III. Maktabgacha yoshdagi bolani maktabda o'qishga jismoniy tayyorgarligi
Maktabda o'qishga tayyorgarlik bu - bolani maktabda muvaffaqiyatli o'kishi uchun asosiy negiz hisoblanadi. Maktabga borish munosabati bilan bolaning kun tartibi, turmush tarzida jiddiy o'zgarishlarning paydo bo'lishi, darslarning davomiyligi jismoniy zo'r berishni keltirib chiqaradi. Maktabga jismoniy tayyorgarlik quyidagi omillarga bog'liq:
382
Bola salomatligining yaxshi boiishi;
Bola organizmining chiniqqanligi;
Maium darajada chidamliligi va ish qobiliyati;
Kasalliklarga qarshilik ko'rsata olish xususiyatlariga bog'liq.
Bu bolaning jismoniy va nerv-psixologik uyg'un rivojlanganligi, morfologik va fiziologik rivojlanishining yosh ko'rsatkichlariga muvofiqligi (yoki birmuncha ilgariligi).
Maktabgacha taiim muassasasida bolalarni jismoniy jihatdan tarbiyalashda:
Jismoniy mashqlar va jismoniy o'yinlar;
Ertalabki badantarbiya mashqlari;
Asosiy harakatlar (yugurish, sakrash, tashlash, ilib olish, irg'itish, emaklab yurish, tirmashib chiqish, muvozanatni saqlash) mashqlari;
Umumrivojlantiruvchi mashqlar (qoi va yelka, oyoq, gavda uchun mashqlar, saflanish va qayta saflanish, velosipedda uchish va suzish);
Chiniqtirish va sogiomlashtirish - gigiyenik badantarbiya mashqlari, chiniqtirish, qomatni to'g'ri tutish ko'nikmasini tarbiyalash;
Ochiq havodagi sport o'yinlari (sakrab o'ynaladigan, irg'itib, ilib olib o'ynaladigan o'yinlar);
Ermak o'yinlar;
O'zbek xalq harakatli o'yinlari o'ynaladi.
Shuningdek, gigiyena va o'z-o'ziga hurmat:
Uxlash gigiyenasi;
Shaxsiy gigiyenasi;
Ovqatlanish gigiyenasi;
Madaniy gigiyenik ko'nikmalarni aniqlash va o'z~o‘zini hurmat qilish (o'ziga xos gigiyena, shikastlanishni oldini olish).
Maktabga tayyorlashda maktabgacha yoshdagi bolalarda mayda matorikani rivojlantirish (ushlash, yopish, qirqish, bo'lish), qoi barmoqlari va qoilarni ishlatish alohida o'rin egallaydi. Bu bolani maktabda yozuvni muvaffaqiyatli egallashi
383
uchun zaminhozirlaydi. Jismoniy tayyorgarlik bolada maktabga yetuklikni shakllantirishning zaruriy sharti hisoblanadi. Maktabgacha yetuklikni aniqlashda bola sog'lig'ining holati va organizmning biologik yetukligini baholash (antropometrik ko'rsatkichlarga: suyak, mushak, nafas olish va yurak-qon tomir tizimining) rivojlanganligini nazarda tutuvchi ko'p omilli tahlil, fiziologik funksiyalarning rivojlanishi darajasini baholashdan iborat. Bularga:
Partada uzoq vaqt o'tirish uchun zarur bo'ladigan tormozlash qobiliyatining rivojlanganligi;
Harakatlarini yaxshi boshqara olish (yozish, rasm solishga aloqador grafik vazifalarni bajarishda barmoqlarning mayda harakatlari);
Ijobiy va tormozlanishga xos shartli aloqalarni nisbatan tez hosil qilish hamda mustahkamlash;
Ikkinchi signal tizimining yetarlicha rivojlanganligi.
Bu davrda bolaning bo'yi 120 sm ga yetadi, og'irligi 22-24 kg bo'lishi jismoniy norma hisoblanadi.
Kun tartibi, chiniqtiruvchi muolajalar, muntazam jismoniy tarbiya mashg'ulotlari, xilma-xil harakatli o'yinlar va jismoniy mashqlar faol harakat tartibi bolalarni maktabda o'qishga jismoniy tayyorgarligini ta'minlashning zaruriy shartlari hisoblanadi.