Maktabgacha pedag


Pedagogik fanlar majmuyi. Ta’lim jarayoni va didaktika haqida tushuncha



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə6/260
tarix02.01.2022
ölçüsü1,71 Mb.
#39801
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   260
F

Pedagogik fanlar majmuyi. Ta’lim jarayoni va didaktika haqida tushuncha

Ta'lim jarayonining ilmiy, nazariy uslubiy va amaliy asoslari- ni, ya'ni ta'lim, bilim berish, o'qitish nazariyasi bilan pedagogi­kaning mustaqil bo'limi didaktika shug'ullanadi,




14





"Didaktika" grekcha so'z bo'lib, "o'qitish”, "o'rgatuvchi" de­gan ma'nolarni anglatadi. "Didaktika" so'zining lug'aviy tarji- masi "Ta’lim nazariyasi" demakdir. Ta'lim nazariyasi ta'lim ja- rayoni tushunchasi va mohiyatini, ta'lim tamoyillarini, ta'lim mazmunini, ta'lim metodlari, shakllari va vositalari mazmuni­ni aks ettiradi. Ta’lim nazariyasining asosiy mohiyati ta'limni tashkil etishdan iboratdir. Ta'limni tashkil etishdan asosiy maqsad yosh avlodni ilmiy bilimlar, ko'nikma va malakalar tizimi bilan qurollantirishdan iborat.

Ta'lim - inson bilish faoliyatining eng murakkab turlari- dan biri bo'lib, individual psixik rivojlanishni va bilimlarni o'zlashtirishni ancha tezlashtiradi. O'qituvchi ta’lim jarayonida faqat bilim berish bilan chegaralanmaydi, balki bu jarayonda o'quvchi, talabaga ta’sir ko'rsatadi, bu esa ularni bilim olishla- rini yanada faollashtiradi, natijada o'quvchi ta'lim jarayonining faol ishtirokchisiga aylanadi.

Ta'lim jarayonida o'quvchilar ongiga singdirilayotgan na­zariy bilimlar amaliy faoliyat yordamida yanada mustahkam- lanadi. Inson tevarak-atrofdagi voqelik, narsa va hodisalarning mohiyatini amaliy hayotda ularga to'qnash kelish yo'li bilan bilib oladi, ularni o'zlashtiradi. Inson amaliy faoliyat tufayligi- na ijtimoiy, ishlab chiqarish faoliyati jarayonini tashkil etuvchi munosabatlar, shuningdek, tabiat hodisalari sirini o'zlashtirib oladi.

Narsalar, buyumlar bilan amaliy muomalada bo'lish nati- jasida buyumlar sezgi organlariga ta'sir qiladi, sezgilar idrokni keltirib chiqaradi. Amaliyotda insonning faol fikrlash faoliyati yuzaga keladi. Fikrlash yordamida u real voqelikni chuqur tu- shunadi.

Bilim manbayi sanalgan amaliyotning ahamiyati xususida so'z yuritganda bilish jarayonining mohiyatini ham ta'kidlab o'tish joiz.

Bilish murakkab dialektik jarayon bo'lib, jonli mushoha- dadan abstrakt tafakkurga, so'ngra amaliyotga o'tish yo'lidir.




15





Bilish shaxs uchun mavhum ham o'zlashtirilmagan narsa, vo- qea va hodisalar mohiyatining ong yordamida anglash iaray- onidir. Obyektiv borliqni bilish uni sezishdan boshlanadi. Se- zish ongning tashqi olam bilan bo'ladigan chinakam aioqasidir. Sezish tevarak-atrofdagi voqelik, narsa va hodisalarning sez- gi organlari (bizga ma’lumki, ular beshta)ga ta’sir etuvchi ay- rim si fat, belgilarning ongda aks etishidir. Bunda har bir organ, har bir analizator I.P.Pavlov ta'kidlab o'tganidek, narsalarning ayrim eng muhim sifatlarini his etadi, Sezish muayyan narsa, voqea-hodisalar mazmunini ongda idrok etilishiga olib keladi.

Idrok - sezish a’zolari orqali ongga ta’sir etib turilgan nar­sa va hodisalarning unda (ongda) yaxlitligicha aks etish jaray- onidir.

Sezish va idrok qilish yordamida bilish jarayonida tasavvur ro'y beradi. Tasavvur inson ongida uzoq muddat saqlanib qol- adigan sezishlar va idrokning izidir. Yoki boshqacha aytganda, tasavvur sezgi a'zolariga qachonlardir ta’sir etgan hamda idrok qilingan narsa va voqea-hodisalarning ongdagi yaqqol hissiy obrazidir. Tajriba vositasida odamda tasavvur zaxirasi boyib, ko'payib boradi. Tasavvur fikrlashda, tushunchalarning tarkib topishida muhim rol o'ynaydi. Tasavvur muayyan umumlash- malarning mavjudligi bilan bog'liq. Sezish, idrok va tasavvur bilishning muhim tarkibiy qismlari bo'lsa-da, ular ham haqiqiy voqealikni bilish muammosini to'la hal etishmaydi, Bilish ja­rayonining eng yuqori bosqichida tafakkur yuzaga keladi.

Inson faqat tafakkur yuritish jarayonidagina muayyan ja- rayon yoki voqea, hodisa mohiyatini, munosabatlarning sa- babiy baholanishlarini aniqlaydi va shu orqali moddiy borliqni chuqur, to'la va to'g'ri aks etishiga erishadi. Tafakkur I.P.Pavlov ta'limotiga ko'ra, assotsiatsiyalarining hosil bo'Iishidan iborat.

Jonli mushohada uchun birinchi signal tizimi, abstrakt ta~ fakkur uchun ikkinchi signal tizimi asosiy ahamiyatga ega.

Abstrakt tafakkur voqealik bilan o'zaro aloqada bo'lgan taqdirdagina inson bilimlari chuqurlashib boradi. Jonli mu-




16





shohada va abstrakt tafakkur birligigina bilimlarni haqiqiy va chuqur bilimlarga aylantiradi.

Jonli mushohada va tafakkur doimo odamning amaliy faoli- yatiga asoslanishi kerak. Odam tabiat va ijtimoiy jamiyat qo- nuniyatlarini ochib, o'z faoliyatida ulardan foj/dalanishga inti' ladi. Har qanday nazariy bilimning qiymati uning amaliyotga qanchalikxizmat qilishi bilan belgilanadi. Nazariy amaliy faoli­yat mohiyatidan kelib chiqib asoslanadi hamda amaliy faoliyat- ning yaxshiroq yo'lga qo'yilishiga xizmat qiladi. Biroq, amaii- yot ayni vaqtda bilimning to'g'rifigini tekshirish vositasi ham- dir. Nazariy g'oya, fikr amalivotda tekshirilgan va u orqali tas- diqlangandagina u inson bilimlarining muhim tarkibiy qismi- ga aylanadi.

Demak, bizga bilim amaliyotdan sezgi idrok, tasavvur va tafakkur asosida hosil bo'lishi va yana amaliyotga qaytib bo- rishida namoyon bo'ladi. Shuni alohida ta'kidlash joizki, bi­lim amaliyotga o'zining ilgarigi ko'rinishida emas, balki ancha boyigan ko'rinishda, ancha yuqori darajada qaytib boradi. Biz bu holni sxema tarzida quyidagi holatda ko'rishimiz mumkin





Bilish jarayonida bilim hosil bo'ladi. Bilim-odamlarning ijti-
moiy tarixiy amaliyot jarayonida to'plagan umumlashgan tajri-
basidir. Bilim obyektiv borliqni to'g'ri aks ettiradi. Eng to'g'ri
va mukammal bilimlar ham o'z navbatida doimiy emas, balki
ijtimoiy taraqqiyot jarayonida o'zgarib boradi.

Bilimlar asosida o'quvchilarning kuzatuvchanlik, tafakkur,


xotira singari bilish qobiliyatlari rivojlanadi, ularda e'tiqod
hosil bo'ladi, ilmiy dunyoqarashni shakllantiruvchi g'oyalar

tizimi tarkib topadi.





Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   260




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin