O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI PEDAGOGIKA FAKULTETI SIRTQI BO’LIM ,,MAKTABGACHA TA’LIM’’ KAFEDRASI MAKTABGACHA TA’LIM YO’NALISHI 5-KURS TALABASI G’AFFOROVA MAFTUNANING MAKTABGACHA PEDAGOGIKA FANIDANTAYYORLAGAN KURS ISHIGA TAQDIMOTI
.
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish va moliyaviy ta’minlashda mudiraning roli.
Mundarija
Smetani yuritishning xususiyatlari.
2. Rejalashtirishning asosiy bosqichlari va turlari. 3. MTT da rejalashtirilishning olib borilishi
Smetada maktabgacha ta’lim tashkilotining barcha xarajatlari va bu xarajatlar qoplanadigan manbalar, budjet ajratmalari va ota-onalar mablag‘lari ko‘rsatiladi. Smeta quyidagi moddalarni o‘z ichiga oladi: 1-modda. Ish haqi. 2-modda. Ish haqiga nisbatan ajratmalar. 3-modda. Idora va xo‘jalik xarajatlari. 4-modda. Komandirovka va xizmat xarajatlari. 5-modda.o‘quv-o‘rganuv, kutubxona va o‘yinchoqlar sotib olish. 6-modda. Ovqatlantirish xarajatlari. 7-modda. Asbob-uskuna va inventarlar sotib olish. 8-modda. Bino va inshootlarning kapital remonti. 9-modda. Boshqa xarajatlar. 10-modda. Taomnoma tuzish uchun bolalarni ovqatlantirishga mo‘ljallangan mablag‘ kiritiladi. Bu mablag‘larning miqdori 1 ta bolaga kunlik ovqatlanish uchun belgilangan pul meyori va yil davomida ovqatlantiriladigan bolalar soniga qarab belgilanadi. Bunda bolalar bog‘chalarining turi, ishlash soati albatta hisobga olinadi. Ovqatlantirish meyori O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash, Moliya vazirliklari tomonidan belgilab beriladi. Ovqatlanishga ajratiladigan mablag‘ miqdorini aniqlash uchun bir bolaga kuniga sarflanadigan ovqat qiymatini turli maktabgacha ta’lim va yasli guruhlari bo‘yicha jami bola kuniga ko‘paytirish kerak Maktabgacha ta’lim tashkilotining smetasiga bog‘cha xodimlarining ovqatlanishi uchun mablag‘ ajratish ko‘zda tutiladi. Bu xalq ta’limi bo‘limlari, moliya bo‘limlari tomonidan alohida ro‘yxat bo‘yicha amalga oshiriladi. Bunda xodimlar haq to‘lash hisobiga bolalar tashkilotlarida ovqatlanishlari mumkin. Smeta amal qiladigan yil va tashkilot qaysi mablag‘ bilan ta’minlanishi yozib qo‘yiladi. Smetada maktabgacha ta’lim tashkilotning barcha xarajatlari va bu xarajatlar qoplanadigan manbalar: budjet ajratmalari va ota-onalar mablag‘lari ko‘rsatiladi. Yozgi sog‘lomlashtirish tadbirlarini o‘tkazish sarflari maktabgacha ta’lim tashkilotlarining xarajat smetasiga kiritilmaydi. Bunday tadbirlar o‘tkaziladigan hollarda ularni amalga oshirish bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlar uchun alohida smeta tuziladi. Shuningdek, bolalar bog‘chalarida ota-onalar mablag‘i hisobi bo‘yicha ham alohida smeta tuziladi. Smeta O‘zbekiston Respublikasida klassifikatsiyalangan xarajat moddalari Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan hujjatlar bo‘yicha tuziladi. Smetada tashkilot kelasi yilga hisoblab chiqqan jami hamda alohida moddalar bo‘yicha xarajatlar summasi joriy yilga tasdiqlangan xarajatlar summasi bilan va smeta qachon tuzilayotganiga qarab o‘tgan davrdagi haqiqiy xarajatlar miqdori bilan kiritilgan o‘zgartishlar hisobga olingan holda taqqoslab keltiriladi. Smetaga hisob-kitoblar bilan birga maktabgacha tarbiya tashkiloti egallab turgan bino haqida umumiy ma’lumotlar (uning kubaturasi, maydoni, isitish sistemasi, vodoprovod, kanalizatsiya mavjudligi) va tashkilotining ko‘lamiga oid ko‘rsatkichlar (guruh bolalar soni va h.k.) ham keltiriladi. Smetaga maktabgacha tarbiya tashkilotining pedagog, tibbiy va boshqa xodimlari tarifikatsiya ro‘yxati albatta ilova qilinishi shart. Mazkur ro‘yxat ikki nusxada tuziladi. Smetaning bir nusxasi tashkilotda, ikkinchi nusxasi yuqori tashkilotda qoladi, uchinchi nusxasi esa markazlashgan buxgalteriyaga, qishloq Kengashiga, moliya bo‘limi va boshqalarga havola qilinadi Smetaning tasdiqlanishi smeta hujjatining birinchi betiga maxsus yozuv bilan rasmiylashtiriladi. Mazkur yozuvda harakatlarning jami summasi, xodimlarning ish haqi fondi, smeta tasdiqlangan kun ko‘rsatiladi. So‘ngra smetani tasdiqlagan yuqori tashkilot boshlig‘i imzo chekadi, uning imzosi idora muhri bilan mustahkamlanadi. Smetani tasdiqlagan tashkilot unga o‘zgartirish kirita oladi. Bu o‘zgartirishlar yuqori tashkilotning muassasaga yuborgan maxsus yozishmasiga asosan rasmiylashtiriladi. Axborot manbalari:
1. www. tdpu. uz
2. www. pedagog. uz
3. www. ziyonet. Uz
Foydalangan adabiyotlar F.Qodirova va boshq. Maktabgacha pedagogika. T.: 2019.