Maktabgacha pedag


Adabiyotlarni o'rganish metodi



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə9/260
tarix02.01.2022
ölçüsü1,71 Mb.
#39801
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   260
F

Adabiyotlarni o'rganish metodi - Pedagogik adabiyotlarni o'rganish jarayonida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni aks ettiruvchi, mutafakkir va ma'rifatparvar pedagog olimlarning asarlari, mustaqil O'zbekistonning iqtisodiyotiga, mafkurasi- ga va ma'naviyatga doir adabiyotlar, tadqiqot mavzusiga doir darsliklar, monografiyalar, risolalar va maqolalar, tadqiqot mavzusiga doir pedagogik, psixologik tadqiqotlar, dissertatsi- yalar o'rganiladi, umumlashtiriladi, xulosa chiqariladi.

Kuzatish metodlari - Kuzatish adabiyotlarni o'rganishdan keyin boshlanadi. Kuzatishni tadqiqotchi biror maqsadni ko'zda tutib tashkil etadi. Kuzatish rejalashtiriladi, uning das- turi tuziladi. Bunda kuzatish tezligi, soni, manzili, vaqti, vazi- yatni kuzatish, materiallarni qayd qilish muddati belgilana- di. Kuzatish muddatiga ko'ra ikki turga ajraladi: qisqa va uzoq muddatli kuzatish - qisqa kuzatish obyektning kundalik faoli- yatdagi o'zgarishlaridan ma’lum xulosaga kelish. Uzoq mud­datli kuzatish - qo'yilgan maqsad, reja va dastur asosida olib


31





borilib, ma’lum ilmiy, yakuniy xulosaga kelinadi. Kuzatishni yakuniy qayd qilishda kinosyomka, video yozuvi, televideniye va boshqa texnik vositalardan foydalanish mumkin. Kuzatish metodidan to'g'ri foydalanish o'quv-tarbiya jarayonining sa- maradorligini oshiradi. Yangi ijodiy faoliyatga boshlaydi.

Suhbat metodi - Tadqiqot mavzusining biror tomoni yo­ki hodisalari haqida bilib olish maqsadida mas’ul shaxslar bi­lan og'zaki savollar berilib, ulardan axborot olish jarayonidir. So'roqlar mavzu doirasida mantiqan mazmunli, tartibli, aniq ifodaga ega bo'lishi lozim va uni to'g'ri yoki noto'g'rililigiga qa- rab jadval tuzib natijasi aniqlanadi. Suhbat metodi jarayonida intervyu olish ham mumkin. O'rinli, mantiqan yuksak javoblar yoki noaniq javoblar magnit lentalariga yozib boriladi va tahlil etiladi.


Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   260




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin