Maktabgacha pedag



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə7/260
tarix02.01.2022
ölçüsü1,71 Mb.
#39801
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   260
F

\ f 'l IZ ."J ГГ. j v П t- П?«? г
17 ( f l> p v

5 f s r I!





Ta'lim jarayonida biror fan sohasida insoniyat tomoni­dan o'zlashtirilgan barcha bilimlarni o'rganish mumkin emas. Ta’lim jarayonida eng asosiy, eng muhim bilimlar, fanlarning asoslari o'rganiladi.

Ta'lim muassasalarida o'rganiladigan o'quv predmetlari so- ni o'z vazifalari va xususiyatlariga muvofiq tarzda ortib boradi. Bilimlarningamalda bir necha bor qo'llanilishi ko'nikmalarining hosil bo'lishiga olib keladi. Ko'nikma - bu o'zlashtirib olin- gan bilimlar asosida amalga oshiriladigan va amaliy jihatdan maqsadga muvofiq harakatlarga tayyorlikda ifodalangan ong- li faoliyatdir. Demak, ko'nikma muayyan faoliyatni tashkil etish yo'Hari va usullarini bilib, o'zlashtirib olish hamda o'z bilimlari- ni amalda qo'llay olishdir.

Ko'nikmalar muayyan vaziyatdagina emas, balki dastlabki shart-sharoitlar o'zgargan vaqtda ham ma'lum xatti-harakatlar qilish (hosil bo'lgan tajriba asosida) qobiliyati bilan tavsiflanadi.

Ko'nikmalarni bilimlar bilan aralashtirib yuborish yara- maydi. Har qanday ko'nikma asosida bilim yotadi. Bilimlar fi- kr-mulohazalarda, ko'nikma esa xatti-harakatlarda ifodalana- di. Xatti-harakatlar aqliy yoki jismoniy bo'lishi mumkin.

Malaka - muayyan usul bilan bexato bajariladigan, o'rganib qolingan avtomatlashgan ongli harakatdir.

Malaka bir xatti-harakatning o'zini bir xil sharoitda ko'p marta takrorlash natijasida hosil qilinadi. Malaka qanchalik puxta bo'lsa, odam ishni shunchalik tez yo'lga qo'yadi.

Malakalar turlicha bo'ladi, chunonchi, o'quv malakalari - o'qish, sezish, og'zaki hisoblash va boshqalar; mehnat malaka­lari ish qurollari bilan ishlash, materiallar hamda texnika bilan muomalada bo'lish va hokazolar; harakat malakalari-yurish, yugurish va boshqalar. Ko'nikma kabi malaka ham egallangan bilimlar asosida hosil qilinadi. Ko'nikma va malaka o'rtasida farqli tomonlari ham bor. Xususan, o'quvchilar tomonidan o'zlashtirilgan ko'nikma va malakalar har xil tavsifida bo'ladi.

Yuqorida aytib o'tilganidek, bilim, ko'nikma va malaka­lar ta’lim jarayonida tarkib topadi. Ta'lim - dialektik tarzda




18





taraqqiy etib boradigan ichki ziddiyatli jarayon bo'lib unda ikki tomon o'quvchi va o'qituvchi ishtirok etadi. Ta'lim berish o'quvchilarga bilimlar berish, ularda ko'nikma va malakalar hosil qilish, yangi haqiqatlarni ochishga yo'naltirilgan ijodiy, mantiqiy tafakkurni tarbiyalashdir.

MAKTABGACHA TA’LIM DIDAKTIKASI

Maktabgacha yosh davrining inson kamolotining keyingi rivojlanishidagi, bolani maktab ta'limiga tayyorlashdagi alohi- da roli maktabgacha ta'limning maqsadini belgilash, maktab­gacha yoshdagi bolalarni o'qitish metodlari va tashkiliy shakl- larini o'ziga xos mazmunini ishlab chiqishni, bolalarni har to- monlama kamolga yetkazishga o'qitishning rolini tadqiq qilish zarurligini shart qilib qo'ydi. Bu esa maktabgacha ta’lim didak- tikasi sohasining yaratilishiga olib keldi. Maktabgacha ta'lim didaktikasi bu - umumiy didaktikaning sohasidir.

Maktabgacha ta'lim didaktikasi - maktabgacha yoshdagi bolalar ta'limi va o'qitish nazariyasi hisoblanib, uning maqsa­dini belgilaydi, maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonla- ma rivojlantirish va ularni maktabdagi o'qishga tayyorlash- ni ta’minlovchi ta'limning mazmuni, metodlari va tashkiliy shakllarini ishlab chiqadi, Maktabgacha ta'lim didaktikasining asoschilari Y.A.Komenskiy va K.D.Ushinskiy tadqiqotlarida yoritilgan. Y.A.Komenskiyning "Onalar maktabi” nomli asari- da maktabgacha ta’limning maqsadi - atrof-muhit haqidagi oddiy bilimlarni o'zlashtirish, axloqiy odatlarni rivojlantirish va bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash ekanligini ta’kidlab, bolalarga beriladigan bilimlarning ilk dasturini belgilab ber- di. Olim rejani tarbiya va ta’limning boshlanishi maktabgacha yoshdadir, degan g'oyani ilgari surgan edi. K.D.Ushinskiy mak­tabgacha ta’limning vazifasi aqliy salohiyat va nutq qobiliyati- ni rivojlantirishdan, ularni maktabga tayyorlashdan iboratdir



  • deb ta'kidlaydi. Bunda u ko'rgazmalilikka, mashg'ulotlarning qiziqarliligiga tayanish zarurligini uqtiradi.





Y.A.Komenskiy va K.D.Ushinskiyning qimmatli mero- si o'tmish pedagoglari tomonidan maktab didaktikasini ish- lab chiqishda foydalaniladi. O'tmish pedagoglari maktabgacha yoshdagi bolalarning bilim olish huquqini - hayotni anglashga, dunyoqarashni kengaytirishga, bilim, ko'nikma va malakalar huquqini kafolatlash lozim deb ta’kidlaydilar. Ular bilimlarning aqliy rivojlanishi va nutqning o'sishida, o'yin va tasviriy faoli- yatlarni rivojlantirishda, atrofdagi voqelikka munosabatning shakllanishida muhim rol o'ynashini ko'rsatib o'tdilar.

Shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalari dasturiga kiritilishi zarur bo'lgan bilimlar doirasini belgilab berdilar. Bu- lar - tabiat, jamiyat, kishilar mehnati, buyumlar va materiallar haqidagi bilimlardir. Ularning ta'kidlashicha, bilimlar dasturi- ni barcha bolalar o'zlashtirib olishlari lozim va buning uchun bolalar imkoniyatlarini, ularni o'qitish metodlarini o'rganish, o'yin va mashg'ulotlarni ular bilan aloqadorlikda qo'llash lozimdir. Bu g'oyalar maktabgacha ta'lim didaktikasidagi tad qiqotlar yo'nalishini belgilab berdi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqini o'stirish naza- riyasini E.I.Tixeeva ilmiy jihatdan asoslab berdi. U buyum­lar, kishilar mehnati, tabiat hodisalari haqidagi bilimlar maz- munini kichik va katta maktabgacha yoshdagi bolalar yoshi- ni hisobga olgan holda belgilab, atrof-muhit haqidagi bilimlar bola lug'ati boyligini o'stirishdagi o'rnini, bolalar tasavvurla- rini shakllantirishga va qiziqarli mashg'ulotlar turlarini, ular­ni o'tkazish metodlarini ishlab chiqdi. Y.I.Tixeeva ta’limning ko'rgazmali bo'lishini, bolalar faoliyatiga tayanish zaruriyati- ni, uni o'yin bilan bog'liqligini isbotladi, o'qitish muayyan bi­limlar doirasi va nutq ko'nikmalarining tarbiyachi tomonidan berilishi va uni bolalar tomonidan o'zlashtirilishidan iborat faoliyat sifatida ifodalab berdi.

L.S.Vigodskiy (1896-1934) psixolog olim, maktabgacha ta'limning dasturiyligi haqidagi masalani ko'tarib chiqdi. U maktabgacha yoshdagi bolalarga mo'ljallangan bilimlar­ning muntazamlilik prinsipini asoslab, maktabgacha yoshda-




20





gi o'qish dasturining maktabdagi ta’lim dasturidan farqini yo- ritib berdi. U ta'limning maktabgacha yoshdagi bola kamolo- ti va uni maktabdagi ta'lim ishining mazmunini shundaygina ko'chirib qo'ymaslikka chaqirdi. XX - asrning o'rtalarida bo­lalarni maktab ta'limiga tayyorlash ehtiyoji tufayli maktabga­cha ta’lim didaktikasi muammolarni keng tadqiq qilish jara- yonlari avj oldi.

Maktabgacha ta'lim didaktikasining rivojlanishida maktab­gacha pedagogika sohasi bo'yicha olima A.P.Usova (1898-1965) tadqiqotlari, ta’lim prinsiplarining ahamiyati katta bo'ldi. U maktabgacha yoshdagi bolalarni o'yin, ta’lim, sensor tarbiya, pedagogik jarayonlarni va xalq amaliy ijodiyoti masalalarini il- miy jihatdan asoslab berdi, U maktabgacha ta'lim muassasa- sidagi o'quv jarayonlarning tashkiliy shakllari va metodlari- ni, bolalarni har tomonlama tarbiyalash va rivojlantirishdagi, ularni maktabga tayyorlashdagi ahamiyatini ko'rsatib berdi. Uning rahbarligida bolalar bog'chasi dasturi ishlab chiqilgan.

O'qitish jarayonida maktabgacha yoshdagi bolalarda shu yoshdagi bolalarga xos bo'lgan va katta yoshli kishilar faoliyat- iga kirgan - bilish hissi, obrazli tafakkur kabi qobiliyatlarini rivojlantirish g'oyalarini A.V.Zaporojes va N.N.Podyakovlar il- miy jihatdan tadqiq qildilar. Bu esa maktabgacha ta'lim muas- sasidagi ta'limiy jarayonni rivojlantiruvchi hisoblanadi.

Maktabgacha ta’limdagi qator tadqiqotlar natijasida maktab­gacha ta'lim metodikalariningbo'linish jarayonlari sodir bo'ldi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarga matematik bilim­lar berishning mazmuni va metodikasi. (A.M.Leushina), ona tili o'qitish va nutq o'stirish metodikasi (E.I.Tixeeva, A.M.Leushina, L.A.Penevskaya, Y.I.Radina va boshqalar), mak­tabgacha tabiatshunoslik metodikasi (N.N.Bistrov, E.I.Zalkind, P.G.Samorukova va boshqalar), tasviriy faoliyatga o'rgatish metodikasi (E.A.Flerina, N.P.Sakulina va boshqalar), musiqa tarbiyasi metodikasi (N.A.Metlov, N.A.Vetlugina va boshqalar), jismoniy tarbiya metodikasi (A.I.Bikova, M.Y.Kistakovskaya va boshqalar) ni ishlab chiqdilar.





Maktabgacha ta’lim didaktikasi muammolarini nazariy va amaliy tarzda ishlab chiqish maktabgacha ta’lim-tarbiya das- turida "Mashg'ulotlarda ta'lim berish” degan bo'lim ochish im- konini yaratdi.

Didaktika pedagogik fan sohasi sifatida o'qitishning mohiya- tini yorituvchi kategoriyalar va tushunchalar bilan ifodalanadi.

Maktabgacha pedagogikaning asosiy kategoriyalari: ta'lim, bilim (bilim, bilim olish), ko'nikma, malaka, ma’lumot, tarbiya, rivojlanish va shakllanishdir.

Kategoriya - fanning mohiyatini ifoda etuvchi eng muhim asosiy tushunchadir.

Ta’lim - bu ta'lim oluvchiga maxsus tayyorlangan mutaxas- sislar yordamida bilim berish va ulardagi ko'nikma hamda ma- lakalarini shakllantirish jarayoni bo'lib, bu bolaning shaxs si­fatida hayotga va mehnatga ongli ravishda tayyorlash vositasi.

Ta’limning asosiy vazifasi ta'lim oluvchini o'qitishdan ibo- rat. Shuningdek, u oila, ishlab chiqarish va ma’lumot berish vazifasini bajaradi.

Ta’lim berish - ta’lim beruvchining intellektual salohiyati- ni yuksaltirishga qaratilgan pedagogik faoliyat bo'lib, u shaxs- ning aqliy faoliyatini rivojlantirish, o'qish - o'qitish jarayonini mazmun - mohiyatining ongli ravishda anglab yetishlari orqa­li amalga oshiriladi.

Ta'lim - o'qitish jarayonida tarbiyalanuvchilar tomonidan egallangan bilim, ko'nikma, malakalarni o'zida ifoda etadi.

Bilim - bu ijtimoiy tarixiy ong, insoniyat hayoti davomi- da to'plangan, amalda sinovdan o'tgan va obyektiv dunyoni chuquroq anglashga, hamda o'zgartirishga yo'naltirilgan tabi­at, jamiyat, tafakkur va faoliyat usullari qonuniyatlari haqidagi ilmiy tushunchalarning yaxlit va tizimlashtirilgan majmuidir. Bilim o'z navbatida kundalik, ilmiy, emperik, nazariy bilimlar- ga bo'linadi.

Kundalik bilim - bu sog'lom fikrga va kundalik amaliy faoli­yat shakllariga aoslanadi. Insonning atrof-muhitga moslashuvi, uning hayotiy harakatlari va oldindan ko'ra bilish uchun asos




22





bo'lib xizmat qiladi. Uning vazifasi ta’lim - tarbiya jarayonini nazorat qilishga ko'maklashishdir. Ta’lim - tarbiyani uyushti- rishda nazariy, emperik va ilmiy bilimlar muhim ahamiyatga ega.

Ilmiy bilim - ta’lim tarbiyani takomillashtirish muammola- rini, yechimlarini topishda qo'l kelib, tizimni asosli va narsa - hodisalar mohiyatiga chuqur kirib boradigan bilimdir. U em­perik va nazariy darajada bo'ladi.

Nazariy bilim - emperik holatlarni tushuntirish, ya’ni narsa


  • hodisalar mohiyatini bilish imkonini beradigan qonunlarni ochishni nazarda tutadi.

Emperik bilim - bilishni kuzatish, o'lchash, tajriba usulla- rini qo'llash natijasi, U narsa - hodisalarning sifat va ko'nikma ko'rsatkichlarini ifodalaydi. Emperik ko'rsatkichlar orasida- gi bog'liqliklarning muntazam shakllanishi emperik qonun- lar yordamida ifodalanadi, ular ko'pincha ehtimoliy xarakter- ga ega bo'ladi.

Bilim - bilimni amalga oshiruvchi asosiy omil bo'lib, dunyoni bilishning negizini tashkil etadi va u tufayli ilm, fan, texnika - texnologiyalar rivojlanishi ta’minlanadi. Bilimga qo'yiladigan talablar:



  • Bilimning tushunarliligi;

  • Bilimni tushunishlik;

  • Bilimning mukammalligi;

  • Bilimning chuqurligi;

  • Bilimning operativligi;

  • Bilimning ixchamligi;

  • Bilimning aniqligi va umumiyligi;

  • Bilimning tizimiyligi.

Bilim olish - idrok etish, o'rganish, mashq qilish va egallan- gan tajriba asosida xulq va faoliyatda yangi shakllarningyuza- ga kelishi, mavjud bilimlarning o'zgarib, takomillashib, boyib borish jarayonidir.

Ta’lim mazmunining navbatdagi komponenti ko'nikma va malakadir.




23





Ko'nikma - bilim kabi harakatda, kishi biror natijaga eri- shish uchun har xil faoliyat turida izchil bajariladigan uslub- lar tizimidir.

U ongni faoliyat (harakat)ni tez, ta’linmi to'g'ri, ham jis- moniy va aqliy kuch sarflagan holda bajarish jarayoni natijasi- dir. U shaxsning bilimlar! asosida tarkib topadi. Harakat turlari bo'yicha u uch turga:



  • Harakat ko'nikmalari

  • Sensor ko'nikmalar

  • Aqliy ko'nikmalarga bo'linadi.

Ko'nikmalar muntazam mashq qilish (takrorlash) orqa­li zarur darajada saqlanadi. Ana shu bilan uning ta’lim-tarbi- yadagi ahamiyati beqiyosligini ko'rsatadi.

Ko'nikma - insonning ilgarigi tajribalari asosida muayyan faoliyat yoki harakatni amalga oshirish qobiliyatidir.

Ko'nikma - bu shunday aqliy va jismoniy harakatlar, usullar va yo'l-yo'riqlardan iborat bo'lib, ular yordamida rejalashtiril- gan maqsadga erishiladi yoki muayyan bir faoliyat amalga oshiriladi.

Ko'nikma - u yoki bu ishni bajarishning avtomatlashgan usuli bo'lib, ongli ishning bajarilishini nazorat qilishdan ozod qiladi va uni ishda qo'vilgan maqsadga qaratadi.

Inson faoliyatida ko'nikmalar malaka tarzida ham namoyon bo'ladi. Har qanday malaka ko'nikma bo'la oladi, lekin har qan- day ko'nikma malaka bo'la olmaydi. Ko'nikmalar avtomatlash­gan mohiyat kasb etsagina malaka bo'ladi.

Ko'nikmani inson faoliyati turlariga ko'ra quyidagi:



  • Mehnat ko'nikmalari;

  • Bilishga oid ko'nikmalar;

  • Aqliy faoliyatga oid ko'nikmalar;

  • O'quv faoliyatiga oid ko'nikmalar;

  • Nutqiy faoliyat ko'nikmalari;

  • Badiiy faoliyatga oid ko'nikmalar.


24





Insonning jamiyatda muomala va o'zini tutish ko'nikmalarda o'z aksini topadi, ko'nikmalar bilimlar asosida tarkib topadi va o'z ichiga avval orttirilgan malakalarni oladi.

Bu mashq qilish yo'li bilan shakllantirilgan puxta harakat- lar bo'lib, ko'nikma va murakkab harakatlar tarkibiga kiradi.

Ta'limning tarkibiy qismi sifatida shakllantirilgan malaka- lar o'z mazmuniga ko'ra murakkabdir. Bular jamiyatning hara- kat madaniyatini aks etgan harakat malakalari (yurish, yugu- rish, sakrash, mehnat va xat yozish malakalari), aqliy faoliya- tiga oid malakalar (hisob, o'qish, tashkil qilish va boshqaruv), xulq va muomala malakalari (jamiyatda o'zini tutish, muomala madaniyati), nutqiy malakalar (gap tuzish, nutqning muayyan ohangi, sur'ati, artikulyatsiya sofligini saqlash)dir.

Ko'nikma va malakalar maqsadga yo'naltirilgan faoliyat ja­rayonida shakllanadi. Ta'lim mazmunidagi asosiy jihat - zarur bilim va ko'nikmalarni mustaqil egallash, egallangan bilimlar hamda avval hosil qilingan ko'nikma va malakalar asosida vu- judga keladigan amaliy va nazariy masalalarni hal etish qobili- yatini shakllantirishdan iboratdir.

Ma’lumot - ta'lim-tarbiya natijasida olingan va tizim- lashtirilgan bilim, hosil qilingan ko'nikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarashlar majmuidir.

Turli manbalardan ma'lumotlar yig'iladi va ular o'z maqsad- vazifalari bo'yicha saralanadi (tizimlarga ajiratiladi) hamda ular tashkil etilib, foydalanishga tavsiya etiladi. Ma'lumot be­rishda nafaqat o'qitish, balki o'ziga mustaqil bilim olish, omma- viy axborotlar ta'sirida bo'lishi bilan birga insonning ilmiy tizi- mini egallashi, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish ko'zda tuti- ladi.

Ma'lumot - kishi sezgi a'zolari, asbobiar va boshqalar yor­damida qayd etiladigan, tashqi olamdan olingan belgilar to'plamidir.

Ma'lumot maqsadi - voqea va hodisalarning ifodalanishini o'rganish.




25





Ma'lumotning vazifalari - manba to'g'risida tavsifnoma olih, manba to'g'risida axborot tayyorlashga asosnoma hosil qilish, manba to'g'risida tasavvur paydo qilish va ularni keyingi faoli­yatga uzatish.

Tabiat va jamiyat taraqqiyotining barcha jabhalari ma’lu- motsiz faoliyat ko'rsata olmaydi, chunki ma'lumotlar orqali ax­borot paydo bo'ladi va ular manbalarni o'rgatish hamda ularni tashkil qilishda asosiy omil bo'lib hisoblanadi.

Ma'lumotlar berish - bu o'rganilayotgan obyektiv (ta’lim va tarbiya jarayoni, ta’lim-tarbiya oluvchilar va h.k)ning xususi- yatlari va xossalari haqidagi ma’lumotlarni ifodalash jarayoni bo'lib, uni obyekt to'g'risida sonli va sifatli ma’lumotlar aks et- tiriladi. Bu nafaqat o'qitish, balki mustaqil bilim olish, ommaviy axborotlar ta’sirida bo'lish bilan birga insonning ilmiy tizimni egallash, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish ko'zda tutiladi.

Tarbiya - ma’naviy manbalar va hozirgi zamon talablari va ehtiyojlarini nazarda tutgan holda o'qituvchining o'quvchi bi­lan, tarbiyachiningtarbiyalanuvchi bilan aniq bir maqsadga qa- ratilgan o'zaro ommaviy va nazariy muloqotdir.

Tarbiya - keng ma'noda u yoki bu sifatlarning yoki ijtimoiy guruhlarning maqsadiga muvofiq odamlarning yangi avlodlari- ga, awal avlodlarning ijtimoiy-tarixiy tajribasini uzatish vosita- si bilan jamiyatning rivojlanishini ta’minlovchi vazifadir.

Tarbiya maqsadi: talaba yoshlarda milliy g'oya va milliy mafkurani shakllantirishda ilmiy pedagogik tadqiqot metodla­rini qo'llash.

Tarbiya vazifasi: ma’naviy manbalar va hozirgi zamon ta­lablari va ehtiyojlarini nazarda tutilgan holda tarbiyalovchi bi­lan tarbiyalanuvchi aniq bir maqsadga qaratilgan tarbiyaning samaradorligi, tarbiyaning qanday metoddan foydalanishga bog'liqligidir,

Tarbiya jarayoni - shaxsni tarbiyalash, uni bilim olish- ga, mehnat qilishga undash va bu xatti-harakatini asta-sekin ko'nikmaga aylantirib borishdagi asosiy jarayondir.




26





Tarbiyaning xususiyatlari:

Tarbiyaviy texnologiyaning komplektlik xususiyati Tarbiyaviy texnologiyaning ierarxiyalik (mantiqiy ketma- ketlik asosida, uzviylik - uzluksizlik saqlash) xususiyati Tizimlilik xususiyati Yaxlitlik xususiyati

Rivojlanish - oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan yangi holatlarga o'tish, yangilanish, yangining pay- do bo'lishi, eskini yo'qolib borishi, miqdor o'zgarishining si- fat o'zgarishiga o'tishini ta’minlovchi, murakkab harakat jara- yoni sanaladi. Rivojlanishning manbayi qarama-qarshiliklar o'rtasidagi kurashlardan iboratdir, Bola shaxsining rivojlani­shi inson ijtimoiy mavjudotdir, degan falsafiy ta'limotga asosla- nadi. Bola shaxsi rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuni- yatlari, biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta'sir etadi. Tarbiya rivojlanishidagi muhim jarayon hisoblanadi. Tarbiya­ning samarali ta'sir etishi uchun o'sish va rivojlanish qonuni- yatlarini bilish va hisobga olish maqsadga muvofiqdir.

Shaxs rivojlanishida irsiyat, muhit, tarbiya bilan bir qator- da inson faoliyati ham muhim ahamiyat kasb etadi. Faoliyat in­son tomonidan tabiiy va ijtimoiy hayotni maqsadga muvofiq o'zgartirishga yo'naltirilgan ijtimoiy-tarixiy turmushning o'ziga xos shaklidir. Insonning qobiliyat va yoshi u tomondan tashkil etilayotgan faoliyat mohiyatiga ko'ra belgilanadi. Faoliyatning asosiy turi muloqotdir. Faoliyat faol va passiv bo'lishi mumkin.




27






Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   260




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin