aytganda interfaol o'yinlar orqali kelajakda har bir bola uchun zamin boigan ijobiy sifatlar shakllantiriladi. Interfaol o'yinlarni samarali o'tkazish uchun quyidagi qoidalarga e'tibor berish lozim: Mashg'ulot oldidan bolalar o'yin qoidalari va mazmunini qay darajada tushunganliklarini aniqlash.
Bolalarning yosh xususiyatlari va bir-birlariga boigan munosabatlarini hisobga olish.
Har bir bolaning qobiliyati va psixologik xususiyatlarini e'tiborga ohsh.
O'yin jarayonida bolalarga qiziq bo'lgan materiallardan foydalanish.
Diqqat va e'tiborni jalb etadigan uslublarni izlab topish.
Bolalarga rollarni to'g'ri taqsimlash.
O'yindan qanday maqsadda foydalanish mumkinligini bilish.
O'yinning asosiy bosqichlari haqida tasawurga ega bo'lish va natijalarini prognoz qilish.
Pedagogik nuqtayi nazardan to'g'ri tashkil etilgan o'yin bolaning axloqiy irodaviy xususiyatlarini shakllantirish bilan birga unda bilim olishga, atrofdagi olam sirlarini ochishga qiziqish uyg'otadi. Shuning uchun maktabgacha taiim muassasalarida o'yin texnologiyalaridan keng foydalanish kerak.
O'yinlar texnologiyasi tushunchasi pedagogik texnologiyaning tarkibiy qismidir. O'yin texnologiyasi an’anaviy tarz- dagi o'yin metodidan o'zining aniq maqsadi, amalga oshirish kerak boigan jarayonlarning mantiqiy ketma-ketligi va o'zaro bogiiqligi, oldindan belgilangan natijalarga erishish kafolati bilan farq qiladi.
Xulosa qilib shuni ta’kidlash kerakki, yuqoridagi nazariy asoslardan foydalanish maktabgacha ta'lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.