Maktabgacha pedag


Maktabda o'qishga tayyorgarlik



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə111/260
tarix02.01.2022
ölçüsü1,71 Mb.
#39801
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   260
F

Maktabda o'qishga tayyorgarlik - bu maktabgacha ta’lim muassasasi va oilada bolalarga berilgan ta'lim-tarbiyaning muhim natijasidir. U maktab bolaga qo'yadigan talablar majmuyi orqali aniqlanadi. Bu talablarning o'ziga xos tomoni o'quvchining yangi sotsial-psixologik o'rni, u bajarishi lozim bo'lgan yangi vazifa va burchlarni o'zida mujassam qiladi,

Maktabda o'qishga tayyorgarlik tushunchasi.

Bola hayotida maktabdagi o'qitish jarayoni atrofdagilar bilan munosabat tizimini o'zgarishiga aloqador muhim davrdir. Bunda ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan o'quv faoliyati bola hayotida markaziy o'rinni egallaydi. Bunda erkin o'yin faoliyatini farqli ravishda majburiy faoliyat egallaydi. Endi 1-sinf o'quvchisidan quyidagi jiddiy munosabatlar talab etiladi:

  • Ta’lim faoliyatining yetakchi turi sifatida bolalar kundalik hayot jarayonini qayta quradilar;

  • Kun tartibi o'zgaradi;


374



  • Erkin o'yinlar vaqti qisqaradi;

  • Bolaning mustaqilligi va uyushganligi, uning ishchanligi, intizomliligiga talab ortadi;

  • O'quvchining o'z xatti-harakati, majburiyatlarini bajarishga mas'uliyati ortadi.

O'quvchining bu yangi holati uning shaxsini alohida ma'naviy jihatdan yo'nalganligini yaratadi. Unda o'z Vatani, oilasi va kishilar oldidagi burch va majburiyatlarni anglay olish, mamlakat taraqqiyotiga o'z hissasini qo'shish kabi ijobiy sifatlar rivojlanib boradi. O'quvchi o'zining jamiyat uchun kerakligini tushuna boradi.


Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   260




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin