Boshlovchi - munozarani oqilona olib borish, ishtirokchilar tomonidan javoblarning asoslanishi, atama va tushunchalar- ning o'rinli qo'llanganini izohlab boradi, ishtirokchilar
503
o'rtasidagi muloqotni, taqdimotlar taqsimotini to'g'ri boshqaradi.
Taqrizchi - tomonlarning ma'ruzalarini yo'nalishlar bo'yicha tahlil etib, masalaning dolzarbligi, aniq qo'yilgani, ilmiy jihatdan asoslanishi, fikr-mulohazalarning mantiqiyligi hamda xulosalarning asosli va to'g'riligini baholab boradi.
Raqib - munozarada ishtirok etadigan bir guruhga muxolif bo'lgan boshqa guruhyoki guruh a'zosi. U asosiy ma'ruzachining mulohazalarini quruq tanqid qilish bilan cheklanmasdan, uning qarashlaridagi zaif yoki xato tomonlarini ko'rsatib berish hamda o'zining fikrini asoslab berishga intiladi.
Ekspert - munozara jarayoni, jumladan, munozara ishtirokchilari tomonidan bildirilgan barcha fikr-mulohazalar, ilgari surilgan xulosalar, taklif va tavsiyalarning izchilligi, haqqoniyligi va samaradorligini baholaydi.