Maktabgacha pedag


Mavzu yuzasidan test topshiriqlari



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə109/260
tarix02.01.2022
ölçüsü1,71 Mb.
#39801
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   260
F

Mavzu yuzasidan test topshiriqlari:

  1. O'yin qanday turlarga boiinadi?

  1. ijodiy, qoidali

  2. syujetli-rolli, sahnalashtirilgan v) qurish-yasash, didaktik

g) harakatli, qoidali

  1. O'yin MTMlarda qaysi paytlarda o'tkaziladi?

  1. ertalab nonushtagacha, nonushtadan keyin

  2. mashg'ulot o'rtasida, uyqudan keyin v) sayr vaqtida

g] hamma javoblar to'g'ri

  1. O'yinchoqlarga qanday talablar qo'yiladi?

  1. pedagogik, gigiyenik, badiiy talab

  2. psixologik, gigiyenik talab v) pedagogik, psixologik talab g] estetik talab


366



  1. Harakatli o'yinlar qachon rejalashtiriladi?

  1. ertalabki va kechki sayr soatlarida kuniga 1-2 marta

  2. ertalabki gimnastika vaqtida v) kunning ikkinchi yarmida

g) mashg'ulotlar vaqtida

  1. Hozirgi pedagogik adabiyotlarda o'yinchoqlar qanday turlarga bo'linadi?

  1. syujetli, didaktik, qurish-yasash, sport, motorli

  2. texnika, harakatli

v) yumshoq o'yinchoqlar g) qurish-yasash


367





  1. BOB. MAKTAB TA'LIMIGA TAYYORLASH Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashning nazariy asoslari

Respublikada maktabgacha ta’lim tizimi bo'yicha qabul qilingan Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat talablari, "Ilk qadam” tayanch dasturi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashdek zarur ishni ta'minlaydi. Ya’ni, bu o'rinda maktabgacha ta’lim muassasasi va maktab ishidagi izchillik katta ahamiyat kasb etadi. Bu izchillik ta'lim tizimining barcha bo'g'inlari orqali ta'minlanib, izchillikni amalga oshirishning mavjud imkoniyatlari, ta’lim tizimi va uning tarkibiy va g'oyaviy tuzilishi prinsiplari asosida amalga oshiriladi.

Maktabgacha ta'limning maqsad va vazifalari tarbiyaning bolalar yosh xususiyatlari hisobga olingan umumiy maqsad va vazifalaridan kelib chiqib belgilanadi. Bu esa maktabgacha ta’lim muassasasi va maktab o'rtasida izchillikni ta’minlashning asosiy negizi hisoblanadi. Maktabgacha ta’lim muassasasi va maktabdagi ta’lim-tarbiya vazifa, shakl hamda metodlarining turli yosh bosqichlarida bola shaxsini har tomonlama shakllantirishni amalga oshirish maqsadlarida o'zaro aloqasini qaror toptirish izchillik ifodasi hisoblanadi.

Maktabgacha ta'lim muassasasi va maktab izchilligi quyidagi tamoyillarga asoslanadi:

  • Maktabgacha ta'lim muassasasidagi ta'lim-tarbiyaviy jarayonda bolalarning umumiy rivojlanishining zaruriy darajasiga erishish uchun maktabga qo'yiladigan talablarga yo'nalganligi;

  • Bola shaxsini boshlang'ich ta'lim maqsad va vazifalariga muvofiq keluvchi sifat jihatidan shakllantirish.

Bunda asosan maktabgacha ta'lim muassasasi va maktabdagi pedagogik jarayonda ta'lim-tarbiyaning shaxsni uzluksiz yuksalib boruvchi shakllanishini ta’minlovchi yaxlit,


368





dinamik va istiqbolli tizimni amalga oshirish uchun sharoit yaratadi. Maktabgacha taiim muassasasi va maktab o'rtasidagi izchillikning qaror topishi tayyorlov guruhi bolalari va 1-sinf bolalalariga taiim-tarbiya berish sharoitlarini yaqinlashtiradi. Shunga ko'ra maktab taiimining yangi sharoitlariga o'tish bola uchun sezilarsiz boigan psixologik qiyinchiliklar bilan amalga oshiriladi. Bunda bolalarning yangi sharoitlarga tabiiy kirib borishlari ta’minlanadi, bu esa o'quvchilarga maktabga birinchi kelgan kunlaridan boshlaboq ta'lim-tarbiya berish samaradorligini oshirishga yordam beradi.

Maktabgacha taiim muassasasi va maktabdagi butun pedagogik jarayonning bola shaxsini har tomonlama rivojlan­tirishga yo'nalaganligi ular o'rtasida taiim-tarbiya izchilligiga erishishning asosiy sharti hisoblanadi.

Maktabgacha yoshdagi bolalar egallagan xulq-atvor va kattalar va tengqurlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlar shakl­lari, ma'naviy tasavvurlar va hissiyotlar boshlang'ich sinflarda amalga oshiriladigan axloqiy tarbiyaning o'quvchilarda rivojlantirishdagi ma'naviy xatti-harakat, ong, hissiyot va munosabatlarning zamini hisoblanadi.

Maktab - maktabgacha davrlarda shakllantiriladigan jamoatchilikxususiyatlarini sifat jihatdan yanada rivojlantirish uchun zarur sharoitlar yaratadi, o'quvchi shaxsi jamoatchilikga yo'nalganligini qaror toptirishni ta'minlaydi. Maktab o'quvchilarda yuksak insoniy hissiyotlar: vatanparvarlik, mehnatsevarlik va milliy istiqlol g'oyalari, o'z vatani oldidagi o'z burchlarini his etish kabi hissiyotlar tarkib toptiriladi. Bularning asosini maktabgacha yillarda shakllantirilgan ota- onaga, oilaga muhabbat, kattalarga hurmat, tabiatni sevish, uni asrash kabilar tashkil etadi.

Maktab taiimida bolalarning estetik tarbiyasiga doir ishlar davom ettirilib, o'quvchilarda estetik tasavvurlar, voqelikni estetik ko'ra bilish chuqurlashtiriladi. Musiqa, tasviriy san'at darslarida, badiiy faoliyat turlarida amaliy ko'nikmalar takomillashtiriladi, ijodiy qobiliyatlari rivojlanadi. Axloqiy


369





munosabatlar, xulq-atvor etikasi tarbiyalanadi. Mehnat ahliga ijobiy munosabatni shakllantirish, malaka va ko'nikmalari shakllantiriladi. Mehnat ta’limidagi izchillik amalga oshiriladi, mustaqillik, uyushtira olish, tashkilotchilik kabilar rivojlanadi.


Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   260




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin