Narx hech boimaganda xarajatni qoplashga yetarli bo'lishi kerak.
Masalan, yosh tadbirkor milliy qo'g'irchoqni yasab uni bozorga olib chiqadi, har bir qo'g'irchoqning tannarxi ya’ni tadbirkor sarflagan xarajat taxminan 10.000 so'm, unga bozor narxi 12.000 so'm qilib belgilanadi. Tadbirkorning har bir qo'g'irchoqdan oladigan sof foydasi 2 000 so'm. Talabga qarab,
262
narx-navoni oshirish yoki tushurish mumkin. Bu bolalar bilan o'ynaladigan "Biz bozorga boramiz” o'yinida aks ettiriladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga tadbirkorlik to'g'risidagi tushuncha berishda, tadbirkorlik mehnat faoliyatining bir turi ekanligi, bu g'oyat mas’uliyatli mehnat turi ekanligi tushuntiriladi.