ning hissasi katta bo'ldi. Uning «Buyuk didaktika» asari haqli ravishda pedagogika sohasida yaratilgan birinchi ilmiy asar hisoblanadi, Undan tashqari «Onalar maktabi» degan Maktabgacha ta'lim qo'llan- masi va bir qancha kitoblari diqqatga sazovordir. Komenskiy o'zining pedagogik nazariyasida tarbiyaning tabiatga uyg'un bo'lishi to'g'risidagi tushunchani ilgari suradi. Pedagog bolani tarbiyalaganda, bog'bon daraxtning biologik o'sish qonuniyat- ini hisobga olgani kabi, undagi tabiiy bilish xususiyatlarini hi- sobga olishi shart, deydi. Komenskiy o'qishga hammaning jalb qilinishini, hamma umumta'lim olishi kerakligini uqtiradi.
«Ta'lim to'g‘risida»gi qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy das- turi» qabul qilinganiga qadar ham biz Maktabgacha ta’lim to'g'risida fikr yuritib kelganmiz. Bugun esa bu masalaga yan- gicha yondashmoqdamiz, Zero, dastur talablariga asosan maktabgacha ta’lim turi - bolani maktabga tayyorlash bilan birga, uni sog'lom bo'lib o'sishini ta'minlaydi, muntazam ta’lim olish- ga tayyorlaydi, unda o'qishga intilish hissini uyg'otadi.
Keyingi yillarda maktabgacha ta'lim muassasalariningyan- gi tarmog'i shakllanib bormoqda. Misol tariqasida nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari, qisqa muddatli maktabgacha ta'lim muassasalari, bolalarga xoreografiya, tasviriy va musiqa san'ati, kompyuter savodxonligini o'rgatuvchi guruh- lar soni kundan-kunga ko'payib bormoqda. Bularning hamma- si maktabgacha yoshdagi farzandlarimizni «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida tarbiyalash uchun shart- sharoit yaratmoqda.
i
!
■S i
1
In an important sense, pedagogy is the overarching concept; It]
refers broadly to the deliberate process of cultivating development jj
within a given culture and society. Fr&m this point of view, pedagogy |
has three basic components: (1) curricuium, or the content of what i
is being taught; (2) methodology, or the way in which teaching is ji
done: and (3-) techniques for socializing children in the repertoire of jjj
*| cognitive and affective skills required for successful functioning in ii society that education is designed to promote.
Umuman olganda pedagogika ko‘p jihatli omil hisoblanib, u madaniyatvaxalqkultivatsionprotsesslamirivojlantirishgaqaratilgan. , Bu nuqtayi nazardan pedagogika uchta komponentlardan iborat: 1) o‘quv rejasi va o'qitilayotgan mavzuni o‘zida saqlash; 2) metodologiya yoki boshqa bir o'quv v.suli; 3) omma ichida o'zini tutishi va muloqot qilish funksiyalari, muloqot qilish usullari.
Professional Development for Early Childhood -Professionals; i Examining Pedagogy in Early Childhood Walsh, G.; Gray, C.; | McMillan 2010
«Ta'lim to'g'risida»gi Qonunning 11-moddasi maktabgacha ta’limga bag'ishlanadi. Maktabgacha ta’lim shaxsni sog'lom va yetuk qilib tarbiyalab, maktab ta'limiga tayyorlaydi. Bu ta’lim 6-7 yoshgacha oilada, bolalar bog'chasida olib boriladi.
2018-yil takomillashtirilgan davlat talablari qabul qilindi. Davlat talablari tug'ilgandan 7 yoshgacha bo'lgan bolalar besh- ta asosiy rivojlanish sohalariga bo'lingan. Har bir rivojlanish sohasi o'z o'rnida kichik sohalarga bo'lingan bo'lib, ular har bir yosh guruhiga mos bir nechta talablardan va kutilayotgan rivojlanish ko'rsatkichlaridan iborat. Bunda quyidagi yo'nalishlar asos qilib olindi:
-jismoniy rivojlanish va sog'lom turmush tarzining shakl- lanishi;
ijtimoiy-hissiy rivojlanish;
-nutq, muloqot, o'qish va yozish malakalari:
bilish jarayonining rivojlanishi;
-ijodiy rivojlanish.
"Ilk qadam” maktabgacha ta'lim muassasasining o'quv Davlat dasturi 2018-yil yaratildi.
Maktabgacha ta'lim muassasasining Davlat o'quv dasturi O'zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat talablariga muvo- fiq ishlab chiqilgan me'yoriy-huquqiy hujjat bo'lib, unda mak-
9
tabgacha ta’lim muassasasining maqsad va vazifalari, o'quv tarbiyaviy faoliyatining asosiy g'oyalari ifodalangan. Bolani ta limning keyingi bosqichiga o'tishidagi asosiy kompetensi- yalari belgilangan. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi ijtimoiy tarbiya tajribasini sinchkovlik bilan o'rgandi. Bu esa maktabgacha ta'lim muassasalari ishini takomillashtirishga yordam beradi.
Quyidagi sxemada maktabgacha pedagogikaning predmeti ko'rsatib o'tilgan:
Maktabgacha pedagugikaning predmeti
X
Ta'lim-tarbiya jarayonida qo'llaniladigan metod va usullarni axborot texnolo- giyalari asosida tashkil qilish
Bolalarning jismoniy, aqliy, ruhiy sog’lig’ini ta’minlashda o'qituvchi-tarbiyachi mahorati
Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo'yiladigan davlattalablariga suyangan holda faoliyatyuritish
Maktabgacha ta’lim pedagogikasi MTM lardagi ta'lim-tarbiya mazmunini takomillashtirish
Bola tug'ilgan kundan boshlab, maktabga borguniga qa- dar bo'lgan davrda har tomonlama yetuk barkamol etib tar- biyalash qonuniyatlarini o'rganish maktabgacha ta'lim peda- gogikasining mavzusidir. U maktabgacha ta'lim muassasalari va oilaning tarbiyaviy ta’sir ko'rsatishi birligini, maktabgacha ta’lim muassasasi va maktab ishidagi aloqadorlikni, bolalarni maktabda o'qishga tayyorlashni ta'minlab, ijtimoiy Maktabgacha ta'lim sharoitida tarbiya va ta'lim berish ishlarining vazi- falarini, tamoyillarini, mazmunini, metodlarini, shakllarini va uni tashkil etishni ishlab chiqdi. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi pedagogika fanlar tizimida uning ajralmas qismi bo'lib shakllandi.