Boshqarish usuli - boshqaruv subyektining (bizning holatimizda bu - maktabgacha ta'lim boshqaruvi idoralari, muassasa rahbariyati va h.k.) muayyan maqsadlarga erishishni nazarda tutgan holda boshqaruv obyektiga (bizning holatimizda bu - maktabgacha ta’lim muassasasi, tarbiyalanuvchilar va h.k.) ta’sir etish usul hamda vositalarining majmuyi.
Boshqarishning psixologik uslublari- bu shaxsning mustahkam psixologik xislatlari - diqqat, idrok, tafakkur, sezgi, ong orqali boshqarish uslublari majmuyi.
Bu tushunchalar o'zaro bir-birlari bilan uzviy bog'liq bo'lib, bularning barchasi kishilar o'rtasidagi munosabatlarda kuzatiladi.
Bugungi kunda jamiyat hayotining barcha sohalarida, shu jumladan, boshqarish jarayonida zamonaviy axborot- kommunikatsiya va innovatsiya texnologiyalari tatbiq etilib, ularga tayangan yondashuvlar qaror topmoqda.
Boshqarish usulining eng muhim belgilaridan biri uning ilmiy yondashuvga tayanishida namoyon bo'ladi. Zero, bugun boshqaruv jarayonini ilmiy asosda tashkil etmasdan uning izchilligi va samaradorligini tasavvur etib bo'lmaydi.
Albatta, rahbar shaxs muayyan sohani, korxona yoki
502
tashkilotni samarali boshqarishi uchun, avvalo, yetarli malaka va bilim, rahbarlik salohiyati, ko'plab ma'naviy-axloqiy xislat va fazilatlar sohibi bo'lishi darkor. Ta’lim sohasi, jumladan, maktabgacha ta'lim muassasalarini boshqarish ham bundan istisno emas.
Ushbu muassasalardagi boshqaruv faoliyatida nazariy bilim va amaliy tajriba va ko'nikmalarni o'zaro uyg'un holda qo'llash ta'lim-tarbiya bilan bog'liq masalalarni talab darajasida hal etish, bu jarayonda foydalaniladigan usul va uslublarni uzluksiz takomillashtirib borish, umuman olganda, maktabgacha ta’lim- tarbiya tizimini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Shu ma'noda, kadrlar tanlash, tayyorlash, malakasini oshirish barobarida ularning rahbarlik salohiyati va ma'naviyatini yuksaltirish g'oyat muhim ahamiyat kasb etadi.
Munozara texnologiyasi
Munozara qatnashchilariga eslatma: Munozara - masalani hal etish, yechish usul va uslublarini izlab topishga qaratilmog'i lozim.
Ko'p gapirmasdan, boshqalarning so'zlashiga imkon ber!
Maqsadga erishish yo'lida hissiyotlaringni jilovlab, pishiq- puxta o'ylagan holda so'zla!
Raqiblarning fikr-mulohaza va dalillarini diqqat bilan tingla!
Raqiblarning fikr-mulohazalariga tanqidiy munosabatda bo'l!
Munozara mavzusi doirasidan chetga chiqmagan holda fikrlaringni bayon et!