Maktabgacha pedag


Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi faoliyatini tashkil etish



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə187/260
tarix02.01.2022
ölçüsü1,71 Mb.
#39801
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   260
F

Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi faoliyatini tashkil etish

Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi qonun hujjatlariga muvofiq muassasa shaklida tashkil etiladi.

Davlat maktabgacha ta'lim muassasasining muassislari toifasiga kirmaydigan barcha yuridik va jismoniy shaxslar nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining muassislari bo'lishi mumkin.

Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda litsenziya olgan vaqtdan boshlab ta'lim faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega bo'ladi.

O'zbekiston Respublikasining «Ta’lim to'g'risida»gi Qonuni- ga muvofiq, nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini akkre­ditatsiya qilish vakolatli davlat organi tomonidan attestatsiya asosida amalga oshiriladi.

Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida ta’lim mazmuni maktabgacha ta’limga qo'yiladigan davlat talablariga asosan ishlab chiqilib, O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim


529



vazirligi tomonidan tasdiqlangan yoki tavsiya qilingan dastur- lar bilan belgilanadi.

Muassasa o'z (mualliflik] dasturlaridan foydalanishga haqlidir. Ushbu dasturlarni tasdiqlash tartibi O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan belgilanadi.

Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining ish tartibi va bolalarning muassasada bo'lish vaqti muassasa ustavi hamda muassisning qarori bilan belgilanadi.

Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida 5 kunlik ish haftasi uchun, qoida tariqasida, quyidagi ish tartibi joriy etiladi:

  1. soatli;

  1. soatli;

9 soatli;

4 soatli.

Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi joylashgan hududda yashaydigan aholi talablaridan kelib chiqib, nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida yoki uning alohida guruhlarida 6 kunlik ish haftasi ham joriy etilishi mumkin.

Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarning ovqatlanishi O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari asosida amalga oshiriladi.

Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyalanuv- chilariga tibbiy yordam ko'rsatish shtatdagi yoki sog'liqni saqlash organlarining shartnoma asosida maxsus biriktirilgan tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.

Tibbiyot xodimlari nodavlat maktabgacha ta’lim muas­sasasi xodimlari bilan birgalikda bolalarning hayoti, sog'lig'i va jismoniy rivojlanishi, davolash-profilaktika tadbir- lari o'tkazilishi, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya qilinishi uchun javob beradilar. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassa­sasi xodimlarini tibbiy ko'rikdan o'tkazish shartnoma asosida amalga oshiriladi.


530





Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi ta'limning uzluksizligini ta'minlash maqsadida shartnoma asosida o'z faoliyatini umumiy o'rta ta’lim muassasalari bilan birgalikda amalga oshirishi mumkin.

Maktabgacha ta’limga qamrab olinmagan bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash, ularni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish maqsadida nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarida qisqa muddatli guruhlar tashkil etiladi.

Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarida qisqa muddatli guruhlar uchun 4 soatli ish tartiblari joriy etiladi.

Nodavlat ta’lim muassasalarida qisqa muddatli guruhlar qonun hujjatlariga muvofiq olingan litsenziya asosida muassis qarori bilan tashkil etiladi.

Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida tashkil etilgan qisqa muddatli guruhlarda moddiy-texnik va kadrlar ta’minoti muassis tomonidan belgilanadi.

Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida qisqa muddatli guruhlarni qayta tashkil etish yoki tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda muassisning qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.



Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasiga bolalarni qabul qilish

Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasiga bolalarni qabul qilish tegishli tibbiy xulosa asosida amalga oshiriladi.

Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalarni qabul qilish va ularni chiqarish tartibi nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasining ustavi bilan belgilanadi.

Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi guruhlaridagi bolalar soni davlat maktabgacha ta'lim muassasalari uchun belgilangan me’yordan ortiq bo'lmasligi kerak.

Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida o'quv yili joriy yilning 2 sentyabridan boshlanadi va keyingi yilning 1 iyunida



Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   260




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin