Maktabgacha pedag


Maktabda o'qishga axloqiy-ma'naviy tayyorgarlik tushunchasi



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə113/260
tarix02.01.2022
ölçüsü1,71 Mb.
#39801
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   260
F

Maktabda o'qishga axloqiy-ma'naviy tayyorgarlik tushunchasi - bola o'z xatti-harakat, iroda, hissiyotlar, insonlarga nisbatan muloqot qilishda o'z fikrini ayta bilishi, o'zini shaxs sifatida anglashi, o'qituvchi va sinfdagilar bilan o'zaro munosabatlarini axloqiy asosda qurishga imkon beradigan darajada erishish tushuniladi.

Maktabdagi axloqiy-ma'naviy tayyorgarlik mazmuni o'quvchi tutgan o'rindan kelib chiquvchi bola shaxsi va xulqiga qo'yiladigan talablariga nisbatan aniqlanadi. Bu talablar:

  • Tartibli va intizomli bo'lish;

  • O'quv jarayonini mustaqil va mas’uliyatli bajarish;

  • O'z xatti-harakati va faoliyatini boshqarish;

  • O'qituvchi va o'quvchilar bilan o'zaro munosabatlarda madaniy xulq qoidalariga rioya qilish;

  • Maktab mulkiga tartibli va ehtiyotkorona munosabatda bo'lish.

Bu talablarni bajarishga tayyorgarlik, avvalambor, oilada, maktabgacha ta’lim muassasalarida olib boriladigan maqsadli, tizimli ta’lim-tarbiyaviy jarayonda amalga oshirilishi lozim.

Axloqiy-ma’naviy tayyorgarlik maktabgacha yoshdagi bola shaxsiy xulq-atvori rivojining muayyan darajasida namoyon bo'ladi. Bunda o'quvchi bilan ishlashda quyidagilarni hisobga olish zarur:

  • Xulq-atvorni ongli boshqarishga ko'maklashish;

  • Dafatan asabiylashib ketishga erk bermaslik;

  • Kutilgan maqsadga erishishda qat'iyatni namoyon etishdagi yordam.

Bo'lajak o'quvchi xulq-atvoridagi ixtiyoriylikning rivojla­nish asosini Maktabgacha ta'lim yoshi oxiriga kelib tarkib


376





topadigan sabablar iyerarxiyasi, o'zaro bo'ysunuvchilari tashkil etadi. Sabablarning o'zaro bo'ysunganligi bu yoshdagi bolalarning ushbu daqiqadagi o'z ishtiyoqlarini ma'naviy ahamiyatli maqsadlar yo'lida yengish uchun irodaviy, ongli intilishga aloqadordir. Maiumki, maktabgacha yoshdagi bolani xulq-atvori ixtiyoriylikning yuqori darajasi bilan ajralib turadi, ammo bu davrda maktabdagi yangi xulq-atvor turiga o'tishni ta’minlaydigan ixtiyoriy xulq-atvor mexanizmining tarkib topishi muhimdir. Ma’naviy-axloqiy tayyorgarlikning qaror topishida quyidagi uch jihat:


  • Mustaqillik;

  • Uyushganlik;

  • Intizomlilik muhim ahamiyat kasb etadi.

Maktabgacha yoshdagi bolada mustaqillikni tarbiyalash

va shakllantirish maktabgacha ta'lim muassasalarida amalga oshiriladigan barcha ta'lim-tarbiyaviy jarayonlarda o'z aksini topadi. Bola maktabda o'z xulq-atvori va boshqa jarayonlarda mustaqil boiishga intiladi. Mustaqillik bilan uzviy bog'langan xulq-atvordagi uyushganlik va intizomlilik bola xulq-atvoridagi maqsadga yo'nalganlik, ongli ravishda o'z xatti-harakatini tashkil etish va uni nazorat qila olish kabi qobiliyatlar tarkib topadi. Bu esa bolaning ma’naviy-axloqiy jihatdan maktab taiimiga tayyor ekanligni bildiradi. Maktabgacha yoshdagi bolaning o'z tengqurlari va kattalar bilan o'zaro munosabatlarini qoidalarga muvofiq ravishda tashkil etish - ma'naviy-axloqiy tayyorgarlikning muhim tarkibiy qismidir. Bunda maktabda o'qish jarayonida o'z tengqurlariga nisbatan xayrixoh, xushmuomalalik, g'amxo'rlik bildirish va hurmat bilan munosabatda bo'lish, tashkilotchilik ko'nikmalari shakllanadi. Shuningdek, o'quvchi bilan o'qituvchining o'zaro munosabatida, o'qituvchining bahosi - o'quvchi bilimi va uni o'quv majburiyatlarini bajarish sifatining holis mezoniga aylanadi.

Maktabgacha axloqiy-irodaviy tayyorgarlik - bola ongi va axloqiy-hissiy rivojining muayyan darajasi bilan ham


377





ifodalanadi. Bunda bolaning ijtimoiy-hissiy rivojlanishi kattalar va tengdoshlariga nisbatan o'zaro hurmat bilan qarash, kattalar bilan muloqot qilish doirasini kengaytirish, taassurotlari bilan o'z hissiyotlarini o'rtoqlasha olish nizoli vaziyatlardan mustaqil chiqa olish, jamoada o'zini tuta bilish va o'z xatti-harakatini tanqidiy baholay olish kabi axloqiy hissiyotlar va axloqiy o'z-o'zini anglash bola tomonidan o'quvchining yangi ijtimoiy-psixologik mavqeyini ko'tarinki ruh bilan qabul qilishni, o'quv mashg'ulotlarini bajarishning muhimligini tushunishni ta'minlaydi. Bu esa o'quvchilarda o'z vatani oldidagi shaxsiy mas'uliyat hissiyotini uyg'otishda asos bo'ladi. Bolaning axloqiy-irodaviy tayyorgarligi uning mehnatga nisbatan munosabatida ham o'z aksini topadi. Bu mehnat qilish ishtiyoqi, to'g'ri va tartibli bajarilgan mehnatdan qoniqish hissiyoti, atrofdagilar mehnatiga hurmat va zarur mehnat ko'nikmalarini egallashdir.


Bo'lajak o'quvchi mustaqil tartibli kiyinishi, o'z narsalari, o'quv anjomlarini saranjom saqlash, orasta bo'lib ko'rinishi kabi mehnat ko'nikmalarini u oilada va maktabgacha ta’lim muassasasida egallagan ko'nikmalariga tayangan holda amalga oshiradi. O'quvchini o'qitishda u maktabgacha ta’lim muassasasida egallagan birgalikdagi mehnat malakalari ishni rejalashtirish, vazifalarni taqsimlash, o'z holatlarini o'rtoqlari bilan kelishish, ishni oxiriga yetkazish katta o'rin egallaydi.

Xulosa qilib, bolaning maktabda o'qishga ma’naviy-axloqiy tayyorgarligi uni maktab yillarida axloqiy-irodaviy rivojlanti- rishning muayyan yakuni sifatida namoyon bo'ladi. U maktab ta'limi nuqtayi nazaridan bola shaxsi va xulq-atvorining o'z mazmuniga ko'ra bolaning maktab sharoitiga moslashish, o'z majburiyatlarini mas’uliyatli bajarish, o'qituvchi va o'quvchi­larga nisbatan axloqiy munosabatini shakllantirish uchun zamin tayyorlaydi. Ma'naviy-axloqiy tayyorgarlik bolani mak­tabda o'qishga aqliy va jismoniy tayyorgarligi bilan uzviy aloqadordir.


378



  1. Bolaning maktabda o'qishga aqliy tayyorgarligi

Bolalarni maktab taiimiga aqliy jihatdan tayyorgarligining ahamiyati o'quv faoliyatining yetakchi turi hisoblanadi. Bu o'quvchilardan jiddiy aqliy mehnatni, aqliy qobiliyatni va bilish foaliyatini talab qiluvchi o'quv jarayonida kelib chiqib belgilanadi.

Maktabga aqliy tayyorgarlik quyidagi tarkibiy qismlardan tarkib topadi:

  1. Bolada atrof-olam haqida yetarlicha keng bilim boyligining mavjudligi. Bilimlarning bu zaxirasi o'qituvchi ishini tashkil etishda zaruriy asos hisoblanadi;

  2. BolalarbilimlariningyetarlidarajadahisoblashtirilganIigi. Bu bola voqelikning nisbatan yirik sohalarini (jonli va jonsiz tabiat, inson faoliyati, narsalar olami va h.k.) ayrim tomonlarini farqlay olishi;

  3. Bola egallagan bilimlarining sifati. Bunda bilimlarning si- fat ko'rsatkichi, ongli ravishda egallanganligi, tasavvurlarning aniq va tabaqalashtirilganligi, oddiy tushunchalar mazmuni va hajmining toiiqligi, muntazamlilik (funksional, makon va zamon munosabatlari, sabab, oqibat va shu kabilarni aks ettira bilish qobiliyati).

  4. Bolaning bilish faoliyatining muayyan darajada rivojlanganligi. Bunda bilish jarayonlarining o'sib boruvchi ixtiyoriyligi: mavzuni ma'no jihatidan ixtiyoriy eslab qolish va takror ifodalash, narsa va hodisalarni rejali idrok etish, amaliy masalalarni maqsadga muvofiq hal etish qobiliyati, bilish jarayonining sifatini oshirish, sezgilarning aniqligi, idrokning toiiq va tabaqalashtirilganligi, eslab qolish va takror ifodalashning tez va aniqligi, bolada atrof-olamni bilish munosabatlari, bilimlarni egallash va maktabda o'qishga intilishning mavjudligi muhim ahamiyatga ega. Psixolog olimlarning (L.I.Bojovich, L.A.Venger, A.A. Lyublinskaya) fikricha, maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olishga bo'lgan qiziqishni, ishtiyoqni, o'qishga va maktab qoidalarini bajarishga istakni tarbiyalash, maktabga ijobiy munosabatni,


379





kitobga qiziqishni tarkib toptirish, o'quvchilarda barqaror o'quv qiziqishlari va maktabdagi o'quv jarayoniga mas'uliyatli munosabatni hosil qilishning muhim zamini hisoblanadi.


Bo'lajak o'quvchini maktabga aqliy tayyorgarligida - tafakkur faoliyatining umumiy darajasi muhimdir. Bunda maktabgacha ta’lim muassasasidagi ta'Iim-tarbiyaviy va pedagogik sharoitlarda olib boriladigan har tomonlama ishlar asos hisoblanadi. Bolalarning tafakkur faoliyatlarini shakllantirishda tahlil qilish, sintez, oddiy umumlashtirish, qiyoslash qobiliyatlari tarkib toptiriladi.

Aqliy faoliyatning elementar mustaqilligini ta'minlashda bola o'z amaliy faoliyatini mustaqil rejalashtirish va uni reja asosida amalga oshirish ko'nikmasi, oddiy bilish vazifasini qo'yish va uni hal eta olish ko'nikmalari rivojiantiriladi.

Bolalar muntazam ta'lim olish jarayonida, maktabgacha davrning oxiriga kelib, o'quv faoliyatining asosiy tarkibiy qismlarini:

  • Tushunarli o'quv vazifasini qabul qilish;

  • Tarbiyachining ko'rsatmalarini tushunish va aniq bajarishni;

  • Kattalar tomonidan ko'rsatilgan usullardan foydalangan holda ishni bajarish va natijaga erishish;

  • O'z xatti-harakati, xulq-atvori, faoliyati va topshiriqlarni bajarish sifati ustidan nazorat qilish ko'nikmasi;

  • O'zining va boshqalarning ishlariga tanqidiy baho bera olish qobiliyatlarini egallay olishlari;

  • Tarbiyachi tomonidan qo'yilgan ma'lum talab va qoidalarga ongli ravishda bo'ysunish ko'nikmasini tarkib toptirish zarurdir.

Maktabga aqliy tayyorgarlik quyidagi ko'nikmalar asosida amalga oshiriladi:

  1. Nutq, o'qish va savodga tayyorgarlik;

  2. Bilish jarayoni: atrof-olam to'g'risidagi bilimga ega bo'lish va uni anglash.

  1. Elementar matematik bilim va ko'nikmalar;


380



  1. Tasviriy faoliyat;

  2. Musiqa.

Nutq o'stirishda:

  • Nutqning tovush madaniyatini shakllantirish;

  • Lug'at ustida ishlash;

  • Nutqning grammatik tuzilishini shakllantirish;

  • Bog'lanishli nutqni shakllantirish;

  • Ijodiy hikoya qilish;

  • Badiiy adabiyot bilan tanishtirish ishlari olib boriladi.

Nutqning qanchalik yuqori darajada rivojlangan bo'lishi

bolaning maktabga aqliy tayyorgarligining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Ona tilidagi hamma tovushlarni aniq talaffuz qilish, lug'atning boyligi, o'z fikrini mantiqiy grammatik to'g'ri bayon qila bilish, madaniy nutq muomalasi - bularning barchasi maktabda muvaffaqiyatli o'qishning zaruriy sharti hisoblanadi. Shuningdek, kesma harflar yordamida tovush- harf tahlil va sintez bo'yicha mashqlarni bajarishga o'rgatish, kesma harflardan bo'g'in tuzdirish va o'qitish, unli va undosh tovushlar xususiyatlari, o'z ismini va 2-3 ta so'zlarni bosma harflarda mustaqil o'qishga o'rgatib boriladi. Bu tayyorgarlik davridagi tushunchalar maktab davrida mustahkamlanib, chuqurlashtirib boriladi.

Elementar matematik bilim va ko'nikmalar bo'limida

  • son-sanoq, kattalik, geometrik figuralar, tevarak-atrofni moijalga olish, vaqtni chamalash, qurish-yasash faoliyatlari orqali amalga oshiriladi. Bolalarda pul qiymatlari, narx, plastik kartochka, terminal haqida dastlabki tushunchalar beriladi. Yil fasllari, yil taqvimi, hafta kunlari, soat turlari bilan tanishtiriladi.

Tasviriy faoliyat mazmuni yanada murakkablashadi. Inson qiyofasi detallashtirilgan holati, san’at asarlari bilan tanishtiriladi. Bunda predmetli va voqeaband rasm chizish, bezakli rasm, plastilin (loy) bilan ishlash, aplekatsiya, qurish- yasash, qurilish materiallarini konstruksiyalash, qog'ozdan



Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   260




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin