Rivojlantiruvchi yondashuv - bolaning tabiiy ravishda ulg'ayishiningmuhimligini baholash va tahlil etish imkoniyatini yaratadigan rivojlantirishga yo'naltirilgan yondashuv.
Istiqhol reja - u bolalar faoliyatining barcha turlarini va ularga xos kundalik ish shakllarini (mashg'ulot, o'yin, mehnat, individual ishlash, ota-onalar bilan ishlash) o'zida aks ettiruvchi bolalar bilan ishlashda asosiy hujjat hisoblanadi.
Kundalik reja - bir-ikki haftaga mo'ljallab tuzilib, unda butun ish kuni davomidagi faoliyat - konspekt shaklida batafsil yoritiladi.
Bola huquqlari haqida Konvensiya - bu butun jahon bolalariga xos bo'lgan bolalar huquqi haqidagi Birlashgan Millatlar tashkilotining shartnomasidir. U bolalar rivojlanishining turli bosqichlarida bolalar farovonligining mavjud mezonlarini aniqlaydi va bolalar huquqlarini himoya qiladi.
Bilish faoliyati - boladagi individual o'zgarishlar sur'atini e'tiborga olgan holda tashkil etiladi. Bunda didaktik harakatlarning takrorlanishi va mazmuni jihatidan yakka yutuqqa erishiladi.
Didaktika - pedagogikaning ta'lim va o'qitish nazariyasini ishlab chiqadigan tarmoqdir. Didaktika ta’lim jarayonining umumiy qonuniyatlarini o'rganuvchi qismdir. Didaktika yunoncha so'z bo'lib, "didasko” - o'qitish, "Didaskol"
o'rganuvchi degan so'zlardan kelib chiqqan. Didaktika pedagogikaning "Nimaga o'qitish", "Nimani o'qitish” va "Qanday o'qitish” kabi savollarga javob izlaydi.
xodimlarning kasbiy tayyorgarliklari, bilim, ko'nikma, malaka va mahoratlarini, o'quvchi va maktabgacha yoshdagilarning bilimlarni o'zlashtirishlari va tarbiyalanganlik darajalarini har tomonlama o'rganish, tahlil qilish asosida xulosalar chiqarish, baholash va takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar berish bilan shug'ullanadi.