Tadbirkor - bu shunday insonki, u o'zida bo'lgan pul mablag'laridan, ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan ishlab
263
chiqarish qurollari, mahsulotlar bilan aholi uchun turli ijtimoiy xizmatlar ko'rsatishni tashkil qiluvchi shaxsdir.
Tadbirkor - bu tartib bilan puxta o'ylab ish qiladigan, ya’ni ishbilarmon shaxs.
Hamma ham tadbirkor bo'lavermaydi. Tadbirkor doimo o'zining fikr-mulohazalari bilan yangilik yaratishga, ya'ni ishlab chiqarish tashkil etishga, yangi iste’mol mahsulotlarini yaratishga yangi texnika va texnologiyalarini yaratish orqali o'z qo'lida ishlayotgan xodimlarning mehnatlarini yengillash- tirish, ishlab chiqarish harakatlarini kamaytirishga intiluvchi shaxs hisoblanadi,
O'zbekistondagi quyidagi tadbirkorlik turlari mavjud.
Yuqorida ko'rsatib o'tilgan tadbirkorlik turlaridan biz maktabgacha taiim muassasasida bolalar bilan tashkil etiladi- ganjamoaviyguruhiy tadbirkorlik elementlaridan "Qo'g'irchoq” mashqini misol keltirishimiz mumkin. Maktabgacha yoshdagi bolalar o'z munosabatlarida "Mening dadam firmada ishlaydilar”, "Mening dadam biznesman” degan so'zlarni ko'p qoilaydilar.
264
Firma - bu tovar ishlab chiqaruvchi korxona. U nafaqat moddiy tovarlarini, shuningdek xizmatlarni ham yaratadi va qimmat bozorga chiqaradi.
Firma - iqtisodiyotimizning muhim boshlang'ich bo'g'ini bo'ib, unda ishlab chiqarish yuz beradi, ishlab chiqarish omillari harakatga keladi. Rivojlanayotgan tezkor davrda respublika- mizda yashayotgan har bir fuqaro keksa-yu yosh "biznes" degan terminga duch kelmoqda. Xo'sh, biznes so'zini qanday tarzda tashkil etish mumkin?
Biznes so'zi inglizchadan “tadbirkorlik harakati" deb tarjima qilinib, mulkka ega fuqarolarning daromad keltiruvchi faoliyatidir.
Biznes - bu harakat, ish demakdir. Bu oddiy va tekin ish bo'lmasdan, balki kishilar o'rtasidagi ishbilarmonlik munosabatlari orqali yuzaga keladigan harakatdir.
Biznes - o'z ehtiyojini qondirishga qaratilgan faoliyatdir.
Biznes uzoq davrni qamrab oluvchi taraqqiyot yo'Iini bosib o'tgan. XX asrning o'rtalaridatizim tasnifiga ega bo'ldi.
nBiznes bu ishlab chiqarishni tashki etish, iqtisodiy faoliyat va munosabatlar, pul ishlab topishdir. Biznes - bu tijorat, savdo, ferma, ishbilarmonlik, epchillik demakdir. Biznes tizimi iqtisodiy tizimning tarkibiy qismi hisoblanib, davlat tomonidan taribga solinadi. Biznes ishi bilan shug'ullanuvchilar biznesmenlar deb ataladi. Yaqin davrlargacha biznesmen degan ishbilarmon kanitalist, har qanday ishdan o'zi uchun daromad qiluvchi o'zini boyitish uchun hech qanday yoidan qaytmaydigan kishilar shug'ullanadi. Bozor iqtisodiyotiga o'tish natijasida bu kungacha boshqacha tus oldi va biznes deganda bozor iqtisodiyoti sharoitida foyda olish maqsadida mahsulot ishlab chiqarish va sotishga qaratilgan iqtisodiy faoliyat bilan shug'ullanuvchilar tushunila boshlandi. XVII asr oxirida "biznesmen” so'zi birinchi marotaba Angliya iqtisodiyotida paydo bo'lib, u “mulk egasi” ma'nosini bildiradi.
11 Qodirov A., Mamaraimov Q., Tursunov I. Biznes va tadbirkorlik asoslari. Toshkent, 2011. 41,90-bet.
265
Biznesmen - bu dadil, muhim va murakkab maqsadlarni ro'yobga chiqarishga jazm etib, yangi g'oyalarni amalga oshirish bilan bog'liq bo'lgan mas'uliyatni o'z zimmasiga olgan, tavakkal ish yurituvchi shaxsdir.
Biznesmen - bu doimo o'z ishining fidoyisi, bilimdon kishidir. U, avvalo, biznes ishini qanday amalga oshirishni, qanday sharoitda amaliy harakat qilishni, tadbirkor oldida uchraydigan to'siqlarni hal qilish yo'llari va qanday yutuqlarga erisha olishni bilishi kerak. U ishlab chiqarishni tashkil etish, mahsulotni sota bilish, bozor munosabatlari sharoitida vujudga keladigan sharoitlarni to'g'ri baholay bilishi, to'g'ri yo'l tanlay olishi lozim. Har bir biznesmen faqat o'z kuchiga, bilimiga ishonishi va suyanishi kerak.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va O'zbekiston Respublikasi "Tadbirkorlik to‘g'risida"gi qonunga muvofiq ''balog'at yoshiga yetgan har bir fuqaro o'z mulkiga yoki mulk egasining vakolati asosida qonunga zid bo'lmagan faoliyat turi bilan shug'ullanishi mumkin.”
Biznes faoliyatini tanlash, uni tashkil etish va rivojlantirish mohiyati jihatidan davlat, jamiyat ahamiyatiga ega bo'lgan ish bo'lib, u erkin tanlangan faoliyatdir.
Yuqorida ko'rib chiqilgan iqtisodiy tushunchlar negizida vaqt tushunchasi alohida o'rin egallaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni vaqt tushunchasi bilan tanishtirish asosan matematika mashg'ulotlarida amalga oshiriladi. Kattalar tomonidan ishlab chiqarishda mehnat unumdorligi yuqori bo'lsa, vaqtning qadri oshadi, chunki vaqt birligida shunchalik ko'p mahsulot va xizmat yarataish shu tufayli ko'proq pul topish imkoniyati yaratiladi. Vaqt - bu pul demakdir, degan shiorning ham ma'nosi mana shunda.
Iqtisodiy tushunchalar: moddiy, mehnat, informat-
sion resurslar, ishlab chiqarish, tadbirkorlik bozor, biznes,
biznesmen, bank, pul, tovar, narx, firma.