konstruksiyalar hosil qilish, tabiiy materiallardan, qurish- yasash materiallaridan, konstruktorlik detallarni, qurilish materiallaridan konstruksiyalar hosil qilish va badiiy qo'l mehnati o'rgatiladi.
Musiqa mashg'ulotlarida:musiqa tinglash, musiqiy-ritmik harakatlar, qo'shiq aytish, bolalar cholg'u asboblarida chalish, turli harakatli o'yinlar o'rgatiladi.
Shuningdek, Ona Vatan, mashhur sarkardalar, buyuk siymolar, xalq amaliy san'ati, an'anaviy bayramlar, kattalar mehnati, transport va aloqa vositalari, buyumlar haqida bola o'z tanasining qismlarini o'rganish orqali boshlang'ich sinf ta'limiga tayyorlanadi. Bu bilim va ko'nikmalar bolalarni 1-sinfdagi tegishli o'quv fanlarini egallashlari uchun tayyorgarliklarini tashkil qiladi.
Ko'pchilik psixolog-pedagog olimlarning (A.M.Leushina, D.B.Elkonin, L.E.Jurova, F.R.Qodirova) ta'kidlashicha, maktabgacha ta'lim muassasasida va maktab ta’limidagi o'qitishdagi bog'liqlik maktabda fanlarni o'qitish uchun zamin yaratishga xizmat qiladi. Shunday qilib maktabdagi o'qishga aqliy tayyorgarlik bolalarni aqliy va nutqiy rivojlantirishning o'zaro bog'langan tarkibiy qismlaridan tarkib topadi. Bilish faoliyati, bilish qiziqishlari, bola tafakkuri usullari, atrof-olam haqidagi anglangan, tizimlashtirilgan tasavvurlar hamda elementar tasavvurlar, nutq va elementar o'quv faoliyati umumiy darajasining birligi bolalarda maktabdagi o'quv materialini egallashga aqliy tayyorgarlikni vujudga keltiradi.