Shavkat Mirziyoyev, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti
Maktabgacha ta’lim muassasasi - murakkab tarmoq bo'lib, mudiraning undagi roli, faoliyati ko'p qirralidir. Mudira - maktabgacha ta’lim muassasasining tashkilotchisi, rahbari, malakali pedagog, uning faoliyati maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni komil inson qilib tarbiyalash vazifalarini to'laqonli hal etishga qaratilgan. U maktabgacha ta'lim muassasalaridagi ta’lim-tarbiyaviy, pedagogik va gigiyenik talablarga muvofiq ravishda amalga oshirilishi uchun zarur lozim-sharoitlarni ta’minlaydi. O'z jamoasida ishchanlik, maqsadga qaratilgan inoqlik vaziyatini yaratadi. Ularga umumiy rahbarlik qiladi. Mudira o'z ishida davlatimiz va Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan qabul qilingan qaror, qonunlarga amal qiladi va o'z ustida ijodiy ravishda ishlashni amalga oshiradi.Yuksakonglilik va siyosiy yetuklik, tamoyillilik, o'ziga va qo'l ostidagilarga talabchanlik - bu mudiraga qo'yiladigan asosiy talablardir.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi muassis tomonidan tashkil etiladi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkaziladi.
Davlat organlari, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda qonun hujjatlariga muvofiq davlat